O’rtacha mahsulot - jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir-birligiga to’g’ri keladigan mahsulot miqdori.
So’nggi qo’shбilgan mahsulot - so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o’sgan mahsulot.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi. Mulkni tasarruf etish - molmulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |