“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


-MAVZU.ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MEHNATNI


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

13-MAVZU.ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MEHNATNI 
ILMIY TASHKIL ETISH BO‘YICHA XIZMATLARNI TASHKIL QILISH 
VA REJALASHTIRISH 
REJA: 
13.1.Ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha 
xizmatlarni tashkil qilish va rejalashtirish.
13.2.Mehnatni ilmiy tashkil etish bo’yicha tadbirlarning iqtisodiy 
samaradorligini aniqlash tartibi. 
13.3. Me’yorlarni bajarilishini hisobga olish .
13.4. Me’yorlarni bajarilishini korxona yakuniy natijalariga ta’siri. 
Tayanch so’z va iboralar: Operativ me’yorlashtirish , hisobot – statistik 
me’yor va normativlar,ishlab chiqarish me’yori. 
13.1.Ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha 
xizmatlarni tashkil qilish va rejalashtirish. 
Sanoat korxonalarida mehnatni tashkil etish tadbirlarining muvofaqiyati 
va yuqori samaradorligini quyidagi shartlarni bajarilishi asosida amalga 
oshiriladi: 
1. Rejaliligini, ya’ni mehnatni tashkil etish tadbirlari reja asosida amalga 
oshirilishidir. 
2. Ommaviy jalbi. Bu shart mehnatni tashkil etish tadbirini ishlab 


139 
chiqarish korxonasida eng quyi bo’lishidan to butun korxona bo’yicha amalga 
oshirilishini talab qiladi. 
3. Tarmoqli, yahni mehnatni tashkil etish tadbirini hamma tarmoqlarini 
qilish asosida mehnatni tashkil etishdir. 
4. Aniqligi va ilmiy asoslanganligi. Bunda korxonaning alohida birligiga 
tadbirning xususiy yechimini shu birlikdagi tashkiliy-texnik shartlarini inobatga 
olgan holda ishlab chiqishdir. 
5. Ishchilarni ichidan mehnatni tashkil etish bo’yicha ishda 
qatnashishligidir. Chunki ishchini o’zidan boshqa hech kim uning ish o’rnini 
rezervini chuqur bilmaydi. 
Mehnatni tashkil etish xizmatining bo’limlari tarkibi ularning soni avvalo 
ishlab chiqarish korxonasining xarakteri, tipi va texnologik jarayonning 
murakkabligi, geografik joylashuviga va korxona ishlayotgan ishchilar soniga 
bog’liq. 
Korxonaning mehnatni tashkil etish bo’yicha ish olib borilayotgan 
bo’linmachalar injener-texnik tashkilotchilar, keng ko’lamli iqtisodchilar, 
texnologilardan, me’yorlovchilardan va korxona ilg’ori bilan tashkil etiladi. 
Korxona mehnatni tashkil etish xizmatining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
1. Mehnatni tashkil etish bo’yicha rejani bajarilishini nazorat qilish. 
2. Mehnatni tashkil etish bo’yicha vujudga kelgan alohida muammolarini 
hal etish va tarbiyaviy davr belgilash. 
3. Mehnatni tashkil etish tadbirlarini joriy etish ob’ektlarini belgilash. 
4. Korxona ishchilari o’rtasida mehnatni tashkil etish tadbirlari bo’yicha 
tushuntiruv ishlarini olib borish va ishchilardan kelgan yangi takliflarni ko’rib 
chiqish kabilar. 
Korxonaning mehnat tashkil etilganligining holati, yangi tadbirlarni ishlab 
chiqish uchun ma’lumotlarni yig’ish, tadbirlarni olib borilishini nazorati uchun 
tadqiqotchilar guruhi tashkil etiladi. 


140 
Korxonani rejasi jamlovchi reja bo’lib, u o’z ichiga: sexlar, uchastkalar, 
ishchi joylarning mehnatni tashkil etish rejalarini oladi. 
Korxona mehnatni tashkil etish rejasini ishlab chiqishda shuni yodda 
saqlash kerakki, mehnat tashkilni tobora yaxshilash bu rejadagidan tobora ko’p 
tadqiqiy (ijodiy) faoliyatni talab etadi. Shuning uchun ham bo’lsa kerak,
mehnatni tashkil etish tadbirlarinig samarasi yuqori samaras aloxida uchastka, 
ish joyini xususiyatlarini va tadbirlarini hisobga oluvchi faktorlarni o’z aksini 
ifoda etgan joyda namoyon bo’ladi. 
Mehnatni tashkil etish rejasini ishlab chiqarishdan oldin, ya’ni mehnatni 
tashkil etilishini takomillashtirish uchun, avvalo amaldagi bilan mehnat tashkilini 
chuqur o’rganilib, uning darajasini korxonani eng quyi katlamida to umum 
korxona bo’yicha aniq belgilash lozim. Bu o’z navbatida korxona bo’yicha zaif 
joylarni mehnatni tashkil etish tadbirlarining asosiy yo’nalishini belgilashga va
mehnatni tashkil etish tadbirlari uchun ajratilgan mablag’larni samarali 
ishlatilishiga yordam beradi. 
Shunday qilib, mehnatni tashkil etish tadbirlarining rejasini 
samaradorliginig va uning amalga oshirilishi unumli mehnatni tashkil etishning 
takomillashtirilishi bo’yicha umumiy maqsadini to’g’ri ifodalashdan iborat 
bo’ladi ya’ni, bu quyidagi uch bosqichdan iborat: 
1. Amaldagi mehnat tashkilini o’rganish va tahlil etish. 
2. Mehnatni tashkil etish rejasini tuzishda bulajak tadbirlarni ishlab 
chiqish. 
3. Mehnatni tashkil etish tadbirlarini qo’llash. 
Birinchi 
bosqich 
maqsadi 
– 
mehnatni 
tashkil 
etilishini 
takomillashtirilishini asosiy yo’nalishini, uning obektlarini va amalga oshirish 
tartibini belgilashdan iborat. 
Ob’ekt bo’yicha MITQning asosiy yo’nalishini ishlab chiqarishni 
texnologik jarayonini, uning shart-sharoitini, talaba va kelajaklarini mohiyatini 
yaxshi tushunib yetgan ishchilar belgilab berishlari mumkin. Shunga ko’ra ham 


141 
bu masala MITQ savolida berilgan ma’lumotlar va ishlab chiqarish natijalarini 
sintetik tahlili asosida kelib chiqiladi. Korxona umumiy ko’rsatkichlariga salbiy 
ta’sir etuvchi alohida birliklarda birinchi navbatda MITQ tadbirlarini joriy etish 
ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Birdan birliklar korxona bo’yicha alohida-alohida 
texnik-iqtisodiy tahlildan o’tkazilib ilg’or keluvchi boshqa sex, uchastkalarga 
nisbatan taqqoslash natijasida vujudga keladi aniqlanadi. 
Tadbir o’tkazilishi lozim bo’lgan birlamchi ob’ekt va uning asosiy 
yo’nalishi aniqlanganidan so’ng quyidagi ketma-ketlikda keyingi ishlar amalga 
oshiriladi. 
1. Tadqiqotning ishchi dasturini xulosalash. 
2. Tanlab olingan ob’ektlar bo’yicha amaldagi mehnat tashkilini o’rganish 
va tahlil etish. 
3. Olib borilgan tadqiqotni xulosalash. 
4. Belgilangan ob'ektlarda mehnat tashkilini yaxshilash bo’yicha chora-
tadbirlarni ishlab chiqish. 
Tanlangan ob'ektni xarakteri va mehnatni tashkilini takomillashtirish 
yo’nalishini inobatga olingan holda MITQ xizmatining ijodiy guruhlari turli xil 
mutaxassislardan tashkil etilishi mumkin. Ayrim hollarda bunday guruhlarga 
tashqaridan quyidagi mutaxassislar jalb etilishi mumkin: psixologlar, vrachlar
fiziologlar, rassomlar, dizaynerlar va boshqalar. 
MITQ rejasini ishlab chiqish ikkinchi bosqich masalasidir. Ushbu jarayon 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
1. Tadbirlar ishlab chiqish. 
2. Har bir tadbir bo’yicha uning samaradorligi hisoblanadi. 
3. Tadbirlar yo’nalishi, vaqti bajarilishi, amalga oshirilishi joyiga qarab 
guruhlanadi. 
4. MITQ rejalari tuziladi. 
5. Ishlab chiqilgan MITQ rejali muxokama va tasdiq qo’yiladi. 
Yuqoridagilarga qo’shimcha qilib shuni aytib o’tish lozimki, MITQ 


142 
tadbirlarini rejasini ishlab chiqishda MITQ bo’yicha ilmiy-tadqiqot bo’yicha 
tashkilotlarni normativ va tavsiyanoma xujjatlarini qo’llash, korxonada iqtisodiy 
resurslarni tejash bilan birga tadbirlarning yuqori samaradorligi ta'minlanadi 
Uchinchi bosqich – MITQ tadbirlarini joylarda joriy etish bu butun 
bajarilgan ishlarning ichida eng og’iri va mas'uliyatlisi bo’lib hisoblanadi. 
Chunki, loyihalashtirilgan MITQ rejasini muvoffaqiyati, uning bajarilishi 
muddatlarini aniqligi, amalga oshiruvchi personalning tadbirga muvofiqligi
tadbirning alohida-alohida ishlarining bosqichma-bosqich yoki parallel ravishda 
bajarilishi shart-sharoitlariga bog’liqdir. Shunga muvofiq ham 3-bosqich 
quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
1. Yangi tadbirlarning tushuntirish xaritasi, qo’llanish grafigi va uning 
yangi xususiyatlarini tushuntiruvchi xujjatlar tuziladi. 
2. Tadbirning ijro etuvchilariga vazifalarini aniq va ravshan yoritish. 
3. MITQ tadbirini amalga oshirish. 
4. MITQ tadbirini nazoratini olib borish. 
5. Yangi tadbirni qo’llanishdan olingan mehnat samaradorligini hisobi. 
6. Qilingan jami ishlar bo’yicha hisobot tuzish. 
MITQ tadbirlarini ish joyiga qo’llash tadbirining to’la-to’kis joriy 
etilganidan dalolat bermaydi. Vaqt mobaynida har bir ishchini, injenerni xodimni 
yangi texnik ko’lamiga, yangi ochilgan imkoniyatlaridan keng foydalanish siru-
asrorlarini ommaviy tarzda o’qituv-tanishtiruv ishlarini olib borish kerak. 
Mehnatni ilmiy tashkil etish bo’yicha tadbirlarni joriy qilishdan maqsad 
avval ishchilar mehnatini yangilashtirish, ularning ish qobiliyatini samarali 
bo’lib, shuningdek mahsulot mehnat sig’imini kamaytirish asosida yuqori 
mehnat unumdorligiga erishishdan iboratdir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling