Microsoft Word amaliyotchi psixologlarning psixokorreksion faoliyati xususiyatlari
Download 254.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- tavsiyalarni
- Balog‘atga yetmagan andishasiz, qaysar o‘smirlar
- Beqaror yoki subutsiz, ya’ni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan bolalar
Suitsid sabablari: 1) boladan mehrni ayash; 2) boshqa farzandlardan
ajratish; 3) alkogol ota-onalar; 4) ruhiy taraqqiyotdan orqada qolish. Suitsid turlari: 1. Haqiqiy suitsid. 2. Taqlidiy suitsid. Autoagressiv suitsid. 120 ta suitsid qilgan yoshlarning atigi 2 tasining ota-onasi yordam so‘rab murojaat qilgan xolos. Demak, suiqasd ota-onalarning farzand tarbiyasiga befarqligidan kelib chiqadi. Suitsid ko‘proq xolerik va melanxoliklarda uchraydi. Chunki suitsid asab tizimiga bog‘liq. Biz psixologlarga suitsidning oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni beramiz: • Har bir ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixolog o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi, jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhitdan boxabar bo‘lishi va uni yaxshilashi zarur; • Psixolog tarbiyasi og‘ir va turli voqealar sabab tushkunlik holatiga tushib qolgan o‘quvchilarni aniqlashi, ularning oilasini to‘liq yoki noto‘liq turga mansubligini o‘rganishi lozim; • Ota-onalar va kollej yoki maktab o‘rtasida hamkorlikni takomillashtirish, pedagoglarda ota-onalar bilan ishlash rejasini o‘quvchi psixologiyasiga, uning o‘tish davridagi ruhiy holatiga qaratishi; • Oilada ota-onalarning farzandlarining barchasiga bir xil munosabatni shakllantirish, bolani kamsitmaslik yoki uni haddan ziyod erkalamaslik, oilada kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni ota-onalarga tushuntirish; • O‘quvchini yolg‘izlatib qo‘ymaslik, o‘quvchidagi har bir o‘zgarishni kattalar ilg‘ashi va oldini olish chorasini topish, bolani do‘st tanlashiga ko‘maklashishni pedagoglar va ota-onalarga tushuntirish; • Suitsid sodir etgan o‘smir bilan suhbatni u xohlagan paytda olib borish, boshqalardan olgan ma’lumotni unga bildirmaslik; • O‘quvchilar bilan dildan suhbatlashish, uning muammolarini qanday hal etish yo‘llarini topish; 3. Yana bir muammo - bu tarbiyasi og‘ir bolalar. Ijtimoiy psixologiyada tarbiyasi qiyin bolalar jinoiy (huquqiy) va oddiy (ahloqiy) qonunbuzarlar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tadqiqotchilar tomonidan bunday bolalar quyidagi guruhlarga bo‘lingan: 1. Balog‘atga yetmagan andishasiz, qaysar o‘smirlar. Bunday o‘smirlar shaxsiy qarashi, o‘zgalarga baho berishi ahloq normasiga zid bo‘lgani sababli qonunni buzadilar, o‘z qarashlarini maktab, oila va jamoatchilik fikriga qarshi qo‘yishga harakat qiladilar. O‘rtoqlarini qo‘rqitish, ruhan azoblash, kattalarning izzat-nafsiga tegish orqali rohatlanadilar. Ularda “o‘zini ko‘rsatish” ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Bunday ishtiyoqdan pedagoglar unumli foydalanishlari mumkin. Masalan, ularni sport to‘garaklariga jalb qilish, tadbirlarda tartibni nazorat qilish vazifasini yuklash, ijtimoiy mehnat uchastkalarida mas’uliyatli ishlarni topshirish, darsdan tashqari vaqtlarda rahbarlik ishlarini berish orqali tarbiyasi qiyin o‘smirlarni sog‘lomlashtirish mumkin. 2. Beqaror yoki subutsiz, ya’ni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan bolalar Download 254.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling