Microsoft Word amaliyotchi psixologlarning psixokorreksion faoliyati xususiyatlari


Download 254.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana23.04.2023
Hajmi254.57 Kb.
#1385524
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

va o‘smirlar. Bunday bolalar barqaror axloqiy e’tiqod, ma’naviy his va shaxsiy 
qarashlari shakllanib ulgurmaganligi tufayli ikkilanib turadilar. Ularning 
kishilarni baholash faoliyati favqulodda vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Iroda 
kuchining zaifligi, ma’naviy dunyosidagi beqarorlik, voqea - hodisalarga nisbatan 
befarqlik va tashqi ta’sirlarga tez berilishlik tufayli xulq-atvorida o‘zgarishlar 
kelib chiqadi. Bunday bolalarning ko‘ngli bo‘shligi, xarakteri o‘zgaruvchanligi 
natijasida ba’zan huquqbuzarliklar kelib chiqishi mumkin. Bundaylar bilan 
ishlashda ularni mustaqil fikrlashga, o‘z-o‘zini tanqid qilishga o‘rgatish foyda 
beradi. 
3. Xususiy kechinmalarga boy bolalar va o‘smirlar. Bundaylarda xudbin 
shaxsiy ehtiyoj va istakning kuchliligi yorqin namoyon bo‘ladi. Ular ma’naviy 
qashshoqlikni his qiladilar va iztirob chekadilar. Boshqalarga yaxshilik qilishni 
istaydilar, lekin xudbinliklari sababli yaxshilik qilolmaydilar. Bundaylarni 
rahbarlik ishlariga jalb qilish, ijodiy fikrini o‘stirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi 
shaxsiy sifatlarni shakllantirishga e’tibor berish lozim. 


4. Affektiv kechinmali, ehtiroslarga boy, qo‘zg‘aluvchan, ruhiy beqaror 
bolalar va o‘smirlar. Bundaylar jamoada o‘z o‘rnini topa olmaydilar, doimiy 
ravishda ruhiy iztirobda bo‘ladilar, ko‘pchilikning nazarida bo‘lishni 
yoqtirmaydigan, noaniq sabablarga ko‘ra azoblanuvchan bo‘ladilar. Bundaylarga 
oqilona maslahatlar berish, affektiv harakatlarning oldini olish, irodaviy sifatlarni 
shakllantirishga doir tadbirlarni ko‘proq olib borish maqsadga muvofiqdir. 
“Tarbiyasi og‘ir bolalar” bilan ishlashda avvalo ularning bo‘sh vaqtlarini 
mazmunli tashkil etish, “ko‘ngilochar o‘yinlar”da ishtirok etishlariga, be’mani 
“hordiq chiqarish” va ko‘cha-ko‘yda maqsadsiz yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik 
lozim. 

Download 254.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling