Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 katta ziyofat. Qozon ham moy, cho‘mich ham moy! Tura qol, - Seydahmad mastlarga xos qo‘pollik bilan bolani kiyinishga majbur etdi. - Men o‘zim, - deb e’tiroz bildirdi boshi aylanayotganini his etayotgan bola. Biroq shirakayf Seydahmad uning so‘ziga quloq solmadi. Modomiki, bola yolg‘iz uyga tashlab qo‘yilgan ekan. Seydahmad o‘zining unga qilayotgan yaxshiligidan juda mamnun edi, ayniqsa, butun shunday kunki, tovoq ham moy, qoshiq ham... Gandiraklab bola ham Seydahmad bilan birga uydan chiqdi. Tashqari shamol, havo bulut. Bulutlar osmonda tez-tez bir-biriga qo‘shilishib ketdi. Bola ayvondan chiqquncha havo ikki bor keskin o‘zgardi. Charaqlab turgan quyoshli havoni ko‘ngilni g‘ash qiluvchi qorong‘ilik bosdi. Bola bundan boshi og‘riyotganini sezdi. Shamol yuziga gulxanning tutunini olib kelib urardi. Ko‘zlari achishdi. «Bugun kir yuvishayotgan bo‘lsa kerak», - o‘yladi bola, chunki kir yuvish kunlarida odatda shunday gulxan yoqilib, uchala uydagi katta qora qozonlarda suv isitilardi. Bunday qozonlarni bir kishi ko‘tara olmaydi. Bekey xola bilan Guljamol ikkovlashib ko‘tarishardi bu qozonlarni. Bola bunday kir yuviladigan kunni yaxshi ko‘rardi. Birinchidan, bunday kunlarda gulxan uydagi singari o‘choqlarda emas, balki ochiq o‘choqlarda yoqilib, uning atrofida o‘ynash mumkin edi. Ikkinchidan, yuvilgan kiyimlarni ilish juda gashtli bo‘lardi. Oq, ko‘k, qizil matolarning arqonda osilib turishi hovliga zeb berib turardi. Bola arqonda osilib yotgan kiyimlarga bildirmasdan sekingina kelib yuzlarini tekkizib o‘tishni yaxshi ko‘rardi. Bu gal hovlida hech qanday yuvilgan buyumlar ko‘rinmadi. Ammo katta go‘sht bo‘laklari bilan liq to‘ldirilgan qozon ostiga kuchli o‘t yoqilgan bo‘lib, qaynayotgan qozondan quyuq bug‘ ko‘tarilardi. Go‘sht pishib qolgan edi: go‘shtning dami va gulxanning isi birga qo‘shilishib, ishtahani qitiqlardi. Bekey xola bo‘lsa, yangi qizil ko‘ylak, yangi xrom etikda gulli shol ro‘molni yelkasiga tashlab olgancha qozonga engashib, cho‘mich bilan ko‘piklarni olib tashlayotgan edi, Mo‘min bobo esa uning yonida cho‘kka tushgan holda o‘chokdagi yonayotgan tarashalarni ag‘darib qo‘yardi. - Ana, bobong, - dedi Seydahmad bolaga. - Ketdik. O‘zi bo‘lsa: - Sariq-sariq tog‘lardan, - Sariq otda men keldim, - deb endigina xirgoyi qila boshlagan edi, sochi ustarada taqir olingan, yenglari shimarilgan va qo‘lida bolta ushlagancha saroydan chiqib ketayotgan O‘razqulga ko‘zi tushdi. - Sen qayoqda tentirab yuribsan? - dahshatli qichqirdi u Seydahmadga qarab. - Mehmon bu yerda o‘tin yorsin, - u bosh irg‘ab o‘tin yorayotgan shofyorni ko‘rsatdi, - sen bo‘lsang qo‘shiq aytib yur. - E, hozir ana-mana deguncha, boplaymiz, - tinchlantirdi uni Seydahmad, shofyorga qarab yo‘nalar ekan. - Qani, uka, men o‘zim. Bola esa o‘choq boshida cho‘kka tushib o‘tirgan bobosi tomon yaqinlashdi. U orqa tomondan kelgan edi. . - Bobo, - dedi u. Bobosi uni eshitmadi. - Bobo, - deb takrorladi bola va bobosining yelkasiga qo‘lini tegizdi. Chol o‘girilib qaradi, bola bobosi mast ekanliginy sezmadi. U bobosining loaqal biron marta shirakayf bo‘lganini ko‘rmagan edi. To‘g‘ri, issiqko‘llik biror cholning ma’rakasida hammasi - hatto ayollarga ham ichirishardi. Biroq bobosida bunday odat hali sodir bo‘lmagan edi. Chol bolaga qandaydir begonaday, g‘ayritabiiy va yovvoyi qarash qildi. Uning yuzlari qizarib ketgandi, u nabirasini ko‘rib yana ham qizarib ketdi. Qizillik nim pushti rangta kirdi va shu zahotiyoq boboning yuzlari oqara boshladi. Chol shoshilib o‘rnidan turdi. - Ie, senmi? - dedi u bo‘g‘iq ovoz bilan nabirasini bag‘riga bosib. - Ie, senmi, - bundan boshqa biron so‘z ayta olmadi. Undagi to‘lqinlanish bolaga o‘tgan edi. - Tobingiz qochdimi, bobo? - tashvishlanib so‘ra-di bola. - Yo‘q-yo‘q. O‘zim shunday, - ming‘illadi Mo‘min. - Sen bor, o‘ynab kel. Men bu yerda o‘t |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling