Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 Alibek men tomon yurdi. Rangida qoni yo‘q, oppoq oqarib ketgan, g‘azabdan tutilib-tutilib gapirardi. — Ablah! — deb ko‘kragimdan itarib yubordi u. — Alam qilganidan dovon uchun qasd olyapsanmi? O‘ylama, sensiz, qahramonlarsiz ham ishlay olamiz!.. Men indamay turaverdim. Biron narsani tushuntirib beradigan holim yo‘q edi hozir. Jontoyning haddan tashqari surbetlarcha aytgan yolg‘on-yashiq so‘zlaridan shunchalik iztirobga tutpgan edimki, hatto biron og‘iz so‘z aytolmay qoldim. O‘rtoqlarim menga o‘qrayib turishardi. Jontoy bo‘lsa labidagi qonni tumog‘i bilan artib, hamon o‘kirardi. Men mashinaga sakrab chiqdim-da, avtobazadan tashqariga haydab ketdim. Yo‘lda ichib oldim. Ta’bim juda xira edi. O‘zimga nisbatan bo‘lgan qahr-u g‘azabni bartaraf eta olmas va so‘nggi kunlarda bo‘lib o‘tgan hamma qilmishlarimni unuta olmas edim. Asalni eslasam, vijdon azobida yana qiynalardim. Dastlabki yo‘l bo‘yidagi magazinchalardan biriga kirib chiqdim, foydasi bo‘lmadi, so‘ngra yo‘l- yo‘lakay yana bir to‘xtab, to‘la stakanni paqqos urdim. Shundan keyingina sal yengillashdim. Ko‘priklar, yo‘l bo‘yidagi belgilar va qarshidan kelayotgan mashinalargina ko‘z o‘ngimdan lip-lip o‘tib borardi. Ko‘nglim ancha yorishgandek bo‘ldi. «Eh! — deya o‘ylardim o‘zimcha. — Bo‘lganicha bo‘lar. Senga nima yetishmaydi, mashinangni haydab yuribsan, bo‘ldi-da, Xadichaning bu ishlarga nima daxli bor, senga u nima yomonlik qildi, boshqalardan uning qaeri kam? Yoshgina, chiroyli, dilbar ayol ; bo‘lsa. Seni jon-dilidan yaxshi ko‘radi. Sen uchun har narsaga tayyor, sen bo‘lsang, u haqida bo‘lmag‘ur turli xayollarga borib yuribsan. Axir u bilan o‘tkazgan tuning yomon bo‘ldimi. Yaxshilikni bilmagan ahmoq!» Kechqurun uyga qaytib keldim. Kalta po‘stinimni bir kiftimga kiyib olganimcha, eshik oldida gandiraklab turibman: men ba’zan rulni boshqarish oson bo‘lsin uchun o‘ng yengimni yechib olardim. Bu bolaligimdan odat bo‘lib qolgan, bolalar bilan tosh otib, kimo‘zar o‘ynaganimizda ham shunday qilardim... Asal ko‘zi tushishi bilan menga otildi. Ammo qay ahvoldaligimni ko‘rib qo‘rqib, hayron bo‘lib turib qoldi. — Sizga nima bo‘ldi, Ilyos? — So‘ngra gap nimada ekanligini angladi shekilli: — Voy, nega turibsiz? Charchadingizmi, sovqotdingizmi? Qani, yechining! — dedi. Asal yordamlashmoqchi bo‘lib qo‘lini cho‘zdi, biroq churq etmasdan uning qo‘lini o‘zimdan nariga surib qo‘ydim. Nomus qilayotganimni qo‘pollik bilan bekitishga to‘g‘ri keldi. Qoqinib-surilib borarkanman, nimanidir taraqlatib tepib yubordim-da, o‘zimni gurs etib stulga tashladim. — Biror narsa bo‘ldimi, Ilyos? — dedi Asal menga yaqinlashib kelarkan, mast-alast ko‘zlarimga tashvish bilan tikilib. — Nima, sen hali bilmaysami? — deb boshimni quyi soldim; yaxshisi, uning yuziga qaramayin. Men, Asal hozir o‘pkalab, takdirdan noliy boshlaydi, deb kutib turardim. O‘zimni oqlamay, har qancha koyisa ham tinglashga tayyor edim. Ammo u go‘yo uyda yo‘kdek churq etmasdi. Men sekingina ko‘z qirimni tashladim. Asal orqasini o‘girgancha deraza yonida turardi. Garchand uning yuzini ko‘rmayotgan bo‘lsam ham iztirob chekayotganini va ko‘zlarida yosh miltillab turganini sezdim. Unga juda rahmim kelib ketdi, yuragim ezila boshladi. — Bilasanmi, Asal, men senga bir narsani aytmoqchi edim, — deb gap boshladim jur’atsizlik bilan. — Shuni aytmoqchimanki! — nafasim bo‘g‘zimga tiqilib ortiq so‘zlay olmadim. Qilgan gunohimga iqror bo‘lishga yuragim dov bermadi. Yo‘q, u mendan buni hech qachon kutmagan, ayta olmayman. Unga rahmim kelgandi, ammo bekor qilgan ekanman. O‘sha daqiqada o‘zimni-o‘zim yenga olmadim. — Biz, ehtimol, bu yaqin-orada sizlarnikiga, ovulga bora olmasak kerak, — deb gapni boshqa yoqqa burdim. — Keyinchalik vaqt-soati bilan borarmiz... Hozir bundan ko‘ra zarurroq ishlar bor... — Xo‘p, mayli! Keyinroq borarmiz, shoshadigan joyi yo‘q! — dedi Asal va ko‘z yoshlarini artib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling