Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 qotib qolishdi. Mashina guvillab hayqirardi. Bug‘ular bezovtalanib ketishga chog‘landi. Lekin mashina birdan to‘xtab qoldi, guvullash ham bosildi. Jonivorlar sekinladi. Harholda ular sekin-sekin joylaridan qo‘zg‘alaverdi - odamlar narigi qirg‘oqda baqirishib gaplashishar va shoshilinch ravishda harakat qilishardi. Bug‘ular mayda toshloqdagi so‘qmoqchadan sekingina jo‘nashdi, ularning yelkalari, shoxlari va harakatlari ham butalar orasidan ko‘rinib turardi. Odamlar shunda ham ularni payqashmadi. Faqatgina bug‘ular ochiq yalanglikdagi sel yuvib ketgan quruq qumni kesib o‘tayotganida, binafsha rang qum ustida, oftobning ravshan nurida, odamlar ularni ko‘rib turli holatda og‘iz ochgancha angrayib qolishdi. - Qara, qara, nima u! - birinchi bo‘lib qichqirdi Seydahmad. - Bug‘ular! Qayoqdan kelib qoldi bu yerga? - Nega qichqirasan, nega to‘polon ko‘tarasan? Qanaqasiga senga bug‘u bo‘ladi, kiyikku ular. Biz ularni kecha ham ko‘rgan edik, - beparvo gapirdi O‘razqul. - Qayoqdan keldi emish. Keldida, keladigan bo‘lib qoldi. - Bay, bay, bay! - zavqlanib ketdi Ko‘katoy va zavqidan tomog‘ini bo‘g‘ib turgan ko‘ylak yoqasining tugmalariny bo‘shatdi. - Silliqligini qarang-a, - dedi u maftun bo‘lib, - semiribdi... - Urg‘ochisini qarang, qanaqa! Qadam tashlashini ko‘ring, - dedi shofyor ko‘zlarini chaqchaytirib. - Voh xudo, ikki yoshli urg‘ochi bolasi. Birinchi marta ko‘rishim. - Erkagi-chi! Shoxlarini ko‘r! Qanday ko‘tarib yurganikin? Ular hech nimadan qo‘rqishmaydi. Qayokdan kelib qoldi bular, O‘razqul? - To‘ng‘iz ko‘zlarini chaqnatib, nafs balosida surishtirishga tushdi Ko‘ka-toy. - O‘rmondan chog‘i, - javob qildi O‘razqul viqor bilan, egalik obro‘sini his qilgan holda. - Dovonning orqasidan kelgan, narigi tomondan. Cho‘chimaydi. Chunki hurkitilmagan. - Eh, miltiq bo‘lgandami hozir! - og‘ziga kelganini gapirdi Seydahmad. - O‘n pud go‘sht qilarmi- di, a? Shu damgacha qo‘rqib-pisib bir chekkada turgan Mo‘minning sabri chidamadi: - Nima deyapsan, Seydahmad. Ularni ovlash taqiqlangan, - dedi sekingina. O‘razqul qosh-qovog‘ini uyib, cholga ko‘z qirini tashlab qo‘ydi. «Mening oldimda ovozingni chiqaryapsan-mi!» - nafrat bilan xayoldan o‘tkazdi u. Uni so‘kkisi va bir urib o‘ldirib qo‘ya qolgisi keldi, lekin o‘zini tiydi. Harholda begona odamlar bor. - Befoyda o‘rgatishning keragy yo‘q, - jaxd bilan so‘z qotdi u Mo‘minga qaramay. - Ular yashaydigan joyda ovlash taqiqlangan. Bizda esa ular yashamaydi. Biz bo‘lsak ular uchun javob bermaymiz. Tushunarli-mi? - U o‘zini yo‘qotib qo‘ygan cholga vajohat bilan qaradi. - Tushunarli, - itoatkorona javob qildi Mo‘min va bosh eggancha chetga chikdi. Kampir yana yashirincha uning qo‘liga turtdi. - Jim bo‘lsang-chi, - ta’na bilan shivirladi u. Hamma qandaydir xijolatda qolganday yerga qarab turardi. Yana so‘qmoq orqali jo‘nab ketayotgan jonivorlar orqasidan kuzatishga tushishdi. Bug‘ular qoyaga ketma-ket ko‘tarilib borardi. Oldinda qo‘ng‘ir erkak bug‘u o‘zining qudratli shoxlarini mag‘rur tutib borar, uning orqasidan shoxsiz bug‘ucha va bu namoyishga ergashib Shoxdor ona bug‘u borardi. Qirdan siljib tutpgan tuproqning tiniq qo‘ynida bug‘ular ravshan va latif ko‘zga tashlanardi. Ularning har bir harakati, har bir qadami yaqqol ko‘rinib turardi. - Eh, qanday go‘zallik! - shodligini ichiga sig‘dira olmadi shofyor. Bu soqqako‘z yosh yigit ko‘rinishdan juda yosh edi. - Afsus, fotoapparatni olvolganimda zo‘r ish bo‘lardi-ya. - Xo‘p, mayli, go‘zalligini qo‘ya tur, - uning so‘zini bo‘ldi norozilik bilan O‘razqul. - Hech narsaga arzimaydi. Go‘zallikka qorning to‘yarmidi. Qani, bo‘l, mashinani orqasi bilan qirg‘oqqa hayda, to‘g‘ri suvga, yoni bilan albatta. Sen esa Seydahmad, oyog‘ingni yech, - o‘z hukmidan ichida lazzatlanardi u. - Sen ham, - shofyorga buyruq qildi u. - Bo‘linglar, yog‘ochni trosga bog‘langlar. Qani ildamroq. Hali ish ko‘p. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling