Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
ol-dimga keldi. — Hozir bu hakda o‘ylamay qo‘ya qoling, Ilyos. Hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. 
Yaxshisi, o‘zingizni o‘ylang. Juda o‘zgarib qoldingiz. Sizni hech tushuna olmay qoldim, Ilyos. 
— Xo‘p, bo‘pti! — deb uning gapini bo‘ldim, yuraksizlik qilib qo‘yganimdan jahlim chiqib. — 
Charchaganman, uyqum kelyapti. 
Men yolg‘on-yashiq so‘zlarni yanada ko‘proq gapirib qo‘ymaslik, oradagi sof sevgi ko‘zgusiga 
dog‘ tushirib qo‘ymaslik uchun tezroq yotib uxlashim kerak edi. Asal ham uni-buni so‘rab boshimni 
qotirib o‘tirmasdi. Men voqeani bir boshdan oqizmay-tomizmay aytib bermoqchi bo‘lib, bir necha bor 
hozirlandimu, biroq oradan vaqt o‘tgan sari iqror bo‘lishdan uzoqlasha bordim. Bilsam, hammasining 
o‘z mavridi — vaqt-soati bor ekan. Kayfim tarqalgach, bo‘lib o‘tgan voqealarni unga endi hech qachon 
ochiqchasiga gapirib bera olmasligimni tushundim. Nega bundayligini o‘zim ham bilmasdim. 
Oradan bir kun o‘tgach, qaytishda dovonning narigi tomonida Alibekni uchratib qoldim. U pritsep 
bilan kelayotgan ekan. Do‘lan ishg‘ol etilgan edi. 
Alibek meni ko‘ra solib, yurib kelayotgan yerida kabinaning o‘ng eshigidan sakrab tushdi-da, qo‘l 
silkiy boshladi. Men tezlikni kamaytirdim. U yo‘lda behad xursand va g‘olibona turardi. 
— Salom, Ilyos! Buyoqqa chiq, chekishamiz! — deb qichqirdi u. 
Men unga yaqinlashib tormoz berdim. Alibekning kabinasida yoshgina yigitcha — ikkinchi 
shofyor o‘tirardi. Mashinaning g‘ildiraklariga zanjirlar o‘rab bog‘langan. Pripeplarda pnevmatik 
tormoz. Buni men darhol payqagan edim. Biroq to‘xtamadim. Menga juda alam qilgan edi. Uddasidan 
chiqibsan — qoyil! Lekin meni tinch qo‘y. 
— To‘xta, to‘xta! — deb Alibek orqamdan yugura boshladi. — Ishim bor, to‘xta, Ilyos! Eh, 
shayton, senga nima bo‘ldi?.. Xo‘p, mayli! o‘zing bilasan... 
Men mashinani tezlatdim. Qichqirma. Bizning bir-birimizda hech qanday ishimiz yo‘q. Mening 
ishim allaqachon rasvo bo‘lgan. Yaxshi qilmadim, eng yaqin do‘stim Alibekdan ajraldim. Axir u haq 
edi, hamma narsada haq edi, buni endi tushunib yetdim. Ammo o‘sha paytda mening qanchalik 
asablarimni buzgan, qanchalik umrimni sarflagan narsaga u alam qilarli darajada juda tez va juda oddiy 
yo‘l bilan erishganligini kechira olmasdim. 
Alibek chuqur mulohazali va jiddiy yigit edi. U hyoch qachon dovonga menga o‘xshab partizanlik 
qilib bormasdi ham. Bunaqangi harakatlar uning tabiatiga yot edi. Uning kuch-quvvati, e’tibori ham 
xuddi mana shunda edi. U mashinani sherik bilan birga haydab to‘g‘ri qildi. Ular mashinani yo‘lda 
navbatma-navbat haydashlari, dovonni yangi kuchlar bilan qo‘lga kiritishlari mumkin edi. Dovonda hal 
etuvchi narsa — motor, iroda va inson qo‘llari. Buning ustiga, Alibek bilan sherigining manzilga borib 
kelishda bekor ketadigan vaqti deyarli ikki marta qisqarar edi. Bularning hammasini u hisobga oldi, 
mashina kompressoridan pritsepga bir vaqtda harakat qila oladigan tormoz o‘rnatdi. U eng oddiy 
narsani — zanjirlarni ham unutmadi, ular bilan oldingi g‘ildiraklarni tang‘ib qo‘ydi. Xullas, u faqat 
«ura» qichqirig‘i bilan emas, balki shay bo‘lib, to‘la qurollangan holda dovonga hujum qildi. Ana shu 
yo‘sinda Do‘landan mashinalar pritseplar bilan o‘tadigan bo‘lib qoldi. 
Alibekdan keyin dovondan boshqalar ham pritseplar bilan yurishga kirisha boshlashdi. Xdmmasi 
emas, albatta, ammo odatdagidek har bir ishda ham asosiy narsa uning boshlanishida-da, axir. Bu 
orada mashinalarning soni ham ortib qolgandi, qo‘shni avtobazadan yordam yuborishgandi. Bir yarim 
hafta davomida kechayu kunduz Tyan-Shan traktida mashinalarning guvillashi tinmadi. Xullas, 
qanchalik og‘ir, qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, biznikilar xitoylik ishchilarning iltimosini 
belgilangan muddatda ado etishdi, ularni uyaltirib qo‘yishmadi. Men ham ko‘pchilik qatori ishladim. 
Bularni, endi hamma ishlar iziga tushib, oradan shuncha yillar o‘tib ketgandan keyingina aytyapman. 
O‘sha qizg‘in kunlarda esa men egarda hali mustahkam o‘tira olmas va hayot otini ham unchalik 
boshqara olmasdim... 
Dovon ortida Alibek bilan uchrashganimizdan so‘ng avtobazaga kelganimda, kech kirib qolgan 
edi. Yotoqxonaga qarab yo‘l oldim, ammo yo‘l-yo‘lakay markaziy ko‘cha tomon burildim. Yana 
choyxonaga. O‘sha kunlarda mening hushdan ketguncha ichib, o‘lgudek mast bo‘lgim, loaqal bir lahza 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling