Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
68 loy va tuproqqa belanib, ayanchli holda yotgan cholning yuziga ko‘zi tushib, seskanib ketdi. Bola shu daqiqada haligina O‘razqul bolta bilan maydalab tashlagan oq bug‘uning kallasini xayolidan o‘tkazdi va qo‘rquvdan o‘zini chetga tortdi. Bobosidan nari ketar ekan, dedi: - Men baliqqa aylanaman, eshityapsizmi, bobo, suzib ketyapman. Qulibek kelganda baliqqa aylanib qolganimni ayting. Chol hech qanday javob qaytarmadi. Bola yurishda davom etdi. Daryoga tushib, suv kecha boshladi. Bolaning suvda baliq bo‘lib suzib yurganidan hali hech kimning xabari yo‘q edi. Hovlida mast kishilarning kuylagan qo‘shiqlari eshitilardi: O‘rkach-o‘rkach totardan, O‘rkach tuyada men keldim. Och eshiging, bukri savdogar, Biz ichamiz, o‘tkir vinodan... Sen suzib ketding. Qulibekning kelishini kutib turmading. Afsus, ming afsuski, Qulibekning kelishini kutib turmading. Nega sen yo‘ldan chopib bora qolmading. Agar yo‘ldan uzoq muddat chopib borganingdami, albatta uni uchratarding. Qulibekning mashina-sini uzokdan tanigan bo‘larding. Qo‘lingni ko‘targaningda u shu zahotiyoq mashinasini to‘xtatgan bo‘lardi. - Sen qayoqqa ketyapsan? - deb so‘rardi. - Men sizni izlab ketayotgan edim! - deb javob bergan bo‘larding. U shunda seni mashinasi kabinasiga olgan bo‘lardi. Ikkaloving birga ketgan bo‘lardilaring. Oldinda, yo‘lda esa hech kimga ko‘rinmasdan Shoxdor ona bug‘u yelday uchib borardi. Biroq sen uni ko‘ra olgan bo‘larding. Ammo sen suvda suzib ketding. * * * Sen bu qo‘shiqni eshitmading. Sen o‘z ertagingdagi baliq kabi suzarding, bo‘talog‘im. Bilasanmi, sen hech qachon baliqqa aylanib qololmaysan va Issiqko‘lgacha suzib borolmaysan, oq kemani ham ko‘rolmaysan va unga: «Salom, oq kema, bu men!» - deb aytolmaysan. Sen oqib ketding. Endi shuni aytishim kerakki, sening go‘dak qalbing nimani noxush ko‘rgan bo‘lsa, hammasini rad etding. Mening ovunchim ham, quvonchim ham shunda-da. Sen bir chaqnab so‘ngan yashin kabi hayot kechirding. Chaqmoqlarni samo chaqadi. Samo esa abadiydir. Mening ovunchim ham, quvonchim ham shunda-da. Insondagi go‘daklik vijdoni xuddi urug‘dagi ilk kurtakning o‘zginasi, kurtaksiz urug‘ unib chiqmaydi. Biz olamga kelmasdan ilgariyoq, toki tug‘ilish va o‘lish bor ekan, haqiqat tantana qilib kelmoqda. Bo‘talog‘im, sen bilan vidolashar ekanman, sening so‘zingni yana bir bor takrorlayman: «Salom, oq kema, bu men!» Download 363.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling