“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Ish joylarini attestatsiya qilish


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

11.3.Ish joylarini attestatsiya qilish. 
Ixtisoslashtirilgan, ilmiy asosda rejalashtirilgan ish joylarining ahamiyati 
juda katta. Agar ish joylari bir-biridan uzoqda, tartibsiz joylashgan bo’lsa yoki 
amalga oshirilayotgan texnologik jarayonning bajarilish bosqichlari bo’yicha 
joylashgan bo’lmasa, unda xodimlarning ish joylarida harakat qilishlari va 
yurishlari bilan bog’liq bo’lgan vaqt sarflari oshadi, mehnat predmetlari va tayyor 
mahsulotlarni boshqa ish joylariga o’tkazish bilan bog’lig’ bo’lgan vaqt miqdori 
ko’payib, provard natijada ishlab chiqarishning sermehnatliligi oshadi, mehnat 
unumdorligi pasayadi. Ish joyini ichki rejalashtirish tartiblari buzilganda ham 
shunga o’xshash natijalar vujudga keladi. Xodimning jihozni boshqarish 
9
Nazarov A.SH. «Mehnatni tashkil etish va normalash». Darslik . T.: 2004


115 
organlaridan, mehnat predmetlaridan, asbob-uskunalardan uzoqlashishi ortiqcha 
harakatlarni keltirib chiqaradi, ish kuni davomida ko’p noqulayliklar tug’diradi, 
operativ vaqt miqdorini qisqartiradi, uning charchog’ini oshiradi, toliqishini 
tezlashtiradi. 
Ish joylarini rejalashtirish deganimizda, ma’lum ish joyini ishchi o’z 
vazifalarini bajarayotganda foydalanadigan mehnat qurollari va predmetlarini 
ishlab chiqarish maydonining normativlari, ishlab chiqarish turi va xarakteri, 
ishlash uchun qulay bo’lishi, antropometrik tomonlar, ergonomik talablar hisobga 
olinib va texnika xavfsizligi ta’min etilib joylashtirish tushuniladi. 
Ish joyini rejalashtirish – uchastka, bo’lim (tsex)ni rejalashtirishning tarkibiy 
elementidir. Shuning uchun ham ish joyini loyihalash va tahlil qilish uchastka
bo’lim (sex)ning rejalashtirish talabalarini e’tiborga olgan holda olib boriladi. 
Ish joylarini rejalashtirish uch xil - umumiy rejalashtirish, xususiy 
rejalashtirish va ichki rejalashtirishdan iborat. 
• umumiy rejalashtirish; 
• xususiy rejalashtirish; 
• va ichki rejalashtirish. 
Ish joylarini umumiy rejalashtirishda texnologik jarayon sxemasi, ish 
joylaridagi uskunalar va jihozlar tarkibi hamda hajmi, ish joylarining soni, ish 
joylariga xizmat ko’rsatish tartibi, mehnat predmetlarining hajmi va soni, 
xavfsizlik va sanitariya-gigiena normalari, ish joylarining xususiy rejalashtirilishi 
va transport vositalari yuradigan yo’llarning kengligi va h.k.lar asos qilib olinadi. 
Ish joylarini xususiy rejalashtirishga qo’yiladigan asosiy talablar 
quyidagilardan iborat: 

ishlash yoki xizmat ko’rsatish uchun qulay sharoit, mehnat xavfsizligi va 
sanitariya normalarini ta’minlashdan; 

ijrochining yuqori mehnat unumdorligini, shu ishlab chiqarish 
maydonida zarur texnologik va tashkiliy qurol-asboblar, xom ashyo, 
materiallar yoki yarimfabrikatlar bilan uzluksiz mehnat jarayonini tashkil 
etish uchun yetarli darajada ta’minlashdan; 


116 

ish maydonida ish joyi elementlarini joylashtirishda iqtisodiy va ruhiy-
fiziologik talablarning hammasini hisobga olishdan; 

ijrochining ish maydoni doirasidagi yurish yo’lining eng qisqa bo’lishini 
ta’minlashdan; 

texnologiya vositalari va tashkiliy qurol-asboblar hamda tez-tez ishga 
solinib 
turadigan 
mehnat 
vositalari 
qo’l 
yetadigan 
yerda 
joylashtirilishidan; 

boshqarish va nazorat predmetlari, shuningdek, uskunalarni darhol 
tuxtatadigan predmetlar kurinadigan va optimal zona doirasida 
joylashtirilishidan; 

ishni yoki xizmatni bajarish jarayonida ilg’or mehnat usul va uslublari 
qo’llanishi uchun zarur sharoitlar vaqtida va yetarli darajada yaratilishi 
va h.k.lardan (bunda gap asosan mehnatni tashkil etish yunalshlari
kompleksi va aloqalari to’g’risida boradi).
Korxona 
davlat yoki nodavlat ishlab chiqarish yohud xizmat ko’rsatish 
shaklidaligidan qat’i nazar, unda xodimlarning ish joyini xususiy rejalashtirishda 
ish qilinadigan yuzalar balandligi normalari (yonida o’tirib ish qilinadigan stolning 
balandligi past buyli kishi uchun 700 mm.dir. Erkaklar uchun past bo’y 1520-1630 
mm, o’rta buy 1631-1690 mm, baland buy 1691-1900 mm hisobida) belgilanadi 
hamda kishining erkin tabiiy vaziyatni ta’min etadigan bo’shliq (makon) normasi 
hisobga olinadi. Tabiiyki, bunda ishlab turgan paytdagi holat asosiy o’rin tutadi. 
Xodimlarning ish joylarini o’rganganda, tashkil etganda va loyihalashtirganda 
11.1-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
11.1-jadval 
Xodimlarning ish joylarini tashkil etishga talablar 
Ishlab chiqarish jihozi, jihoz va 
xodimning holati 
Xodimning bo’yini hisobga 
olgandagi yuzalar balandligi (mm) 
Past 
o’rtacha 
baland 


117 
Xodim o’tirib ishlaganida ishchi 
stol 
700 
725 
750 
Maxsus 
aniq 
ishlarni 
o’tirib 
ishlaganda mo’ljallangan stol 
900 
950
1000 
O’tirib ishlaganda jihozning ustki 
qismi 
800 
825 
850 
Tikka turib ishlaganda jihozning 
ustki qismi
1000 
1050 
1100 
O’tirib yoki tikka turib ishlaganda 
ishlash joyining ustki qismi 
950 
1000 
1050 
Ish joyini rejalashtirishda texnologik va tashkiliy qurol-asboblarni qo’l 
uzatib olish va keyin qaytarib qo’yish oson bo’ladigan tarzda joylashtirish ham 
jiddiy ahamiyat kasb etadi. 
Ish joyining eng muhim elementlari, boshqarish va uskunalar ishini nazorat 
qilib turish vositalari ko’zga aniq ko’rinib turadigan qilib (xodimning ham 
gorizontal va vertikal kenglikdagi ko’rish doirasida) joylashtiriladi. SHuning uchun 
ham ish joyini rejalashtirishda ko’rish omili, albatta, nazarga olinadi (har bir kasb 
uchun ijrochining xizmat zonasidagi ko’rish burchagi 30
0
dir). 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling