Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 bo‘lsa ham hamma-hammasini unutib, toshdek qotib uxlagim kelardi. Men o‘zimni zo‘rlab bo‘lsa ham juda ko‘p ichdim, ammo aroq menga deyarli ta’sir etmadi. Men choyxonadan battar xafa bo‘lib, g‘azabim qaynab chiqdim. Tun yarmida shaharchada daydib yurdim va nima qilayotganimni o‘ylab- po‘ykab o‘tirmasdan Beregovaya ko‘chasiga, Xadichaning uyiga qarab qayrildim. U ham meni kutib o‘tirgan ekan. Keyin ham ahvol ana shunday davom etaverdi. Men ikki olov o‘rtasida qolgandim. Kunduzlari ishda, avtobazada qolgan kechalarim esa darrov Xadichanikiga yugurib qolardim. Oyog‘im unikiga tortib turardi, u bilan o‘zimni xotirjam va erkinroq his qilardim. U yerda go‘yo o‘zimdan, odamlardan va haqiqatdan yashiringandek bo‘lardim. Nazarimda yolg‘iz Xadichagina meni tushunadigandek va sevadigandek tuyulardi. Uyimga kelganimda esa iloji boricha tezroq jo‘nab qolishga harakat qilardim. Asal, aziz Asalginam! Agar u o‘zining oqko‘ngilliligi va sofdilligi bilan meni uydan tobora uzoqlashtirayotganini bilsa edi. U shu fazilatlari bilan meni tezroq ketish uchun bahona topishga majbur qilardi, chunki unga munosib emasligimni, men uchun u qilgan barcha narsalarga o‘zimning sazovor emasligimni ko‘ra-bila turib bu yerda ortiq tura olmasdim. Men uyga bir necha bor mast bo‘lib keldim. Ammo u biror marta ham ta’na qilmasdi. Hali-haligacha uning menga nisbatan shunday munosabatda bo‘lganini tushuna olmayman: bo‘shligi, irodasizligidanmi yoki aksincha, o‘ta bardoshliligi va insonga nisbatan ishonchi tufaylimi? Ha, u albatta mening o‘zimni qo‘lga olishimni, muvaffaqiyatsizliklar ustidan g‘olib kelishimni va yana avvalgi holimga qaytishimni kutar, bunga ishonar edi. Ammo undan ko‘ra meni koyigani, bor haqiqatni vijdonan aytib berishga majbur etgani yaxshiroq edi. Ehtimol, Asal mening yuragimni o‘rtab tirnayotgan narsalar faqat ishdagi ko‘ngilsizliklargina emasligini bilganida, mendan javob talab qilgan bo‘larmidi?.. U shu kecha- kunduzda mening hayotimda nimalar sodir bo‘layotganini tasavvur eta olmasdi. Men esa unga juda achinardim, yurak sirlarimni ochishni doim galga solardim. Natijada, shu taxlitda ish ko‘rib, uning oldida, muhabbatimiz oldida, oilamiz oldida bajarishim lozim bo‘lgan burchimni ado etishga ulgura olmay qoldim. So‘nggi marta uchrashuvimizda Asal meni quvonch bilan, shavq-zavq bilan kutib oldi. Yuzlari gulgun ochilib, ko‘zlari tabassumdan porlar edi. U kalta po‘stinim va etigimni yechirmasdanoq to‘g‘ri ichkariga sudradi. — Buni qarang, Ilyos! Samad endi tippa-tik turyapti! — Rostdanmi? Qani u? — Huv ana — stol tagida! — Polda emaklab yuribdi-ku! — Mana hozir ko‘rasiz! Qani, o‘g‘lim, qanday turishingni dadangga bir ko‘rsatib qo‘y! Qani tur, tura qol, Samad! Samad undan nima istayotganliklarini tushungandek bo‘ldi. U stol ostidan quvonib emaklab chiqdi-da, karavot yonida to‘xtadi, uni ushlab, zo‘rg‘a tikka turdi. U jilmayib, nozik oyoqlarida bir oz kalovlanib turdida, keyin o‘shanday jilmayganicha «gup» etib polga o‘tirib qoldi. Chopib borib, uni quchoqlab oldim-da, badanidan yoqimli sut hidi anqib turgan go‘dakni bag‘rimga bosdim. Xuddi Asal kabi naqadar qadrdon va aziz edi bu hid. — Sekinroq, Ilyos, nafasi qaytib ketadi! — deb Asal quchog‘imdan Samadni tortib oldi. — Xo‘sh, endi nima deysiz? Qani, endi yechining. U tez kunda kattakon bo‘lib qoladi, shunda oyisi ham ishga boradi. Hammasi o‘rniga tushadi, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, shundaymasmi, o‘g‘ilcham? Siz-chi, — deb Asal kulimsirab, ma’yus ko‘zlari bilan menga boqdi. Men stulga o‘tirdim. U o‘zining mana shu bir og‘iz so‘zi bilan so‘nggi kunlar ichi aytmoqchi bo‘lib yurgan, lekin aytolmay yuragida saqlab kelayotgan barcha gaplarini bayon etganini payqadim. Bu so‘zlarda iltijo ham, ta’na ham, umid ham mujassamlashgan edi. Men o‘sha ondayoq unga bor gapni so‘zlab berishim yoki tezroq bu yerdan chiqib ketishim zarur edi. Yaxshisi, keta qolay. U behad baxtiyor edi va hech narsadan shubhalanmasdi. Men o‘rnimdan turdim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling