“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

Ixtisoslashtirilgan 
sexlarning 
sexlararo 
kooperatsiyasi. 
Bunda 
korxonadagi bir necha sex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli 
bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va 
birgalikda ishtirok etishi tushuniladi. 


99 
Sexlarning mavjud ixtisoslashish va tashkil etilishi printsiplariga qarab 
sanoat korxonalaridagi mehnat kooperatsiyasi ko’p jihatdan umumiy xarakterdagi 
turli shakllar kasb etadi. Masalan, har bir korxonaning asosiy va yordamchi sexlari 
bo’ladi. Yordamchi sexlarning jamoalari asosiy ishlab chiqarish sexlaridagi 
jamoalarga xizmat ko’rsatadilar, ya’ni ularni asbob-uskunalar va moslamalar bilan 
ta’minlaydilar, ulardagi asosiy texnologik asbob-uskunalarni o’z vaqtida 
ta’mirlaydilar va h.k.lar. 
Asosiy sexlar va ularni materiallar, idish va h.k.lar bilan ta’minlab turuvchi 
ko’makchi bo’limlar, sexlar o’rtasidagi mehnat kooperatsiyasi ham xuddi shunday 
bo’ladi. Har bir korxonada asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlov berish va 
ishlab chiqarish sexlari o’rtasida mehnat kooperatsiyasi mavjud. Sexlararo bunday 
mehnat kooperatsiyalari shunga asoslanadiki, tayyorlov sexlarining jamoalari 
ishlov berish sexlarini zarur yarimfabrikatlar bilan ta’minlab turadilar, 
yarimfabrikatlar bu sexlarda ishlanib, ishlab chiqarish sexiga o’tkaziladi, ishlab 
chiqarish sexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi. Mazkur 
sexlar o’rtasida mustahkam mehnat kooperatsiyasi, bugungi jamoalarning mehnat 
faoliyatida to’la uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan korxonada rejali ravishda 
uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi. 
Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning sex ishlab chiqarishidagi mehnat 
kooperatsiyasi. Bu sex ishlab chiqarishidagi bir necha uchastka jamolarining bir 
xil ishlab chiqarish jarayonida yoki har xil bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab 
chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishdir. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling