“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni
Kasblarning to’la o’rindoshligi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
ME\'YOR DARSLIK (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasblarning qisman o’rindoshligi
Kasblarning to’la o’rindoshligi deganimizda, ma’lum ixtisos (kasb)dagi
xodimning barcha mehnat funktsiyalari boshqa kishiga yuklatilishi va boshqa ishni qilish uchun o’z funktsiyasini bajarishdan tamomila ozod qilinishi tushuniladi (masalan, navbatchi chilangarga navbatchi elektrikning vazifasi yuklatiladi, elektrik esa bu vazifadan butunlay ozod qilinadi va h.k.). Kasblarning qisman o’rindoshligi deganimizda, u yoki bu xodimga qo’shimcha ravishda boshqa xodimlarning ba’zi mehnat funktsiyalari yuklatilishi, 105 ammo keyingilar o’z vazifalaridan butunlay ozod bo’lmasligi, balki odatdagi funktsiyalaridan qisman bo’shashini tushunamiz. Bu, xodimlar soni kamaytirilishiga, ya’ni mehnat resurslarining ma’lum darajada tejalishiga olib keladi. Uskunalarga xizmat ko’rsatish bo’yicha funktsiyalar o’rindoshligi xodimlarning ish kuni bilan ta’minlanishini oshirishga, yordamchi xodimlarning ish vaqtidan foydalanishlarini yaxshilashga, asosiy xodimlarning ish vaqti nobudgarchiliklarini kamaytirishga imkon beradi. Vaqti-vaqti bilan ishda band bo’ladigan yordamchi xodim va ish bilan doim ta’min etiladigan ko’makchi ishchilarning kasb o’rindoshligi xiyla samaralidir. Masalan, sozlovchilar ko’proq ish kuni boshida, o’rta va kapital ta’mirlash ishlarini bajaruvchi chilangarlar butun ish vaqti davomida ish bilan band bo’ladilar. Bunday sharoitda sozlovchilar bilan ta’mirlovchilardan kompleks brigada tuzish maqsadga muvofiqdir. SHunday qilinganda butun brigada jihozlarni sozlashda ishlar ekan, ish kuni boshida barcha uskunalar tez ishga solinadi, ish kuni davomida esa sozlovchilar ta’mirlash ishlariga jalb etiladi. Ish kuni davomida bir qancha mashinani bir vaqtning o’zida qaytadan sozlash zarur bo’lib qolganda, bu ishlarni yana butun brigada kuchi bilan bajarsa bo’ladi. Ish ana shu tariqa tashkil etilsa, asosiy xodimlarning sozlovchilar ishiga qarab bekor turib qolish hollari kamayadi. Har holda mehnatning kasblar o’rindoshligi asosida tashkil etilishi puxta tayyorgarlik ishlarini olib borishni talab etadi. Tayyorgarlik esa quyidagilardan iborat bo’ladi: Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling