Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


 Xizmat ko‘rsatish sifatining mezonlari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
agrologistika

8.3. Xizmat ko‘rsatish sifatining mezonlari 
Logistik servis sifatini baholash uchun quyidagi mezonlar qo‘llaniladi: 
-
yetkazish ishonchliligi; 
-
buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha bo‘lgan 
to‘liq vaqt; 
-
yetkazish egiluvchanligi; 
-
yetkazib beruvchi omborida zaxiralar mavjudligi; 
-
kredit olish imkoniyati, va qator boshqa mezonlar. 
Bulardan birinchi uchtasini tavsiflab o‘tamiz. 
yetkazish ishonchliligi. Umumiy holda, ishonchlilik deganda, belgilangan 
cheklanishlarda o‘z tavsiflarini saqlagan holda berilgan funksiyalarni bajarish 
qobiliyatini o‘z ichiga olgan, tizimning majmuaviy xususiyati tushuniladi. 
yetkazish ishonchliligi – bu yetkazib beruvchining belgilangan chegaralarda
shartnomada kelishilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish qobiliyatidir. yetkazish 
ishonchliligi, yetkazish jarayoni tarkibiga kiruvchi ayrim turdagi ishlarni bajarish 
muddatlariga rioya qilishning ishonchliligi bilan aniqlanadi. 
yetkazish ishonchliligiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan bo‘lib, shartnomada 
ko‘zda tutilgan majburiyatlar (kafolatlar) mavjudligi xizmat qiladi, yetkazish 
muddatlarini buzganlik uchun javobgarlik aynan shu majburiyatlarda belgilanadi. 
Buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha bo‘lgan 
to‘liq vaqt, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
-
buyurtmani rasmiylashtirish vaqti; 
-
ishlab chiqarish vaqti (agarda buyurilgan tovarlarni ishlab chiqarish lozim 
bo‘lsa, bu vaqt yetkazish muddatiga qo‘shiladi) 
-
qadoqlash vaqti; 
-
yuklash vaqti; 
-
yetkazish vaqti; 
Shartnomada ko‘rsatilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish, yuqorida sanab 
o‘tilgan ushbu muddatning tarkibiy qismlariga qanday rioya qilinishiga bog‘liq. 
Masalan, tovarni ishlab chiqarishga rejalashtirilgan muddatlarga yoki ekspeditor 
ta'kidlagan yetkazish muddatlariga rioya qilinmasligi mumkin. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling