Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
bitta daraxtni asrash kerak. 
Men esa bobom har bitta daraxtni shunchaki ehtiyot qiladi deb o‘ylardim. Bobom, O‘razqul amaki 
qarag‘aylarni yog‘och o‘rnida birovga bersa juda yomon ko‘rardi... 
 
UChINCHI BOB 
 
Oq kema uzoqlashib ketdi. Uning trubasini durbinda ham ko‘rish mumkin bo‘lmay qoldi. Hademay 
u ko‘zdan yo‘qoladi. Endi bolaga otasining kemada suzishi haqidagi o‘ylariga nuqta qo‘yish payti 
keldi. Hammasi yaxshi boshlangan edi, mana, oxiri uncha xush kelmadi. U baliqqa aylanib, daryodan 
ko‘lga suzishni, oq kemaning unga qanday duch kelishini, otasi bilan qanday uchrashishini osongina 
tasavvur qilardi. Otasiga nimalar haqida so‘zlab berishni ham bilardi. Biroq ishning oxiri yurishmadi. 
Chunki qirg‘oq ham deyarli ko‘rinib qoldi. Kema pristan tomon yo‘l oldi. Matroslar qirg‘oqqa 
tushishga hozirlana boshlashdi. Ular uy-uyiga ketishadi. Otasi ham uyiga jo‘nashi kerak. Pristanda uni 
xotini va ikki bolasi kutmokda. Endi nima qilsin?- Otasi bilan boraversinmi? U o‘zi bilan birga olib 
ketarmikan? Mabodo olib ketadigan bo‘lsa, xotini: «Kim bu, qaerdan kelgan, nima keragi bor?» deb 
qolsa-chi. Yo‘q, yaxshisi bormagani ma’qul... 
Oq kema ko‘zga elas-elas ilashuvchi bir nuqtaga aylanib, tobora uzoqlashib boradi. Quyosh
suvga bosh qo‘ydi. Ko‘l yuzasidagi ko‘zni qamashtiruvchi olovli binafsha rang yog‘du durbindan 
ko‘rinib turardi. 
Kema ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Shunday qilib, oq kema haqidagi ertak ham tugadi. Uyga jo‘nash 
kerak. 
Bola portfelini yerdan oldi, durbinni qo‘ltig‘iga qisdi. Qirdan tezgina, ilon izi so‘qmoqdan qiyalab 
chopib tushib ketdi. Uyga yaqinlashgan sari yuragi po‘killay boshladi. Buzoq yamlab qo‘ygan ko‘ylak 
uchun endi javob berish kerak. Jazodan bo‘lak hech nima xayoliga kelmasdi. Ruhan butunlay tushib 
ketmaslik uchun bola portfelga murojaat qildi: 
«Sen qo‘rqma. Xo‘sh, bizni koyishadi. Axir men atay qilganim yo‘q-ku. Men, to‘g‘risi, buzoqcha 
bo‘shalib ketganini bilmabman. Xo‘sh, meni savashar ham. Chidayman. Agar seni polga qarab 
uloqtirishsa, cho‘chima. Axir sen portfelsan-ku, sinib qolmaysan. Agar kampirning qo‘liga durbin 
tushsa bormi, omon qolmaydi. Biz avval durbinni molxonaga berkitib qo‘yamiz-da, keyin uyga 
boramiz...» 
U shunday qildi ham. Lekin ostonadan hatlab o‘tishga yuragi dov bermasdi. 
Ammo uyda vahimali sukunat hukmron edi. Hovli shunday jimjit, kimsasiz ediki, egasi ko‘chib 
ketgandek huvillab yotardi. Ma’lum bo‘lishicha, Bekey xolani eri yana do‘pposlabdi. Mo‘min bobo 
yana qizining kaltaklanganligi, sochlari to‘zg‘ib faryod chekayotganligi ustidan chiqibdi va yana bu 
sharmandagarchilikning oldini olish uchun jinniligi tutgan kuyovini tinchitishga, uning mushtiga 
yopishib, yalinib-yolvorishga kirishibdi. Buning ustiga otasi turibdi demay, uning ko‘zi oldida, qizini 
eng tuban so‘zlar bilan haqorat qilibdi. Uni bepusht mochag‘ar, yaramas qisir eshak va yana maza-
bemaza so‘zlar bilan so‘kibdi. Qizining yovvoyi va telbalarga xos ovoz bilan: «Xudo meni befarzand 
qilib yaratgan bo‘lsa, mening gunohim nima? Bu dunyoda qo‘yday tug‘ib yotgan ayollar ozmi, faqat 
meni xudoyim farzanddan qisgan. Nega? Nima uchun meiing taqdirim shunday? Bundan ko‘ra o‘ldir 
meni, yirtqich. Mana, ur, ur ..», - degan hayqirig‘ini ham eshitgan. 
Mo‘min chol burchakda g‘ujanak bo‘lib o‘tirgancha, hamon entikib-entikib nafas olar, tizzasi 
ustiga tashlangan qo‘llari iztirob va alamdan titrardi. Yuzlari dokaday oqarib ketgan edi. 
Mo‘min nabirasiga qaradi-yu, so‘z qotmadi, yana horg‘in ko‘zlarini yumdi. Buvisi uyda yo‘q 
edi. U Bekey xolani eri bilan yarashtirib qo‘ygani, ularnikida tinchlik o‘rnatgani, singan idish-
tovoqlarni yig‘ishtirgani ketgandi. Buvisining shunaqa fe’li bor: O‘razqul xotinini savalayotganda 
oraga tushmaydi, cholni ham qaytaradi. Janjaldan keyin esa yarashtirgani boradi. Shunisiga ham 
rahmat. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling