Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
59 ket, ahmoqlar! Ular bilan shunaqa muomala qilib o‘tirish kerakmi? Zamonlar bo‘lgan-ku, axir, boshlar uchib ketgan, hech kim churq etmagan. Aksincha, ko‘proq yaxshi ko‘rishgan, ko‘proq kuylashgan. Mana bu xo‘p zamon bo‘lgan-da! Endi-chi? Yaramaslarning eng yaramasi hisoblangan mana shu chol ham dabdurustdan gap qaytarishni o‘ylab topdi. «Xo‘sh, xo‘sh, emakla oyog‘im ostida, emakla»,- badxohlik bilan kuldi O‘razqul, har zamon-har zamonda Mo‘min chol tomonga qarab qo‘yarkan. U esa muzday suvda xayolga cho‘mib, tomirlari tortishib, Seydahmad bilan birga trosni ko‘tarib borarkan, O‘razqul meni kechirgan ko‘rinadi, deb mamnun bo‘lardi. «Sen endi men qari cholni kechir, shunday bo‘lib chiqqani uchun, - xayolan O‘razqulga murojaat qilardi u. - Kecha chiday olmadim. Maktabga nabiram oldiga ot choptirib ketdim. Axir u yolg‘iz, mana shuning uchun ham iching achiydi- da. Mana bugun esa u maktabga ham bormadi. Tobi qochibdi nimagadir. Esingdan chiqar, kechirgin. Axir sen ham menga begona emassan-ku. O‘ylaysanki, men senga va qizimga baxtni ravo ko‘rmaymanmi? Xudo bersa qani, nabiramning ingalaganini eshitsam - xudo ursin, baxtimdan ko‘zimga yosh kelardi. Faqat sen xafa qilma qizimni, kechir meni. Agar ishlash bo‘lsa, toki tanimda jonim bor ekan, ishlaganim bo‘lsin. Hamma ishni qilaman. Sen faqat buyursang, bas...» Kampir qirg‘oqning bir burchida tikka turib, o‘zining imo-ishoralari va butun harakatlari bilan cholga: «Harakat qilgin, chol! Ko‘rdingmi, u seni kechirdi. Mening aytganimni qilaver, hammasi joyiga tushadi»,- derdi. * * * Bola uxlardi. U bir martagina allaqaerdandir otilgan miltiq ovozidan uyg‘onib ketdi va yana uyquga cho‘mdi. Kechagi mashaqqatli uyqusizlik va bemorlikdan so‘ng bugun u birmuncha tinch va miriqib uxladi. U uyquda ekan, isitma aralash badan qaqshog‘i azobini tortmay, oyoqlarini erkin uzatib to‘shakda yotib dam olishning naqadar rohat ekanligini his etdi. Agar buvisi bilan Bekey xola bo‘lmaganda u shu uxlagancha uxlab yotaverardi. Ular ovoz chiqarmay gaplashishga harakat qilishsa- da, idish-tovoqlarning shaqir-shuquridan bola uyg‘onib ketdi. - Mana bu katta kosani ushlagin-da, ovqat olgin, - deb jonlanib gapirdi kampir narigi xonada. - Men esa chelak bilan elakni olib kelay. Voy belim, madorim qurib ketyapti. Ozmuncha ish qildikmi? Xudoga shukur, juda xursandman. - Eh, buvijon, nimasini aytasiz, men ham shunchalik xursandmanki, kecha shundayam jonimdan to‘yib ketgandim. Agar Guljamol bo‘lmaganda o‘zimni o‘zim o‘ldirardim, - dedi Bekey. - U hakda uni-buni deb yurasan yana, - tinchitib qo‘ydi kampir. - Qalampirni oldingmi? Ketdik. Sening tinchishing uchun xudoning o‘zi yordam qo‘lini cho‘zdi. Ketdik, ketdik. Uydan chiqayotib bo‘sag‘ada Bekey xola kampirdan bola to‘g‘risida so‘radi: - U hamon uxlayaptimi? - Mayli, uxlab tura qolsin, - javob berdi kam-pir. - Sho‘rva tayyor bo‘lganda issiqqina keltirib beramiz. Bola ortiq uxlay olmadi. Hovlidan oyoq tovushlari va odamlarning gaplashgani eshitilib turardi. Bekey xola kulib yubordi, Guljamol va kampir ham unga qo‘shilib kuldi. Qandaydir notanish ovozlar quloqqa chalindi. «Ha, bular, hoynahoy kecha oqshom kelgan odamlar, - deb o‘yladi bola. - Demak, ular hali ketishmabdi-da». Faqat bobosi Mo‘mingina ko‘rinmasdi, ovozi ham eshitilmasdi. U qayokda ekan? Nima qilyapti ekan? Bola tashqaridagi ovozlarga quloq solib, bobosini kutib yotdi. U bobosi bilan kechagi ko‘rgan bug‘u haqida juda gaplashgisi kelardi. Hademay qish kiradi. Ular uchun ham o‘rmonda ko‘proq yem- xashak hozirlash kerak. Yeb yayrasin. Ularni shunday o‘rgatish kerakki, odamlardan hech qo‘rqmaydigan, to‘ppa-to‘g‘ri daryodan o‘tib hovliga kelaveradigan bo‘lsin. Bu yerda ham ularga shunday xo‘rak berish kerakki, ular uchun bu juda tansiq bo‘lsin. Qiziq, ular hammadan ko‘ra nimani yaxshi ko‘rishar ekan-a? Urg‘ochi bug‘u bolasini o‘rgatib olsang-da, u doim orqangdan qolmay |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling