“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Funktsional mehnat taqsimoti


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

Funktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganida birovlar asosiy ishni 
bajarishga ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa 
tayyorlash-yakunlash, xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi. Masalan, 
asosiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon bilan band bo’lgan ishchilar, 
navbatchi ta’mirlash ishchilari, ishlab chiqarish xonalarini yig’ishtiruvchi 
(farosh)lar bo’ladi. 
Malakali mehnat taqsimoti yoki bajariladigan ishlarning murakkabligiga 
qarab mehnatni taqsimlash murakkab ishlar bilan oddiy ishlar bir-biridan 
ajratilishidan iborat. SHu bilan birga mahsulot tayyorlashdagi texnologik 
murakkablik deganimizda, tayyorgarlik funktsiyalarini va mehnat jarayonlarini 
bajarishdagi, shuningdek, sifatni nazorat qilishdagi murakkabliklar nazarda 
tutiladi.
Amallar bo’yicha mehnat taqsimoti – ishchilar mehnatini eng to’la 
taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish 


90 
amalining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus bolt tayyorlashning 
texnologik jarayoni temirchilik – metall toblash, chilangar (tokar) – yo’nish, naqsh 
solish, frezerlik – bolt boshidagi qirralarini frezerlash amallaridan iborat bo’ladi. 
Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri shundaki, bunda xodim 
ishning, xizmatning ma’lum bir turida ixtisos topadi, shu ishning bajarilish 
texnikasini va tartibini puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul 
va uslublarini yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob-uskunalar va 
moslamalar ishlatiladi. 
Bundan tashqari mehnat taqsimotida xodimlarni u yoki bu soha, yo’nalish 
bo’yicha tayyorlash ham osonroq kechadi. 
Makro va mikroiqtisodiyot ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat 
taqsimotining uchta darajasi mavjud: umumiy mehnat taqsimoti; hususiy 
mehnat taqsimoti; qisman mehnat taqsimoti. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling