Microsoft Word amaliyotchi psixologlarning psixokorreksion faoliyati xususiyatlari


Download 254.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana23.04.2023
Hajmi254.57 Kb.
#1385524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

Suitsid sabablari: 1) boladan mehrni ayash; 2) boshqa farzandlardan 
ajratish; 3) alkogol ota-onalar; 4) ruhiy taraqqiyotdan orqada qolish.


Suitsid turlari: 1. Haqiqiy suitsid. 2. Taqlidiy suitsid. Autoagressiv suitsid. 
120 ta suitsid qilgan yoshlarning atigi 2 tasining ota-onasi yordam so‘rab 
murojaat qilgan xolos. Demak, suiqasd ota-onalarning farzand tarbiyasiga 
befarqligidan kelib chiqadi. Suitsid ko‘proq xolerik va melanxoliklarda uchraydi. 
Chunki suitsid asab tizimiga bog‘liq. 
Biz psixologlarga suitsidning oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni 
beramiz: 
• Har bir ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixolog o‘quvchilarning 
psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi, jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhitdan 
boxabar bo‘lishi va uni yaxshilashi zarur; 
• Psixolog tarbiyasi og‘ir va turli voqealar sabab tushkunlik holatiga tushib 
qolgan o‘quvchilarni aniqlashi, ularning oilasini to‘liq yoki noto‘liq turga 
mansubligini o‘rganishi lozim; 
• Ota-onalar va kollej yoki maktab o‘rtasida hamkorlikni takomillashtirish
pedagoglarda ota-onalar bilan ishlash rejasini o‘quvchi psixologiyasiga, uning 
o‘tish davridagi ruhiy holatiga qaratishi; 
• Oilada ota-onalarning farzandlarining barchasiga bir xil munosabatni 
shakllantirish, bolani kamsitmaslik yoki uni haddan ziyod erkalamaslik, oilada 
kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni ota-onalarga tushuntirish; 
• O‘quvchini yolg‘izlatib qo‘ymaslik, o‘quvchidagi har bir o‘zgarishni kattalar 
ilg‘ashi va oldini olish chorasini topish, bolani do‘st tanlashiga ko‘maklashishni 
pedagoglar va ota-onalarga tushuntirish; 
• Suitsid sodir etgan o‘smir bilan suhbatni u xohlagan paytda olib borish, 
boshqalardan olgan ma’lumotni unga bildirmaslik; 
• O‘quvchilar bilan dildan suhbatlashish, uning muammolarini qanday hal etish 
yo‘llarini topish; 
3. Yana bir muammo - bu tarbiyasi og‘ir bolalar. Ijtimoiy psixologiyada 
tarbiyasi qiyin bolalar jinoiy (huquqiy) va oddiy (ahloqiy) qonunbuzarlar 


guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tadqiqotchilar tomonidan bunday bolalar quyidagi 
guruhlarga bo‘lingan: 
1. Balog‘atga yetmagan andishasiz, qaysar o‘smirlar. Bunday o‘smirlar 
shaxsiy qarashi, o‘zgalarga baho berishi ahloq normasiga zid bo‘lgani sababli 
qonunni buzadilar, o‘z qarashlarini maktab, oila va jamoatchilik fikriga qarshi 
qo‘yishga harakat qiladilar. O‘rtoqlarini qo‘rqitish, ruhan azoblash, kattalarning 
izzat-nafsiga tegish orqali rohatlanadilar. Ularda “o‘zini ko‘rsatish” ishtiyoqi 
kuchli bo‘ladi. Bunday ishtiyoqdan pedagoglar unumli foydalanishlari mumkin. 
Masalan, ularni sport to‘garaklariga jalb qilish, tadbirlarda tartibni nazorat qilish 
vazifasini yuklash, ijtimoiy mehnat uchastkalarida mas’uliyatli ishlarni 
topshirish, darsdan tashqari vaqtlarda rahbarlik ishlarini berish orqali tarbiyasi 
qiyin o‘smirlarni sog‘lomlashtirish mumkin. 
2. Beqaror yoki subutsiz, ya’ni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan bolalar 

Download 254.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling