“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

 
 
 


109 
11-Mavzu.Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish 
REJA: 
11.1.“Ish joyi” to’g’risida tushuncha va uning turlari. 
11.2. Zamonaviy sharoitlarda ish joylarini rejalashtirishga va loyihalashga 
qo’yiladigan talablar. 
11.3.Ish joylarini attestatsiya qilish 
11.1.“Ish joyi” to’g’risida tushuncha va uning turlari. 
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga 
ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish uchun 
kerakli bo’lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlari bilan yetarli ta’minlangan 
maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi. 
Ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko’rsatish mehnatni tashkil 
etishning eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Mehnat qanday shaklda bo’lmasin, 
doim xodimning ish joyida qiladigan harakatlar yig’indisidan iborat bo’ladi. 
Demak, mehnat samaradorligi ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko’rsatish 
holati hozirgi zamon talablari darajasiga to’la javob berishiga ham bog’liq. 
Har bir ish joyi ish vaqtini, aqliy va jismoniy kuchni kam sarflab, yuqori 
unumli va samarali ish qilishga maksimal darajada moslashtirilgan bo’lishi lozim. 
Ish joyida mehnatni tashkil etish bu boradagi usul va uslublarni 
takomillashtirishni, mehnat uchun qulay shart - sharoit yaratilishini hamda 
mehnatni tashkil etishning boshqa elementlarini amalga oshirishni ko’zda tutadi. 
Bu tadbirlar, eng avvalo, asbob - uskunalardan yaxshi foydalanishga, unumli ishni 
ta’min etishga, ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yordam beradi. 
Ish joylari shu yerda bajariladigan mehnatning o’ziga xos xususiyatiga, 
ishlatiladigan asbob-uskunalarga, birgalashib ishlovchi xodimlar soniga, ish 
joylarini ixtisoslashtirish darajasiga, ko’chish va ko’chmasligiga, qaerda 
joylashganiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Mehnat xarakteriga qarab, ish joylari qo’l kuchi ishlatiladigan
mexanizatsiyalashtirilgan, mashinalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish joylariga 


110 
bo’linadi. qo’l kuchi ishlatiladigan ish joyining xarakterli xususiyati shundaki, 
unda xodim texnologik jarayonlarni eng sodda(oddiy) asboblar va uskunalar 
ishlatish vositasida bajaradi. Tikuvchilik korxonasidagi bichuv qaychisi bunga 
misol bo’lishi mumkin. Bichuvchi o’z ishini qaychi ushlab, faqat qo’l kuchi bilan 
bajaradi yoki bo’lmasa jihozning qismlarini va uzellarini qo’l bilan yig’ish haqida 
ham shunday deyish mumkin. 
Bunday ish joylarida bajariladigan ishlar, xizmatlar nafaqat o’zlarining 
sermehnatligi bilan ajralib turadi, bunday ish joylarida, odatda, mehnat 
samardorligi (unumdorligi) ham uncha yuqori bo’lmaydi. SHuni ham eslatish 
joizki, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohasidan qo’l kuchi ishlatiladigan 
ish joylarini mutlaqo yo’qotib bo’lmaydi. Hatto to’la avtomatlashtirilgan 
jarayonlarda ham avtomatik tizimni rostlash (naladka) va tartibga solish 
(regulirovka) kabi ishlar ko’p hollarda qo’lda bajariladi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ish joyida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish 
operatsiyalari mexanizmlar vositasida amalga oshiriladi. Bu yerdagi mexanizmlar 
kishi qo’li bilan harakatga keltiriladi va u mashina-qo’l kuchi ishlatiladigan ish joyi 
deb ataladi. Tikuv mashinasida tikish, metallsozlik va yog’ochsozlik jihozlarida 
qismlarni (detallarni) qo’lda uzatib ishlash va h.k.lar bunga misol bo’la oladi. 
Bu holdagi ish joylarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, xodim ish 
joyida ishlatilayotgan xom ashyolarning o’zgarishiga o’z kuchini sarflamaydi
ularga ta’sir o’tkazmaydi, faqatgina yordamchi ishlar, mexanizatsiyalashgan ish 
joylarida texnologik jarayonlar mashina yoki mexanizmlar yordamida amalga 
oshiriladi. Xodimlar bu jarayonlarda bevosita qatnashadilar, lekin ularning 
faoliyatlari asosan mehnat vositalarini boshqarishga (xom ashyolarni jihozga 
o’rnatish, jihozlarni yurgizish va to’xtatish, mashina (jihoz) mexanizmlarining 
ishlashini nazorat qilish, tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan xizmatning sifatini 
tekshirish, ishlov berilgan qismlarni, tayyor mahsulotlarni jihozlardan tegishli 
joyga olib qo’yish kabi ishlarga) qaratilgan bo’ladi. 
Texnologik jarayon oldiga kuygan maqsadga mashina vositasida erishilsa, 
ishchining vazifasi mashinani qo’l bilan boshqarib borishdangina iborat bo’lsa, 


111 
bunday o’ringa, mashinalashtirilgan ish joyi, deyiladi. Bunda barcha ishlab 
chiqarish operatsiyalarini mexanizm bajaradi, ishchi esa tugma (knopka)li 
mexanizm orqali jihozning ayrim qismlarini idora qiladi, xolos. 
Avtomatlashtirilgan ish joyida detallarga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan 
barcha ishlar, ularning ishlov berilgan qismini ko’chirish, ish sifatini nazorat qilish, 
shuningdek, mashinaning o’zini idora qilish ham avtomatlashtirilgan bo’ladi. 
Ishchi esa avtomatik jihozlarni yuritish, to’xtatish, mexanizmlarining to’g’ri 
ishlashini, o’z vaqtida ish bilan ta’minlab turilishi va tayyor mahsulotlarning 
tushirilishini hamda nazorat-o’lchov apparatlari ko’rsatkichlarini nazorat qilib 
(kuzatib) turadi, xolos. 
Jihozning avtomatik ishlash vaqti ancha davomli bo’ladi. Bunday holat esa, 
o’z navbatida, bir xodim tomonidan ko’p avtomatik-jihozlarga xizmat ko’rsatish 
imkoniyatini yaratadi.
Birgalikda ishlovchi ishchilar soniga qarab: bitta ishchi ishlaydigan yakka 
ish joylari, bir necha ishchi ishlaydigan jamoa yoki brigada ish joylari bo’ladi. 
Ixtisoslashtirilganlik darajasiga qarab, ish joylari yakka, seriyali va ommaviy 
turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarish turiga qarab, har bir ish joyiga ma’lum 
hajmdagi ishlab chiqarish operatsiyalari biriktiriladi. Shu munosabat bilan ish 
joylari ixtisoslashtirilgan, universal va maxsus ish joylariga ajratiladi. 
Ko’chish-ko’chmasligiga qarab, ish joylari statsionar va ko’chma ish 
joylariga bo’linadi. Masalan, to’quv korxonasidagi buyoqchining ish joyi statsionar 
bo’lsa, avtomobil mashinasiga o’rnatilgan ta’mirlash ustaxonalarida, radio-
televedenie ishxonalaridagi ish joylari ko’chma ish joyi bo’ladi. 
Yuqorida ko’rsatilganlaridan tashqari, boshqa xil ish joylari ham bor. 
Masalan, ishlab chiqarish turlariga qarab bo’linadigan asosiy, qo’shimcha, 
yordamchi ish joylari, smenalar soniga qarab, bir smenali, ko’p smenali, 
shuningdek, xodimning ish vaziyatiga qarab, o’tirib, tik oyoqda, goh o’tirib, goh 
tik oyoqda ishlaydigan, joylashgan o’rniga qarab bino ichidagi, ochiq havodagi
balandlikdagi, bino ostidagi va h.k. ish joylari bo’ladi. 


112 
Ish joylarida xizmat ko’rsatiladigan jihozlar soniga qarab, bir jihozli yoki 
ko’p jihozli ish joylari bor. Bir jihozli ish joylari mashinasozlik va metallsozlik 
korxonalariga mos bo’lib, ko’p jihozli ish joylari sanoatning to’qimachilik, trikotaj, 
yengil va oziq-ovqat tarmoqlaridagi korxonalarda keng tarqalgandir. Ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko’rsatish operatsiyalarining qaytarilib turishiga va ishlab 
chiqarish turlariga (tiplariga) qarab, yakka, seriyali, mayda va katta seriyali hamda 
ommaviy ishlab chiqarish ish joylari mavjud. 
Ish joylari shu joydagi mehnat xarakteriga karab chilangar, payvandchi, 
yig’uvchi, operator, muhandis, texnik, to’quvchi, bo’yoqchi kabi ish joylariga 
bo’linadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling