“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Ish joyining ichki rejalashtirishda quyidagi talablar hisobga


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

 
Ish joyining ichki rejalashtirishda quyidagi talablar hisobga 
olinishi lozim:

texnologik va tashkiliy qurol-asbob va jihoz elementlaridan har birining 
muhim va doimiy bir joyi bo’ladi; 

chap qo’l bilan olinadigan asbob-uskunalar chap tomonda, o’ng qo’l 
bilan olinadiganlari o’ng tomonda joylashtiriladi;

ketma-ket ishlatiladigan predmetlar tartib bilan qator tizib qo’yiladi, 
ishlatib bo’lingach, qaytib joyiga qo’yilganida, yonidagi ikkinchisi 
olinib, ishlatiladi; 


118 

xonadagi chirog’larning nuri mehnat predmetini yoki uning ishlanadigan 
qismini yoritib turishi shart;

ish yoki xizmat ko’rsatish mahalida o’tiradigan joy, qo’l va oyoq 
tirgaklari xodimning buyiga qarab ko’tariladi yoki pasaytiriladi; 

ichki rejalantirish doim takomillashtirib boriladigan ilg’or mehnat 
usullari va uslublarini qo’llanish uchun sharoit tug’dirmog’i lozim.
Har bir ish joyi eng kam, ammo yetarli maydoncha, o’rnatilgan jihozlar va 
apparatlar hamda mehnat predmetlarining gabaritlarini hisobga olgan holda ishlab 
chiqarish imoratning ma’lum qismini egallagan bo’lishi kerak. Masalan, mavjud 
me’yoriy hujjatlarda bitta ishlovchi xodim uchun ajratilgan ish joyining maydoni 
4,5 m
2
ga, imoratining balandligi esa, 3,2 m
2
ga teng bo’lishi ko’rsatilgan. SHuni 
ta’kidlash kerakki, bu ko’rsatgichlarning ko’payishi yoki ozayishi o’rnatilgan 
jihozlarning 
hajmlariga 
bog’liq. Masalan, mayda jihozlar o’rnatilgan 
mashinasozlik korxonalari va ularning sexlari uchun bir xodimga ajratilgan ish 
joyining miqdori 10 m
2
gacha, o’rta hajmdagi jihozlar uchun bu ko’rsatgich 20 m
2
gacha oshadi, yirik jihozlar uchun - 40 m
2
, maxsus yirik jihozlar uchun esa, hatto 
50 va 100 m
2
gachani tashkil etadi. 
Ish joyining rejalatirilishi ish qiluvchi gavdasining qulay va to’g’ri vaziyatini 
ta’min etishi lozim. SHuning uchun ham ishchining xizmat ko’rsatish joyidagi 
holati xodimlar mehnatini tashkil etishda muhim rolь o’ynaydi. Ishchi holati 
deganda, xodimning mehnat usullarini, harakatlarini va boshqa kichik-kichik 
elementlarni bajarish jarayonida o’z gavdasini qanday holatda tutishi tushuniladi. 
O’z navbatida, inson energiyasining sarflanish holati uning tanlagan ishchi holatiga 
sezilarli darajada bog’liq. Fiziologik tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar 
shuni ko’rsatadiki, xodimning «oyoqda tikka turib» ishlagan vaziyatdagi energiya 
sarfi miqdori «o’tirib» ishlagandagiga nisbatan bir yarim marta ortiqdir, noqulay, 
egilgan ishchi holatda «oyoqda tikka turib» ishlaganda esa bu ko’rsatgich yana bir 
necha marta ko’payadi. SHuning uchun mehnat fiziologlari har xil turdagi ish yoki 
xizmatni bajarish uchun ishchi holat (poza)larini tanlashda quyidagilarni tavsiya 
etadilar: 


119 

jismoniy nagruzkasi 5 kg. gacha bo’lganda «o’tirib» ishchi holati 
(pozasi)da ishlash maqsadga muvofiqdir; 

jismoniy nagruzkasi 5 kg. dan yuqori va 10 kg. gacha bo’lganda 
o’zgaruvchan «o’tirib-oyoqda tikka turib» faoliyat ko’rsatish ishchi 
holati (pozasi)da ishlagan ma’qul; 

jismoniy nagruzka 10 kg. va undan ortiq bo’lganda «oyoqda tikka turib» 
ishlash ishchi holati (pozasi)da ishlagan yaxshi. 
Ko’p yillik fiziologik ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, xodim 
muskullarining tarangligi o’tirib ishlagandagiga nisbatan tikka turib ishlaganda 15-
10 foiz, tikka turib, egilgan holda ish bajarganida esa ikki marta ortar ekan. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling