Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Investitsiyaviy loyihalar turlari


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

2. Investitsiyaviy loyihalar turlari. 
Loyihaviy tahlilning ko’p yillik amaliyoti loyihalar ishlab chiqish tajribasini umumlashtirish 
imkonini beradi. Chet el amaliyotida uchraydigan investitsiyaviy loyihalarning asosiy turlari 
quyidagilardan iborat. 
1. Mavjud tadbirkorlik faoliyati miqyoslarini o’zgartirmasdan, jismoniy eskirgan uskunalarni 
almashtirish. 
2. Joriy ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida uskunalarni almashtirish (ma'naviy 
eskirish). 
3. Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yoki xizmat ko’rsatish
bozorini kengaytirish. 
4. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida korxonani kengaytirish. 
5. Ekologik yuklamaga ega bo’lgan loyihalar. 


150 
6. Qaror qabul qilish mas'uliyati borasida muhim bo’lgan boshqa turdagi loyihalar. 
3. Investitsiyaviy loyihalar tahlilining jihatlari. 
Investitsiyaviy loyihani amalga oshirish natijasida kutilgan ijobiy samaraga erishish uchun, asosiy 
talablarga amal qilinishini nazorat qilib borish zarur. Ushbu talablarga rioya qilish tahlili, loyihani 
muvoffaqiyatli amalga oshishini, unga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritilishini yoki, ijobiy natijaga 
erishish mumkin bo’lmagan taqdirda, loyihadan voz kechish to’g`risida habar beradi. Eng muhimi 
bunday tahlil ko’p aspektlar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi, chunki mavjud talablardan bittasining 
bo’lsa ham hisobga olinmasligi loyiha ishtirokchilari uchun salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. 
Loyihani tizimlashtirish uchun quyidagi aspektlarni ajratish qabul qilingan: 
- tijorat tahlili; 
- texnik tahlil; 
- ijtimoiy tahlil; 
- institutsional tahlil; 
- ekologik tahlil; 
- moliyaviy tahlil; 
- iqtisodiy yoki jamiyat samaradorligi tahlili. 
Tijorat tahlili. 
Tijorat tahlilining maqsadi – ishlab chiqarilishi mo’ljallangan mahsulot va xizmatlar bozorlari
hamda ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan moddiy va moliyaviy resurslar bozorlari nuqtai nazaridan 
loyiha istiqbollarini baholashdir. Umuman olganda loyihaning muvoffaqiyati yoki inqirozga uchrashi, 
loyiha mahsuloti iste'molchilari, loyiha xizmatlaridan foydalanuvchilar, resurslarni yetkazib beruvchi 
va potensial investorlarga bog`liq bo’ladi. 
Tijorat tahlili har doim bozorlarni o’rganishdan boshlanadi. Loyiha mahsuloti, uni amalga oshirish 
uchun lozim bo’lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning joriy kon'yunkturasini o’rganib 
bo’lgandan so’ng, tegishli bozorlarni rivojlanish tendensiyalari aniqlanadi va loyihaga tegishli 
ko’rsatkichlar dinamikasi prognoz (bashorat) qilinadi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling