“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Mehnat kooperatsiyasining mohiyati va turlari


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

10.4.Mehnat kooperatsiyasining mohiyati va turlari. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda (ijtimoiy yoki xususiy 
sektorligidan qat’i nazar) ixtisoslashtirilgan ijrochilar jamoasining birlikdagi 
mehnati bilan mahsulot ishlab chiqariladi yoki xizmat ko’rsatiladi. 


98 
Mehnatni tashkil qilishning muayyan, pirovard mahsulot olishga qaratilgan 
bitta mehnat jarayonida yoki o’zaro bog’liq turli mehnat jarayonlarida ko’p 
ijrochilar birgalikda va rejali ravishda ishtirok etadigan shakli kooperatsiya deb 
ataladi. 
Yakka hunarmandchilikka nisbatan kooperatsiyada mehnatning ijtimoiy 
samaradorligini 
oshiruvchi 
qator 
afzalliklar 
bor. 
Bulardan 
asosiylari 
quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish vositalari (imorat, jihozlar, asbob-
uskunalar) birgalikda ishlatilishi natijasida ularning tejalishi, yakka kishi kuchi va 
malakasi yetmaydigan ishlarni, xizmatlarni bajarish (og’ir, qo’pol, ko’tarish va 
tashish noqulay yuklarni ko’tarish va tashish hamda murakkab ishlarni bajarish) 
imkoniyati, ayrim shaxslarning ma’lum bir ishni yoki xizmat ko’rsatishni bir 
qancha ijrochilar bilan birgalikda bajarganlarida, har birining shaxsiy ish 
qobiliyatini oshiradigan quvvatini (energiyasini) alohida ravishda orttirishga sabab 
bo’ladi. Natijada mehnat faolligining ortishi, pirovard – natijaga tez yetishish
birgalikda ishlashni tashkiliy kombinatsiyalash (masalan, mashinaning ehtiyot 
qismlarini tashib borish o’rniga ularni qo’lma-qo’l uzatish), dolzarb paytlarda 
(qishloq xo’jalik ekinlari hosilini yig’ib - terib olish paytlarida) ko’plab odamlarni 
ishga jalb etish kerkak bo’ladi. Bunday hollarda mehnat samaradorligi mehnat 
qurollari o’zgarmay turib, birgalashib va bir - birlariga qiziqishib harakat qilish 
evaziga oshadi. 
Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarni tanlash – 
mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi, ikkinchi muhim 
masalasidir. 
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, 
ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab 
mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling