“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni
Mehnat taqsimoti to’g’risida tushuncha
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
ME\'YOR DARSLIK (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik mehnat taqsimoti
10.3.Mehnat taqsimoti to’g’risida tushuncha.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri, makroiqtisodiyotga taalluqli, jamiyat va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) samaradorligini oshirishga erishishdir. Bunga asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga muvaffaq bo’lish mumkin. Ishchi kuchidan samarali foydalanish, ko’pincha, bajarilishi zarur bo’lgan har xil ishlar (xizmatlar) ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishiga, chunonchi ular ish bilan malakasiga, tajribasiga va hatto zukkoligiga yarasha bab-baravar ta’min etilishiga bog’liq. Masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda, bajarilishi zarur bo’lgan mehnatni ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish korxonalarida puxta o’ylab, oqilona taqsimlash lozim. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti deb ataladi. Mehnat taqsimoti deganimizda, har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, pirovardida mehnat faoliyati bilan bandlikni tushunamiz. «Mehnat taqsimoti» 89 atamasi xodimlarning mehnat funktsiyalarini aniq belgilashni va birgalikdagi faoliyat davomida ularni chegaralab, ajratib qo’yishni anglatadi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy integratsiyaning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatidagi tabiiy va zaruriy jarayon bo’lib, uning kerakligi va ahamiyati ko’pgina olimlar tomonidan isbotlab berilgan. Chunonchi, markaziy osiyolik Beruniy va Ibn Sino ham bu masalaga alohida e’tibor berganlar. Mikroiqtisodiyotga tegishli korxonalarda mehnat taqsimotining har xil shakllari qo’llaniladi. Bu shakllardan eng ko’p qo’llaniladiganlarini ko’rib chiqamiz: Texnologik mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlash (peredel), faza tsikllariga qarab bo’linadi. Bunda eng muhimi, ularning bajarilishi texnologik jihatdan bir xil bo’lishidir. Qayta ishlash va fazalar ayrim ishlar: chilangarlik (tokarlik, slesarlik), payvandchilik (svarshiklik), qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lakdan iborat bo’lgan qolip (shtamp) orasiga olib urib, buyum tayyorlash va hokazolardan iborat bo’ladi. Guruhlar ichida esa ishlab chiqarish jarayonlari sodir qilinadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling