Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Loyihalarning tarkibiy qismi
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
Loyihalarning tarkibiy qismi. Ko’pgina rivojlanish loyihalari, faoliyatning turli sohalari yoki
turlariga mansub bo’lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lishlari mumkin. Misol uchun, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi bilan bog`liq loyiha, sug`orish va drenaj tizimlarini o’zlashtirish, turli xil 153 mahsulotlarni ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashish va h. o’z ichiga olgan bo’lishi mumkin. Tahlilning birinchi darajali vazifasi – loyihaning turli tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashtirishdir. Maktab va tibbiyot muassasalarini barpo etish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining unumdorligiga qandaydir munosabatda bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Agarda loyiha tarkibiy qismlari o’zaro qalin bog`langan bo’lsa, individual tarzda xarajat va daromadlarni taqsimlashning ma'nosi yo’q; shuning uchun ham turli xil tarkibiy qismlar uchun daromadlilik stavkalarini alohida-alohida hisoblash kerak emas. Bunday holatda butun loyiha uchun sof samarani hisoblash, va keyinchalik, qaysi bir tarkibiy qism hisobiga uni oshirish mumkinligini ko’rib chiqish lozim. Agarda loyiha tarkibiy qismlarining o’zaro bog`liqlik darajasi past bo’lsa, ularning har birini alohida tahlil qilish lozim. Buning uchun moliyaviy tavsiflardan ham foydalaniladi, bunda turli xil tarkibiy qismlar olinayotgan foyda nuqtai nazaridan o’zaro o’rinbosuvchi, to’ldiruvchi yoki mustaqil bo’lishlari mumkin. Agarda loyihalarni birgalikda amalga oshirishning umumiy foydasi, ularni alohida amalga oshirishda olinadigan foydadan kam bo’lsa, bunday loyihalar o’zaro o’rinbosuvchi deb, aks holda o’zaro to’ldiruvchi loyihalar deb ataladi. Agarda loyiha mustaqil tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lsa, unda har bir tarkibiy qismni alohida amalga oshirishdan olingan foyda summasi, loyihaning umumiy foydasiga teng bo’ladi. Xarajatlar nuqtai nazaridan ham o’xshash tahlil amalga oshirilishi mumkin. Ayrim ko’p qismli loyihalar, xarajatlar nuqtai nazaridan o’zaro to’ldiruvchi, foyda nuqtai nazaridan esa o’zaro o’rinbosuvchi bo’ladilar. Bunda moliyaviy tahlil, ko’p qismli loyihani amalga oshirishdagi xarajatlarning tejalishi umumiy loyiha samaradorligiga qay tarzda ta'sir ko’rsatishini aks ettirishi lozim. Bundan tashqari, ko’p qismli loyihalarning amaliy bahosi tahlilning texnik, texnologik, tijorat va boshqa jihatlarini ham e'tiborga olishi lozim. Joylashuv. Loyiha joylashuviga ta'sir etuvchi omillar ham juda xilma-xil bo’lib ularni ham prognoz qilish lozimdir. Tabiiyki, so’nggi natijani maksimumga olib keluvchi joylashuv eng qulay hisoblanadi. Ko’pgina hollarda joylashuvni tanlash, turli xil fikrlar o’rtasida barchani qoniqtiradigan qarorga kelish zaruriyati bilan ifodalanadi. Har bir qaror o’z ustunlik va kamchiliklariga ega, ularni baholaydilar va eng yaxshisi tanlanadi. Turli xil variantlar, quyidagilarning yaqinligi va qiymatini hisobga olgan holda ko’rib chiqiladi: - qulay fizik tavsiflarga (yer tuzilishi, qurilish uchun sharoitlar va h.) ega yer uchastkasi; - xom-ashyo va materiallar bozori; - loyiha bo’yicha ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan, mahsulot bozori; - energiya manbalari; - ishlab chiqarish infratuzilmasi (suv, elektr uzatish liniyalari, yoqilg`i, aloqa vositalari, avtomobil va temir yo’llar va h.); - ijtimoiy infratuzilma (bolalar bog`chalari, maktablar, do’konlar, kasalxonlar va h.); - ishchi kuchi (malakali, past malakali, malakasiz). Tanlangan variant loyihaning barqaror amalga oshirilishini va minimal xarajatlar bilan maksimal daromadga erishishini ta'minlashi lozim. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling