“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

Birinchidan, o’rindosh ishlarning hajmi ish kuni davomida har bir 
ijrochining ish bilan ta’min etilish darajasi (odatda, ish kunini to’la fotografiya 
qilish yo’li bilan) sinchiklab o’rganiladi. Bu bilan xodimning asosiy ishdan 
tashqari qancha bo’sh vaqti qolishi, unga yuklatiladigan qo’shimcha vazifalarning 
og’ir-engilligi va demak, xodimlarning bu vazifalarni o’z vaqtida to’la bajara olishi 
mumkinligi aniqlanadi; 
Ikkinchidan, kasblar o’rindoshligi sharoitida mo’’tadil ishlash uchun eng 
qulay ishlab chiqarish sharoiti yaratishga qaratilgan zarur tashkiliy-texnik tadbirlar 


106 
ishlab chiqilib, amalga oshiriladi (masalan, ish joyini barcha zarur ashyolar bilan 
uzluksiz ta’minlab turish, qo’shimcha texnik moslamalar qo’llanish va h.k.); 
Uchinchidan, xodim kasblar o’rindoshligi sharoitida ishlashga tayyorlanadi. 
Bu tayyorgarlik xodimning oldindan belgilangan ayrim mehnat funktsiyalarini 
bajarish tartibini yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib olishidan, o’rindosh kasb 
yuzasidan qo’shimcha mehnat funktsiyalarini bajarish uchun talab qilinadigan 
bilimlarni o’rganish va malakalarni egallashdan, mehnat haqi to’lash tartiblarini va 
h.k.larni bilib olishdan iborat. 
SHu tariqa kasblar o’rindoshligi sharoitida ishlarni tashkil etishga va ularni 
boshqarishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko’rilgan taqdirdagina bu ish 
samarali bo’lishi mumkin. 
Endi xodimlarning ko’p jihozda ishlashini tashkil etishga va uni 
normalashga kelsak, ishni tashkil etishning bu shakli ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish rivojining hozirgi darajasida mehnat taqsimotini takomillashtirishning 
eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Bu mehnat taqsimotining shunday shaklidirki, 
unda bir xodim bir necha jihoz (mashina)da ishlaydi yoki agregatni idora qiladi,har 
bir jihozda zarur operatsiyalarning hammasini bajaradi va ularning ishlash 
jarayonini diqqat bilan kuzatib turadi. Xizmat ko’rsatish maydonini shu tariqa 
kengaytirish boshqa jihozlarda qo’l kuchi yoki mashina kuchi bilan bajariladigan 
ishlarni kamaytirish, uskunalarning mashina - avtomatik ish vaqtidan foydalanish, 
demakdir. Boshqacha qilib aytganda, ko’p jihozda ishlash (yoki ko’p jihozni idora 
qilish) usuli ishlab chiqarish yuksak darajada mexanizatsiyalashtirilgan va 
avtomatlashtirilgan sharoitda, texnologik jarayonda (yoki uning ma’lum qismida), 
jihozga (agregatga) xodim asosan ta’sir ko’rsatmaydigan, bu jarayonni faol 
kuzatmaydigan va shu munosabat bilan boshqa jihozlar (agregatlar)ga xizmat 
ko’rsatish uchun xodimning bo’sh vaqti qoladigan chog’da qo’llaniladi. 
Masalan, ishlab chiqarish uchastkasida har birida bittadan operator 
ishlaydigan uchta bir xil jihozda eng oddiy operatsiya bajariladi: qism tekislanadi. 
qismni tekislash uchun 5 minut asosiy mashina vaqti (ya’ni, xodim ajralmasdan 
mashinaning o’zi avtomatik tarzda ish bajaradigan vaqti) va 2 minut qo’l kuchi 


107 
ishlatiladigan yordamchi vaqt (qismni jihozga o’rnatish, jihozdan olish, bir 
jihozdan ikkinchisiga o’tish va h.k.lar uchun zarur vaqt) talab etiladi. Bu holda 
uchta jihozga uchta xodim emas, bitta xodim ham bemalol xizmat qilishi mumkin. 
chunki bir mashinaning o’zi avtomatik tarzda 5 minut vaqt davomida qismni 
yo’nib tugatganida, u jihozga ishlovchi xodim shu vaqt ichida yana ikki jihozga 
qismlarni qo’yadi va qismlar tekislanib bo’lganidan keyin ularni olib ulguradi. 
Xodim bunga 4 minut vaqt sarflaydigan bo’lsa, 1 minut vaqti bo’sh qoladi. 
Ma’lumki, agar asosiy mashina vaqti 5 minut bo’lmay, aytaylik, 3 minut bo’lsa, 
unda xodim ikkita jihozga xizmat qilishi mumkin, agar u uch jihozga xizmat 
qiladigan bo’lsa, jihozlardan biri vaqti-vaqti bilan 1 minut bekor turib qoladi. 
Ko’p jihozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etishdan oldin bunga 
tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi. Bu ishlar quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, xronometraj orqali kuzatishlar va ish vaqtini fotografiya orqali 
kuzatish yo’li bilan bir yo’la xizmat qilishga o’tkaziladigan agregatlarda 
bajariladigan ishlar (operatsiyalar)ning ayrim elementlarini bajarishga sarf 
bo’ladigan vaqt, bu elementlar tarkibi, navbatlashishi hamda ish kuni davomida 
xodimlarning ish bilan band bo’lish darajasi mufassal o’rganiladi. SHu tariqa ko’p 
jihozda ishlashga o’tishning aniq imkoniyatlarini aniqlash, necha jihozda ishlashga 
o’tish mumkinligini, ya’ni bir xodim (yoki brigada) uzluksiz xizmat qilishi 
mumkin bo’lgan uskunalar (agregatlar, jihoz, mashina va h.k.lar)ning optimal 
miqdorini belgilash imkoni tug’iladi. 
Ikkinchidan, ko’p jihozda ishlashga o’tish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bir 
vaqtning o’zida xizmat ko’rsatiladigan uskuna va vositalarni, ularda ishlash va 
ularni boshqarish oson bo’ladigan darajada rejalashtirish va joylashtirish, 
texnologik jarayonning borishini avtomatik tarzda kuzatib turish uchun qo’shimcha 
moslamalar va boshqa vositalar qo’llanish, mashina va qo’l kuchi bilan qilinadigan 
ish vaqtining bir xil operatsiyalarga moslab ixtisoslashtirilgan, ko’p jihozda 
ishlovchi xodimning uzluksiz ishlashi uchun uni barcha zarur materiallar (asbob-
uskunalar, transport vositalari, hujjatlar va h.k.lar) bilan to’la ta’minlab turish 
maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish, 


108 
texnika xafsizligi tadbirlari va h.k.larni amalga oshirish kabi ishlar ko’p jihozda 
ishlashga o’tish uchun qulay sharoit yaratish shartlaridir. 
Uchinchidan, ko’p jihozda (agregat) ishlovchi xodimlar tayyorlanadi. 
Buning uchun xodimning bir jihozda ikkinchisiga o’tishida eng qulay marshrut, bir 
necha jihozga xizmat qilishida ayrim mehnat funktsiyalarini izchillik bilan bajarish 
usul va uslublari ishlab chiqiladi; xodim bir vaqtning o’zida bir necha jihozda 
ishlash, xizmat ko’rsatish tartibini oldindan o’rganadi, qo’shimcha bilim va bir 
necha jihozda aniq va uzluksiz ishlash malakalarini,tajribalarini egallaydi (agar 
turli texnologik uskunalarda ishlash mo’jallanadigan bo’lsa, yangi ixtisoslarni ham 
o’rganadi), mehnatga haq to’lashni tashkil etish tartibi bilan tanishadi. 
Ko’p jihozda ishlash (xizmat ko’rsatish) samaradorligini oshirish uchun: 
a) operatsiyani bajaruvchi xodimni ishga tayyorgarlik ko’rishdan va uni 
tugallash hamda ish joyiga xizmat ko’rsatish kabi ishlardan ozod qilish; 
b) mehnat predmetini ishlab bo’lgandan keyin jihozlarni o’zlari to’xtaydigan 
va to’xtashi bilan bilan xabar (signal) beradigan qilish; 
v) shunday mehnat sharoitini yaratish kerakki, xodim bir jihozdan 
boshqasiga ko’chib yurishga vaqt sarf qilmasin, sarf qilganda ham ozgina vaqt 
sarflasin (ko’p jihozda ishlovchining ratsional harakat marshruti tuzilsin). 
Nihoyat, shuni ta’kidlash kerakki, ko’p jihoz va agregatda ishlashni tashkil 
etish xizmat ko’rsatish maydonini kengaytirish kabi samarali tadbirdir. 
Mashinasozlik korxonalarining ko’p yillik tajribalari shuni ko’rsatadiki, 
mehnat unumdorligini ko’p jihoz (agregat)da ishlovchi xodimlar o’rta hisobda 32% 
dan ziyodroq, qo’shimcha kasblarni egallagan xodimlar esa 21 % oshirishgan. 
Bundan tashqari, sanoat korxonalarida ko’p jihozda ishlashni tashkil etish uchun 
sarflangan har bir so’m 5 so’mdan ziyodroq, kasblar o’rindoshligini tashkil etishga 
sarflangan bir so’m esa undan ham ko’proq – 7 so’mdan ortiq foyda bergan.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling