Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 - Hay, mayli, chiy baxmal ol, yangi shim tiktirib olasan. - Olgan bo‘lardim, Shoxdor ona bug‘u haqqi! - E-e, sen bilan tortishib o‘tirishdan foyda yo‘q, - sotuvchi qo‘l siltadi. - Bekor kelibman. O‘razqul qayoqda? - Ertalab barvaqt Oqsoyga ketgandi. Cho‘ponlarda ishi bor... - Mehmondorchilikda yurgan, chiqar, - o‘zicha tushungan bo‘ldi sotuvchi. Noqulay jimlik cho‘qdi. - Sen xafa bo‘lmagin, chirog‘im, - yana gap boshladi Mo‘min. - Kuzda, xudo xohlasa, kartoshkani sotamiz... - Kuzgacha uzoq. - Bunday bo‘lsa, kechirgin. Xudo xayringni bersin, uyga kir, choy ichib ketasan. - Choy ichgani kelganim yo‘q, - rad etdi sotuvchi. U furgonning eshikchasini yopib turib, cholning yonida ko‘ppagining qulog‘idan ushlab mashina orqasidan chopishga shay bo‘lib turgan bolaga ko‘zi tushdi-da, dedi: - Hech bo‘lmasa portfel olgin. Bola hademay maktabga borar, albatta? Yoshi nechada? Mo‘minga bu maslahat ma’qul tushdi: hafsalasi pir bo‘lgan sotuvchidan nimadir xarid qilishi shart edi, qolaversa, nabirasiga chindan ham portfel kerak, bu yil kuzda maktabga boradi. - To‘g‘ri aytasan, - bezovtalanib qoldi Mo‘min, - mening xayolimda ham yo‘q edi. Bo‘lmasa-chi, yetti-sakkizga chikdi. Qani, bu yoqqa kel, - nabirasini chaqirdi u. Bobo cho‘ntagini kovlashtirib, yashirib yurgan besh so‘mlikni chiqardi. Ko‘pdan beri yonida yurgan bo‘lsa kerak, g‘ijimlanib ketibdi. - Ushla, shalpang quloq, - sotuvchi bolaga ayyorona ko‘z qisib portfelni uzatdi. - Endi o‘qishni qotirgin. Xat-savodingni chiqarmasang, bobong bilan mana shu tog‘larda abadiy qolib ketasan. - O‘qiydi! Uning zehni o‘tkir, - qaytimni sanarkan, javob qildi Mo‘min. Keyin yangi portfelni avaylab ushlab turgan nabirasiga ko‘z yugurtirdi-da, uni bag‘riga bosdi. - Mana, yaxshi bo‘ldi. Kuzda maktabga borasan, - deb qo‘ydi sekingina. Bobosi qadoq qo‘lini bolaning boshiga mayingina qo‘ydi. Shu dam bolaning tomog‘iga nimadir tiqilganday bo‘ldi va qotma bobosi kiyimlarining o‘ziga tanish hidi dimog‘iga urildi. Undan quruq pichan va mehnatkash kishining ter hidi kelardi. Sadoqatli, ishonchli, mo‘tabar kishi u. Ehtimol, yer yuzida bolani jon-dilidan yaxshi ko‘radigan, aqllilik balosiga uchragan kishi - Mo‘min chaqqon deb atalgan bu chol shunday sodda, afandife’l edi... Xo‘p, nimasi yomon buni? Har nima bo‘lmasin, o‘z bobong bo‘lgani yaxshi. Cheksiz quvonchga to‘lishini bola xayoliga ham keltirmagandi. Shu paytgacha maktab haqida o‘ylab ko‘rmagandi. Shu paytgacha faqat bobosi bilan bug‘u avlodidan mashhur keksalarning ma’rakasiga borgandi - tog‘lar ortidagi Issiqko‘lda qishloqlaridan maktabga qatnagan bolalarni ko‘rgandi. Bola shu ondan boshlab portfeldan ayrilmay qoldi. Shodligidan terisiga sig‘may maqtanib qorovulxonaning butun hovlisini aylanib chiqdi. Avval buvisiga ko‘rsatdi. Mana, bobom olib berdi! Keyin Bekey xolasiga ko‘rsatdi. U ham portfelni ko‘rib xursand bo‘ldi va bolani maqtab qo‘ydi. Bekey xolaning xushnud damlari kamdan-kam bo‘lardi. Ko‘pincha g‘amgin va tajang yurar, jiyaniga e’tibor ham qilmasdi. Bunga vaqti ham bo‘lmasdi. Uning o‘z dardi bor. Buvisi, farzandi bo‘lganda butunlay o‘zgacha yurardi, derdi. Eri, O‘razqul ham, Mo‘min bobo ham hozirgiday emas, balki boshqacha odam qiyofasida yurgan bo‘lardi. Uning ikkita qizi - Bekey xola va bolaning onasi bo‘lsa-da, baribir, cholga og‘ir edi; o‘z bolang bo‘lmasa - bir balo, bolangda bola bo‘lmasa - ming balo. Buvisi shunday deb zorlanadi. Kim bilsin... Bola Bekey xolasidan so‘ng olgan narsasini ko‘rsatish uchun yoshgina Guljamol bilan uning qizchasi oldiga yugurdi. Bu yerdan esa pichan o‘rayotgan Seydahmad oldiga tupgab ketdi. Jigarrang |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling