Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Men keyin qor uyumlaridan yurib, daryodan hatlab o‘tib - o‘rmonda paydo bo‘lardim. Tunda 
o‘rmon daraxtlar uchun juda vahimali, axir. Ular yolg‘iz, bir so‘z aytadigan jonzoti ham yo‘q. Sovukda 
yalang‘och daraxtlar muzlaydi, ularga bosh suqadigan joy qayda. Men esa o‘rmonga borib, ularga 
aytarlik vahimali bo‘lmaslik uchun har bir daraxtning tanasiga qo‘lim bilan urib-urib qo‘yardim, 
Ko‘klam ko‘karmay qoladigan daraxtlar - bu o‘sha, qo‘rqinchdan qotib qolgan daraxtlar bo‘lsa kerak. 
Keyin biz bu qurib qolgan daraxtlarni o‘tinga kesamiz. 
Bobom menga ertak aytayotganda men mana shularning hammasi haqida o‘ylayman. U uzoq 
hikoya qiladi. Ular har xil - kulgililari ham bor, ayniqsa, ochko‘z bo‘ri sho‘ri qurib yutib yuborgan 
Chipalak otli jimjiloqday bola haqidagisi kulgili. Yo‘q, avval uni tuya yutib yuboradi. Chipalak barg-
xazonlarning ostida uxlab qoladi, tuya esa shu atrofda tentirab yurgan bo‘ladi, «hap» etkizib barg-
marglarga qo‘shib yutib yuboradi. Shuning uchun ham aytishadi-da: tuya nima yutganini bilmaydi deb. 
Chipalak chinqirib, odamlarni yordamga chaqiradi. Keksalar o‘zlarining Chipalaklariga yordam berish 
uchun tuyani so‘yishga majbur bo‘lishadi. Bo‘ri bilan ham shunga o‘xshagan voqea sodir bo‘ladi. U 
ham o‘zining ovsarligi tufayli Chipalakni yutib yuboradi. Oxirida bo‘zlab yig‘laydi. Bo‘ri Chipalakka 
duch kelib qoladi. «Oyog‘im ostida o‘ralashgan qanaqa pashsha? Seni bir yamlab yutib yuboraman». 
Chipalak esa deydi: 
- Tega ko‘rma menga, bo‘ri, aks holda, kuchukka aylantirib qo‘yaman. 
- Ha-ha, - xaxolaydi bo‘ri, - bo‘rining kuchuk bo‘lib qolganini kim ko‘ribdi. Shu dag‘alliging 
uchun men seni yeyman. Shunday debdi-da, uni yutib yuboribdi. Yutibdi-yu, esidan ham chiqarib 
yuboribdi. Lekin shu kundan boshlab bo‘rilik rizq-ro‘zidan ayrilibdi. Bo‘ri pisib qo‘ylarga endi yetdim 
deganda, Chipalak uning qornida turib qichqirarkan: «Ey, cho‘ponlar, uxlamanglar! Bu men, qo‘ng‘ir 
bo‘riman, qo‘ylaringni bo‘g‘izlagani pusib kelyapman!» Bo‘ri nima qilarini bilmaydi. O‘zining 
biqinini tishlaydi, yerga dumalaydi. Chipalak esa hech jim bo‘lmabdi. «Ey, cho‘ponlar, chopinglar bu 
yoqqa, uringlar meni, do‘pposlanglar». Cho‘ponlar tayoq ko‘tarib bo‘riga tashlanishibdi, bo‘ri 
qochibdi. Cho‘ponlar hayratga tushib quvisharmish. Bo‘ri aqldan ozibdi, o‘zi qochadi-da, tag‘in o‘zi 
qichqiradi, deb hayron bo‘lisharmish. Bo‘ri esa qichqirarmish: «Meni quvib yetinglar, og‘alar, 
uringlar, rahmingiz kelmasin!» Cho‘ponlar kulgidan yiqilib qolisharmish, bo‘ri esa arang qochib 
qutilarmish, Lekin bu bilan uning holi yengillashmabdi. Qayoqqa tumshuq suqmasin, Chipalak unga 
pand beraveribdi. Hamma joyda uni quvishaveribdi, hamma joyda undan kulishaveribdi. Bo‘ri 
ochlikdan ozib ketibdi, terisi bilan suyagigina qolibdi. Tishlarini shaqirlatib ulibdi: «Bu qanaqa jazo 
bo‘ldi menga? Nega men o‘z boshimga o‘zim baloni sotib oldim? Qariganda jinni bo‘ldim, esimni yeb 
qo‘ydim». Chipalak esa uning qulog‘iga shivirlabdi: «Toshmatga chop, uning qo‘ylari semiz! 
Boymatga chop, uning itlari kar. Ermatga chop, uning cho‘ponlari uxlab yotibdi». Bo‘ri esa o‘tirib olib 
hiqillarmish: «Hech qayoqqa bormayman, yaxshisi, bitta-yarimtaga kuchuk bo‘lib yollanaman...» 
Kulgili ertak-a, dada, to‘g‘rimi? Bobomning boshqa ertaklari ham bor - mungli, dahshatli, qayg‘uli. 
Lekin mening eng sevimli ertagim Shoxdor ona bug‘u haqidagi ertak. Bobom, Issiqko‘lda yashagan 
har bir kishi bu ertakni bilishi kerak, deydi. Bilmaslik gunoh. Balki, siz bilarsiz buni, dada? 
Bobomning aytishicha, buning hammasi rost, bo‘lgan ish, deydi. Qachonlardir shunday bo‘lgan ekan. 
Biz hammamiz Shoxdor ona bug‘uning bolalari ekanmiz. Men ham, siz ham, boshqalar ham... 
Qishda biz mana shunday yashaymiz. Qish uzoq cho‘ziladi. Bobomning ertaklari bo‘lmasa, qishda 
men juda zerikib qolardim. 
Bahorda biz tomonlar yaxshi bo‘ladi. Kunlar isib ketgach, yana toqqa cho‘ponlar kelishadi. 
O‘shanda biz tog‘da yana ko‘payishib qolamiz. Faqat daryoning u tomonida - bizdan narida hech kim 
yo‘q. U yoqda faqat o‘rmon va o‘rmondagi narsalar bor, xolos. U yoqqa hech kim oyoq bosmasin, 
hech kim bironta novdaga tegmasin, deb biz qorovulxonada yashaymizda. Biz tomonga hatto olimlar 
kelishgandi. Shim kiygan ikkita ayol, chol va bir yoshgina yigit. Bu yigit ularning shogirdi. Rosa bir oy 
yashashdi. O‘t, yaproq va novda yig‘ishdi. Ular aytishdiki, bizning San-Toshdagiga o‘xshagan 
o‘rmonlar yer yuzida juda oz qolibdi. Deyarli yo‘q emish. Shuning uchun ham o‘rmonimizdagi har 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling