“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


 Zamonaviy sharoitlarda ish joylarini rejalashtirishga va loyihalashga


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

11.2. Zamonaviy sharoitlarda ish joylarini rejalashtirishga va loyihalashga 
qo’yiladigan talablar. 
Odatda, yuqori mehnat unumdorligi (samardorligi)ning asosiy shartlaridan 
biri – bu, ish joyini tashkil etishdir.
Ish joyini tashkil etish deganda, har bir ish joyida yuqori mehnat 
unumdorligiga erishish uchun zarur bo’lgan hamma sharoitlarni ta’minlash bilan 
bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to’la foydalanishni, mehnatning 
mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta’minlashga 
qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi o’z vazifasini 
bajarishiga qulaylik tug’dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof 
bo’lmasligini ta’minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog’lom mehnat 
vaziyatini vujudga keltirishi lozim. 
Har bir xodim yoki raxbar o’ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli 
bajarish uchun uning ish joyi to’g’ri tashkil etilgan bo’lishi kerak. Texnika va ish 
kuchidan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tayyorlangan 
mahsulotning yoki ko’rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini 
pasaytirish ko’p jihatdan ish joyining to’g’ri tashkil etilishiga bog’liq. Korxonadagi 
ish joyi mehnatni tashkil etish tizimining g’oyat muhim bug’inidir, chunki u har bir 
xodimning o’z mehnatini bevosita sarf qiladigan ishlab chiqarish maydonidir. 


113 
Tabiiyki, bunda sarf qilinadigan mehnatning samarali bo’lishi shu maydonning 
yaxshi, maqsadga muvofiq va qulay tashkil etilishiga bog’liq. 
Ish joyining yaxshi tashkil etilmasligi natijasida ishlab chiqarishda ko’p 
nobudgarchiliklar yuz beradi. Bu nobudgarchliklarning sabablari yuzaki qarashda 
ahamiyatsiz bo’lib ko’rinsa - da, aslida juda xunuk natijalarga olib keladi. 
Masalan, xom ashyolarning noqulay joylashtirilishi natijasida ishchi ortiqcha, 
keraksiz harakatlar qilishga majbur bo’ladi va bunga ko’p vaqt yo’kotadi, qurol - 
asboblar, uskunalar saqlanadigan idishda tartib bo’lmasa, ular aralash - quralash 
bo’lsa, ishchining zarur asbobni qidirib topishga ancha vaqti ketadi, u 
asabiylashadi va h.k.lar. 
Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e’tibor berish lozim: 
1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bo’lganda 
jihoz ham ishchi o’z vazifasini bajarishi uchun yetarli miqdorda taxt turishi kerak. 
Bu ashyolardan bittasining ham yetarli miqdorda bo’lmasligi vaqt bekor 
sarflanishiga sabab bo’ladi. SHuningdek, ularning keragidan ortiqcha bo’lishi ham 
zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning o’tish yo’llarini to’sadi, ortiqcha 
aylanma mablag’ talab qiladi, ba’zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt turib qolib, 
buzilishi, aynishi ham mumkin. 
2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari foydalanish uchun 
qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar ulardan foydalanish 
joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish joyiga yaqin turishi 
lozim. 
3. Ish joylariga xizmat ko’rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar 
ajratilishi va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz 
ta’minlab turishlari shart. 
4. Ish joyi ijrochining mehnatini yengillashtiradigan, ish unumini 
oshiradigan va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta’min etilishi 
lozim.


114 
5. Ish joyini tashkil etishda amaldagi sanitariya normalariga, uskunalardan 
foydalanish, texnika xavfsizligi, sanoat estetikasi va h.k.lar to’g’risidagi 
ko’rsatma va qoidalarga to’la rioya qilinishi zarur. 
6. Ish joyi maydonining hajmi oldindan puxta hisoblab belgilanishi, ishni 
ijro qiluvchi kishi amallarni siqilmasdan, erkin harakat qilib bexavf 
bajaradigan, bu jarayonda va umuman, asbob-uskunalardan, jihozlardan, 
xom ashyolardan foydalanishda maydon doirasida bir joydan ikkinchi 
joyga bemalol jila oladigan bo’lishi shart. 
7. Signal va aloqa tartibi (tizimi) ijrochi bilan usta (rahbar)ning hamda 
ijrochi bilan sex ichidagi xodimlarning bir-birlari bilan doim xabarlashib 
turishlarini ta’min etadigan bo’lishi zarur. 
Ish joyini maqsadga muvofiq tashkil etish xodimlarga vazifalarini bajarishni 
yengillashtirishi, vaqti unumsiz sarflanishini bartaraf qilishi, samarali faoliyat 
ko’rsatishi uchun madaniy va sog’lom sharoit yaratishi joiz. 
Har bir ish joyini tashkil etishda unda bajariladigan ish yoki xizmat hajmi, 
mehnat amallarining miqdori va bajarilish tartibi, asbob-uskunalar miqdori, xizmat 
ko’rsatish tizimi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik 
darajasi kabi omillar nazarda tutilishi lozim. 
9

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling