Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Moliyaviy bozorlarni o’rganish jarayonida loyihani amalga oshirish uchun qarz kapitalini jalb etish 
imkoniyatlari, moliyaviy resurslarning amaldagi narxlari, kreditlashning tipik sharoitlari tahlil qilinadi. 
Moliyalashtirishning eng qulay sxemasini tanlash uchun quyidagilar to’g`risida to’liq axborotga ega 
bo’lish lozim: 
- investitsiyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish 
imkoniyatlari; 
- loyihani amalga oshirish jarayonida aylanma vositalarni to’ldirish maqsadida qisqa muddatli 
moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish imkoniyatlari; 
- kredit uchun (kreditlash turlari bo’yicha) o’rtacha, minimal va maksimal foiz; 
- qarzni mumkin bo’lgan qaytarish muddatlari; 
- imtiyoz berish shartlari (kreditlash davri, foiz to’lovlarini to’lash va h. bo’yicha); 
- kafolat yoki garov ta'minoti taqdim etish zaruriyati. 
Moliyaviy bozorning ushbu asosiy tavsiflaridan tashqari, resurs yetkazib beruvchilarning 
moliyaviy ahvolini va ushbu resurslarni xarid qilish uchun kredit olish imkoniyatlarini aniqlash lozim. 
Bozorlar rivojlanishini prognoz qilish. Bozorlar tahlili va asosiy tendensiyalarni aniqlash jarayoni 
tugagandan so’ng, loyiha biznes-rejasini tuzishda foydalaniladigan, quyidagi ko’rsatkichlarning 
prognoz qiymatlari hisoblanadi: 
- loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar narxi; 
- asosiy resurslarning narxi; 
- inflyatsiya darajasi; 
- kredit uchun foiz stavkasi; 
- loyihada ishtirok etayotgan valyutalarning ayirboshlash kurslari va h. 
Prognoz turli xil uslublardan foydalangan holda (statistik, iqtisodiy-matematik, imitatsion va h.) 
loyihaning butun hayotiy davriga tuziladi. Mahsulot va resurslar narxlarini asoslashda, odatda, talab va 
taklif mutanosibligi modellaridan foydalaniladi. 
Talab tahlili loyiha salohiyatini baholashning asosi hisoblanadi, shuning uchun bu ishga maksimal 
mas'uliyat bilan yondashish lozim. Loyiha mahsuloti uchun bozor o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr 
noto’g`ri bo’ladi. Bularning barchasi, talab tuzilmasini va uning narx, sifat va boshqa omillarga 
ta'sirchanligini aniqlash bilan birgalikda, qayta-qayta tekshirilishi lozim. 
Hattoki eng batafsil tahlildan keyin ham talab prognozlari hato chiqishi mumkin, ayniqsa uzoq 
muddatli prognozlar. Iste'molchilarning texnologiyalari, daromadlari, hatti-harakatlarini prognoz qilish 
doimo noaniqlik sharoitlarida amalga oshiriladi va shuning uchun ham juda murakkab hisoblanadi. 
Bundan tashqari, bunday prognoz uchun birlamchi ma'lumotlar aniq emas yoki umuman yo‘q bo’ladi. 
Ixtisoslashtirilgan uslub bo’yicha ma'lumot yig`ish esa juda ham qimmat, va uning samaradorligini 
kafolatlash qiyin. 
Bunga qaramasdan, tadbirkorlik amaliyoti doimiy tarzda uzoq muddatli oqibatlarga ega qarorlarni 
qabul qilishni taqozo etadi. Misol uchun, sug`orish tizimini barpo etish yoki suv omborini qurish yirik 
kapital qo’yilmalarni talab etadi, va amalga oshirilishi boshlangan loyihani katta yo’qotishlarsiz 
to’xtatish deyarli mumkin emas. Loyiha miqyosi, muddatlari yoki joylashuvini tanlashda yo’l 
qo’yilgan xatolar xal qiluvchi rolni o’ynashlari mumkin. Ishonchli prognoz (bashorat) qilib 
bo’lmaydigan vaziyatlarda esa, mutaxassislar voqealar kelajakdagi rivojlanishining mumkin bo’lgan 
ssenariylarini ko’rib chiqishlari shart. 
Talab prognozlarini ularga ketadigan xarajat qiymatini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. 
Ya'ni ikki turdagi xarajatlarni taqqoslash lozim: prognozni tayyorlash qiymati (shu jumladan, 
ma'lumotlarni yig`ish va to’ldirish xarajatlariga) va noto’g`ri prognozdan foydalanish natijasida yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan xarajatlar. Qaror qabul qilish birinchi navbatda kapital qo’yilma hajmiga 
bog`liq bo’ladi. Loyihaviy tahlilning boshqa jihatlari singari, prognozlarning murakkabroq uslubiyoti 
ishonchliroq axborot bilan ta'minlashi mumkin, ammo u ko’proq pul va vaqtni talab qiladi. Odatda, har 
bir loyiha shunday chegara mavjudki, axborot uchun undan yuqori xarajatlar o’zini oqlamaydi. 


152 
Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, tovarning bozor narxi va unga bo’lgan talab miqdori 
o’rtasida muayyan nisbat mavjud bo’ladi. Makroiqtisodiyotning ushbu aksiomasi bozorlar tahlili 
asosini tashkil etadi. 
Narxdan tashqari talabga quyidagi muhim omillar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi: 
- iste'molchilarning o’rtacha daromadi (ushbu ko’rsatkich oshganda talab ham oshishi kutiladi); 
- bozor miqyosi (yirik shaxarlarda talab hamisha yuqori); 
- o’zaro bog`liq tovarlarning narxi va ularni xarid qilish imkoniyati, bu ayniqsa muayyan tovarni 
o’rnini bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlarga tegishli; 
- iste'molchilarning didi, an'analari va istaklari; 
- bozorning maxsus sharoitlari (misol uchun, kelajakdagi iqtisodiy o’zgarishlarni kutish – narx, 
inflyatsiya va h.). 
Taklif egri chizig`iga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
- ishlab chiqarish xarajatlari; 
- texnologik taraqqiyot; 
- foydalaniladigan resurslar va xom-ashyo narxlaridagi o’zgarishlar; 
- mazkur bozordagi firmalar miqdori; 
- bozor tuzilmasi. 
Yuqorida sanab o’tilgan omillardan istalgan bittasining o’zgarishi, har qanday joriy narxda ham
taklif hajmining o’zgarishiga olib keladi. Xususan, taklif loyihani amalga oshirilishi munosabati bilan 
ham o’zgarishi mumkin. Misol uchun, sut qayta ishlash jarayonining kam xarajatli texnologiyasini 
joriy etish ishlab chiqarish xarajalarini kamaytiradi. Sut zavodi ko’proq mahsulot ishlab chiqargan 
holda, taklifni oshiradi va narxni pasaytiradi. 
Loyihaviy tahlil loyihalarni ishlab chiqishda xal qiluvchi rolni o’ynashiga qaramasdan, unga 
xanuzgacha kam e'tibor qaratiladi. Har bir loyihaning muvoffaqiyati yoki muvoffaqiyatsizligini aynan 
bozor belgilaydi, shu sababdan ham loyihaviy tahlilning boshqa jihatlariga (aspektlariga) o’tishdan 
oldin, mahsulot va resurslar bozorlarini batafsil o’rganish lozim. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling