“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni
Me’yorlarni bajarilishini hisobga olish
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
ME\'YOR DARSLIK (2)
13.3. Me’yorlarni bajarilishini hisobga olish
147 4. Eskirgan va texnik asoslanmagan tajriba-statistik me’yorlarni almashishiga kerakli sharoit yaratuvchi tashkiliy texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqish; 5. Mehnat unumdorligi va ish haqini o‘sish tempini o‘rganish mehnat unumdorligini ilg‘orlashuvini ta’minlovchi ko‘rsatmalarini ishlab chiqish. Operativ me’yorlashtirish korxonada quyidagi ishlarni o‘tkazilishini ta’minlaydi 1. Texnik normalash ishlarni tariflashtirish savollari bo‘yicha sex ishlari tizimini instruktaji; 2. Ishlab chiqarishda amal qiluvchi normalar darajalarini o‘rganish hamda uning bajarilishini doimo nazoratini tashkil qilish; 3. Sexlar va uchastkalardagi haqiqiy vaqt safini aniqlash. Normani bajarmayotgan ishchilarni aniqlash, o‘rnatilgan mehnat me’yorlari ni bajarilmaslik sabablarini tahlil qilish; 4. Ish vaqtidan yo‘qotishlarni aniqlash hamda ularning sabablarini topish; 5. Me’yorlarni ko‘rib chiqish rejasini tuzish, me’yorni ko‘rib chiqish ishini tayyorlash va olib borish; 6. Sex, uchastka, brigadalarda joriy calendar davri uchun mehnat sig‘imini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish vazifalarini ishlab chiqish; 7. Vaqt me’yori, ishlab chiqarish me’yori va rassenkani o‘rnatish; 8. Ish joylarini ratsional tashkil etish va unga xizmat qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. Me’yorlash ishlarini umumiy xolati uchun korxona boshlig‘i, sex va ishlab chiqarish bo‘limlarida bo‘lim hamda sex boshliqlari javobgardir. Korxonada resursni texnik normalash darajasi hamma normalash ishlarini qanchalik operativ va ratsional tashkil etilganligi bilan ishchilarning aktiv ishtirok etishi bilan aniqlan mumkin. Korxonadagi texnik normalashni to‘g‘ri tashkil etishda ishlab chiqarish me’yorini bajarilishini va egallashni doimiy tekshirish katta o‘rin egallaydi. Ishlab 148 chiqarish me’yorini bajarilishini doimiy nazorat qilish va xisobga olish quyidagilarga imkoniyat yaratadi: 1. Eskirgan, pasayib ketgan va xato me’yorlarni vaqtida bilishga; 2. Ishlab chiqarish me’yorini bajarmagan ishchilarni topishga va normani nima sababdan bajarmaganlik sabablarini yuzaga chiqarishga; 3. Mehnat unumdorligini o‘sish zaxiralarini aniqlashga; 4. Reja vazifasi bilan kelishilgan holda ish haqi va mehnat unumdorligining o‘zaro mutanosibligini o‘rganishga. Shuning uchun yuqoridagi barcha aytilganlarni amalga oshirish uchun avvalo ish vaqti sarflari aniqlanib tahlil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Ish vaqtini o‘rganish esa mehnat me’yorlarini to‘g‘ri ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling