Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


 Qishloq xo‘jaligi logistikada zaxiralar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
agrologistika

7. Qishloq xo‘jaligi logistikada zaxiralar 
7.1. Moddiy zaxira tushunchasi 
Moddiy zaxira tushunchasi logistikaning asosiy tushunchalaridan biridir. 
Tabiatdan olingan xom-ashyo, oxirgi iste'molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib 
borgunga qadar, harakatlanadi, boshqa materiallar bilan birikadi va ishlab chiqarishda 
qayota ishlanadi. Moddiy zanjir bo‘ylab harakatlanayotgan xom-ashyo (keyinchalik 
esa yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ham) u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistik 
operatsiyaga kirish navbatini kutib to‘xtalib turadi. 
Moddiy zaxiralar – bu ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida 
turgan, shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste'moli jarayoniga kirishishni kutayotgan, 
ishlab chiqarish – texnik maqsadda, aholi iste'molida va boshqalarda ishlatiladigan 
tovarlardir. 
Agarda, birlamchi xom-ashyoni aholi iste'moli mollariga aylanishini va uni 
harakatlanishini ta'minlovchi ishtirokchilarning butun zanjiri yagona mexanik 
konveyer kabi ishlaganda, kutish vaqtini deyarli nolga tushirish mumkin bo‘lar edi. 
Ammo hayotda bunday kutishlarsiz bo‘lmaydi. 
Zaxiralarni yaratish doimo xarajatlar bilan bog‘liq. Zaxiralarni yaratish va 
saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlarning asosiy turlarini sanab o‘tamiz: 
-
«muzlatib qo‘yilgan» moliyaviy mablag‘lar; 
-
maxsus jihozlangan xonalarga bo‘lgan xarajatlar; 
-
maxsus xodimlarning ish xaqi; 
-
nosozliklar, o‘g‘irliklarning doimiy xavfi; 
Zaxiralar mavjudligi – bu xarajatlardir. Ammo zaxiralar yo‘qligi – bu ham 
xarajat, faqatgina ular turli xildagi yo‘qotishlar ko‘rinishida bo‘ladilar. Zaxiralar 
yo‘qligi bilan yuzaga keladigan yo‘qotishlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: 
-
ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlardan bo‘lgan yo‘qotishlar; 
-
talab qilingan vaqtda omborda tovar bo‘lmaganidan yuzaga kelgan 
yo‘qotishlar; 
-
tovarlarning kichik partiyalarini yuqori bahodan sotib olgandan yuzaga 
kelgan yo‘qotishlar. 
Zaxiralar mavjudligi muayyan xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, 
ishbilarmonlar ularni yaratishga majburdirlar, chunki zaxiralar yo‘qligi undan 
kattaroq foydani yo‘qotishga olib kelishi mumkin. 
Zaxiralarni ratsional boshqaruvi, zaxiralarga bo‘lgan minimal xarajatlarda, 
ishlab chiqarish va savdo jarayonining uzluksizligini ta'minlashga imkon beradi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling