Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 Bola butalar ustidan hatlab, sakrab o‘tish qiyin bo‘lgan xarsang toshlarni yonlab o‘tib, na o‘siq o‘tlar, na xarsang toshlar oldida, bular shunchaki narsalar zmasligini bilsa-da, bir daqiqa ham to‘xtamay chopib borardi. Ular ranjib qolishi, hatto chalib yiqitishi ham mumkin edi. «Mashina- magazin keldi. Men keyin kelaman», - yo‘l-yo‘lakay u «cho‘kib yotgan tuya»ga gap qotdi. U bag‘rini yerga berib yotgan sarg‘ish bukri toshni shunday deb atardi. Odatda bola o‘z «tuya»sining yonidan uning o‘rkachini silamasdan o‘tmasdi. Xuddi bobosi dumi cho‘ltoq axta otini shapatilagani kabi, u ham ishning ko‘zini biladigan kishilar singari o‘z «tuya»sining yonidan o‘tib borayotib naridan beri, sen sabr qilib turasan endi, mening ishim chiqib qoldi, deb uni shapatilab qo‘yardi. Uning xarsang toshida «egar» ham tayyor edi. Yarmi oq, yarmi qora bu chavkar toshdagi egarchada xuddi otda o‘tirgandek o‘tirgan bo‘lardi. Yana «bo‘ri» degan tosh bor - bo‘riga juda o‘xshash qo‘ng‘ir, oq oralagan, yoldor va cho‘ng peshanali. Bola uning oldiga pisib emaklab borardi-da, mo‘ljalga olardi. Lekin eng sevimli tosh, bu suv yuvib ketgan qirg‘oqdagi kattakon xarsang «tank» edi. Qarab tursang «tank» qirg‘oqdan otilib chiqadi-yu, daryoni shovqin-suronga solib, to‘lqinlantirib, ko‘piklantirib, yurib ketadigandek. Tanklar kinolarda axir shunday yuradi-ku, qirg‘oqdan suvga otiladi: ketdi! Bola kinolarni kam ko‘rgan, shuning uchun ham ko‘rganlari yodida qattiq o‘rnashib qolgan. Bobosi ba’zan uni kino ko‘rsatgani tog‘ ortidagi - qo‘shni daradagi sovxoz naslchilik fermasiga olib borardi. Shu sababli ham qirg‘oqda daryoni har qachon kesib o‘tishga shay turgan «tank» paydo bo‘ldi. Yana boshqa - «yaxshi» va «yomon» toshlar, hatto «ayyor» va «ovsar»lari ham bor. O‘tlar orasida ham - «sevimli», «botir», «hurkak» va «yovuz» hamda boshqa har xillari mavjud edi. Chaqirtikan, masalan, - eng birinchi dushman. Bola u bilan kuniga o‘n martalab jang qilgan, chopib tashlagan. Lekin bu jangning oxiri ko‘rinmasdi - chaqirtikan hadeb o‘saverar va ko‘payaverardi. Mana, daladagi pechak gullar, to‘g‘ri, ular ham yovvoyi, shunga qaramay bular eng aqlli va quvnoq gullardir. Ular ertalab quyoshni hammadan ortiq yayrab qarshi oladi. Boshqa o‘tlarga - tong nima, tun nima, baribir. Pechakgullar esa kun ilishi bilanoq ko‘z ochadi, kulib boqadi. Oldin bir ko‘zini, keyin ikkinchisini ochadi, shundan so‘ng bag‘ridagi barcha gullar birin-ketin ochila boshlaydi. Oq, och ko‘k, binafsha va yana har xil rangda... Agar ularning oldida sukut saqlab o‘tirsang, go‘yo bu gullar uyqudan uyg‘onib, allanimalar haqida shivirlashayotgandek tuyuladi. Chumolilar ham buni sezadi. Ular ertalabdan pechakgullar huzuriga chopib, quyosh nurlaridan ko‘zlarini qisib, gullarning o‘zaro nimalar haqidadir shivirlashayotganiga quloq soladi. Balki, ko‘rgan tushlarini so‘ylashayotgandir? Kunduzlari, odatda tush vaqtiga borib bola serpoya shiroljinlar g‘uj bo‘lib o‘sgan tomonga jo‘nashni yaxshi ko‘rardi. Shiroljin baland bo‘yli, gulsiz, lekin xushbo‘y hidli bo‘ladi. Ular yon-veriga boshqa o‘simlikni yo‘latmay to‘da-to‘da bo‘lib, alohida o‘sadi. Shiroljin - sadoqatli do‘stdir. Ayniqsa, biror ko‘ngilsizlik yuz berib, pinhona yig‘laging kelganda shiroljin ostidan yaxshi panoh topish mumkin. Ular o‘rmon yoqasidagi qarag‘ayzorlar singari yoqimli hid taratib turadi. Shiroljinlar quchog‘i qaynoq va sokin. Eng muhimi - ular osmonni to‘sib qo‘ymaydi. Chalqancha yotda, osmonni tomosha qilaver. Avval ko‘z yoshlari orasidan hech nimani ajrata olmaysan. Keyinchalik esa, bulutlar suzib ketadi va sen o‘ylayotgan narsalar osmonda, ko‘z oldingda aniq namoyon bo‘la boshlaydi. Bu- lutlar yaxshi biladi: ko‘ngling ancha noxush, qayoqlargadir jo‘nab qolging yoki uchib ketging keladi, toki seni topolmay, oh-voh qilishsin: «Eh bolagina, bedarak ketdi-ya, endi uni qaerdan topamiz», deb kuyib yurishsin. Bunday bo‘lmasligi uchun - sen yo‘qolib qolmasliging va jimgina yotib, bulutlardan zavqlanishing uchun sen nimani istasang bulutlar o‘shanga aylanib qoladi. O‘sha birgina bulutning o‘zidan turli-tuman shakllar yuzaga kela boshlaydi. Faqat bulutlar qanday shaklga kirayotganini ko‘rib bilsang bas. Shiroljinlar tagi jimjit, ular osmonni to‘smaydi. Shiroljinlar mana shunaqa, iliq qarag‘ayzor hidini ufuradi. U o‘tlar to‘g‘risida ko‘p narsa bilardi. Suv bosadigan pichanzordagi kumushrang supurgi o‘tlarga rahmi kelardi, juda g‘alatida bu supurgi o‘tlar, havoyi juda. Ularning ipakdek mayin popuklari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling