Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
majbur etolmasdi. Juda yomon tush ko‘rib, uni allaqanday dahshatli bir kuch tutib turganday edi, u o‘z 
joyida turganicha shu narsaga ajablanar ediki, kiprik qoqmay baqrayib turgan Shoxdor ona bug‘uning 
ko‘zlari boltadan o‘zini olib qochmasdi. Qo‘rquvdan qisilib yumilmasdi. Kalla allaqachon loy va 
tuproqqa belangan bo‘lsa ham, ko‘z qorachig‘i musaffoligicha boqib turar-di, aftidan, u o‘zini o‘limga 
mahkum etgan shu yorug‘ jahonga tilsiz, unsiz hayratda qolib, hamon boqib turgandek edi. Bola mast-
alast O‘razqul bilan ko‘zi-ko‘ziga tushib qolishdan cho‘chirdi. 
Shox hamon bo‘sh kelmasdi. O‘razqul esa borgan sari tutaqib, boltaning goh tig‘i bilan, goh orqasi 
bilan kallaning duch kelgan joyiga urardi. 
- Bunaqada shoxni sindirib qo‘yasan. Bu yoqqa ber, - yaqinlashdi Seydahmad. 
- Nari tur! O‘zim! Qo‘lingdan kelmaydi, sindirib qo‘yasan! - xirillab nafas olardi O‘razqul boltani 
qulochkashlab urarkan. 
- Xo‘p, xo‘p, o‘zing bilasan, - Seydahmad tupurgancha uyi tomon odimlab ketdi. Uning
orqasidan haligi qoradan kelgan barvasta kishi borardi. U qopda o‘z ulushini olib ketayotgan edi. 
O‘razqul molxona orqasida mast-alast holda, qaysarlik bilan Shoxdor ona bug‘uning kallasini 
tilkalashda davom etardi. Uning bu holati uzoq kutilgan qasosini endi bajo keltirgandek tuyulardi. 
- Eh, yaramas! La’nati!.. - deb xuddi jonsiz kalla eshitayotganday etigining tovoni bilan uni tepib 
jahl ustida og‘iz ko‘pirtirgancha so‘kinardi. - Kimni ahmoq qilmoqchisan! - U boltani ushlagancha 
kallaning tepasiga qayta-qayta xezlanib kelardi. - Dabdala qilmasam otimni boshqa qo‘yaman. Mana 
senga! Mana senga! - Shunday deb bolta bilan kallani urdi. Kalla chirsillab yorilib, mayda suyaklar har 
tomonga uchib ketardi. 
Boltaning tig‘i ko‘zga ko‘ndalang kelib tekkanda bola qichqirib yubordi. Ochilib qolgan ko‘z 
chanog‘idan qop-qora quyuq suyuqlik oqib tushdi. Ko‘z so‘ndi, barbod etildi... 
- Men bundan zo‘rroq kallalarni ham maydalay olaman! Bundan boshqa shoxlarni ham sug‘urib 
ola bilaman! - deb jazavasi tutib bo‘kirardi O‘razqul gunohsiz kalladan nafratlangancha. 
Nihoyat bu kallaning peshona suyaklarini ham maydalashga muvaffaq bo‘ldi. U endi boltani 
tashlab kallani oyog‘i ostiga olib, shoxdan ikki qo‘llab ushlagan-cha vahshiyona kuch bilan buray 
boshladi va shoxlarni yulib oldi. Ular sug‘urib olingan ildiz singari qarsillardi. Bu shoxlar - bolaning 
iltimosiga ko‘ra, O‘razqul bilan Bekey xolaga sehrli beshik keltirishi lozim bo‘lgan o‘sha Shoxdor ona 
bug‘uning shoxlari edi... 
Bolaning ko‘ngli behuzur bo‘ldi. U burildi va qo‘lidagi buyrakni tushirib yuborib, sekingina nari 
ketdi. U qulab tushayotgandek yoki bo‘lmasa odamlar ko‘zi oldida qayt qilib yuborayotgandek juda 
qo‘rqdi. U oqarib-gezarib manglaylari yopishqoq terga botgancha o‘choq yonidan o‘tib borardi. 
O‘choqda lovullab o‘t yonib, qozondan burqirab qaynoq bug‘ ko‘tarilardi. Baxtsiz Mo‘min bobo bo‘lsa 
hamon avvalgidek yuzini o‘tga tutib, hammasiga chap berib o‘tirardi. Bola bobosini bezovta qilgisi 
kelmadi. O‘ tezroq o‘ringa yetib borishni va to‘shakka boshi bilan burkanib yotishni istardi. Qani endi 
hech narsani ko‘rmasa, eshitmasa, unutsa. 
Qarshisidan Bekey xola chiqib qoldi. U o‘ziga oro berib yasangan, biroq yuzida O‘razqulning 
kaltaklashi natijasida hosil bo‘lgan ko‘m-ko‘k qontalash izlar ko‘zga tashlanib turardi. Bemavrid 
quvonib, jonsaraklik bilan «katta go‘shtga» yugurib kelayotgan edi. 
- Senga nima bo‘ldi? - U bolani to‘xtatdi. 
- Boshim og‘riyapti. 
- Boshginangdan aylanay, - dedi mehri toshib va ustma-ust o‘pa boshladi. 
U ham mast edi. Undan ham la’nati aroq hidi anqib kelardi. 
- Boshginasi og‘ribdi-da, - . ming‘irladi u rahmdillik qilib. - Jigargo‘sham mening. Balki 
ovqatlanging kelayotgandir. 
- Yo‘q, hech narsa yemayman. Yotgim kelyapti. 
- Ketdik bo‘lmasa, o‘zim yotqizib qo‘yaman. Nima, sen yakka-yu yolg‘iz yotaverar ekansanmi. 
Axir hamma odam biznikida. Mehmonlar ham. Go‘sht ham tayyor bo‘lay deb qoldi, - dedi u va bolani 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling