n – hisobot oyida o‘rnatilgan me’yor bo‘yicha natura shaklida ishlab
chiqariladigan mahsulot.
Mehnat me’yorlarining bajarilishini hisobga olishda foiz o‘lchovidan
foydalanish shakli ish joylarida vaqt me’yorlari o‘rnatilgan sharoitlarda, ya’ni
turli ishlar, operatsiyalar bajarilishini taqazo etuvchi sharoitlarda qo‘llaniladi.
Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
F vn =(T nv /T hv )100 (12.3)
Bu yerda:
F vn – vaqt me’yorlari asosida o‘rnatilgan mehnat me’yorlari ning bajarilishi foizi;
T nv – ishchilar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotgaMe’yor bo‘yicha
sarflanadigan vaqt summasi, norma-soat;
T hv – smena davomida ishchi tomonidan mahsulot ishlab chiqarish uchun
sarflangan haqiqiy vaqt summasi, norma-soat.
Jami uchastka, sex va korxona bo‘yicha mehnat me’yorlari ning bajarilishini
hisobga olish haqiqatda ishlangan vaqt bo‘yicha hamda kalendar vaqti bo‘yicha
ham amalga oshirilishi mumkin.
1) Haqiqatda ishlangan vaqt bo‘yicha:
F vn(haq) =((T n +T q +T b )/T ishb )/100 (12.4)
Bu yerda:
150
T n – tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun o‘rnatilgan normalar bo‘yicha
sarflanadigan vaqt, norma-soat;
T h – normal ish sharoitlarida chetga chiqishlarni hisobga olgan holda qo‘shimcha
berilgan vaqt, norma-soat;
T b – ishchining ayibi bilan sodir bo‘lgan brak mahsulotni tuzatish uchun
sarflanadigan vaqt, norma-soat;