Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
- O‘razqul amaki, portfelimni ko‘ring! Men maktabga boraman. Mana mening portfelim! 
- Obbo palakat-e! - O‘razqul seskanib jilovni tortarkan, koyiy boshladi. 
U bolaga uyqu aralash qizargan, shishgan, shirakayf ko‘zlarini tiqdi: 
- Nima qilib yuribsan, qayoqdan kelyapsan? 
- Uyga ketyapman. Portfelimga qarang, uni Seydahmadga ko‘rsatib kelyapman, - dedi bola 
ming‘irlab. 
- Mayli, o‘ynayver, - to‘ng‘illadi O‘razqul va egarda omonatgina tebranib yo‘lida davom etdi. U 
o‘z takdiridan ranjib yurgan, xudo uni farzand dog‘ida kuydirib, boshqalarga saxiylik bilan besh-
o‘ntalab bola berib qo‘ygan bir paytda, bu ahmoqona portfel-u, ota-onasi tashlab ketgan, xotiniga jiyan 
bo‘lmish bu bola bilan qanchalik ishi bor... 
O‘razqul pishillab, xo‘rsinib qo‘ydi. Afsus-nadomat va qahru g‘azabdan u bo‘g‘ilib borardi. U ich-
ichidan zzilardi, negaki umri zoe o‘tyapti, shularni o‘ylaganda, befarzand xotiniga nisbatan g‘azabi 
qaynab-toshardi. Buning bariga o‘sha la’nati xotini aybdor, mana bir necha yildirki tug‘mayapti... 
«Shoshmay tur hali!» - O‘razqul go‘shtdor mushtlarini siqib, xayolan do‘q urdi va ho‘ngrab yig‘lab 
yuborishdan o‘zini arang tutib qoddi. U uyga yetishi bilan xotinini tutib urishni bilardi. O‘razqul mast 
bo‘lganda hamisha shunday qilardi; bu ho‘kiztabiat erkak g‘am va jahldan aqlini yo‘qotib qo‘yardi... 
Bola so‘qmoqdan izma-iz bora turib, oldinda birdan O‘razqulning g‘oyib bo‘lganiga hayron qoldi. 
O‘razqul esa daryo tomon burilib, otdan tushdi-da, jilovni tashlab, o‘siq o‘tlarni bosib-yanchgancha 
pastga tushib ketdi. U chayqalib va bukilib, yuzlarini qo‘llari bilan siqqanicha boshini yelkalari ichiga 
tortib borardi. O‘razqul qirg‘oq bo‘yida cho‘nqayib o‘tirib oldi. Daryodan hovuchlab suv olib yuziga 
sepa boshladi. 
«Balki, issikdan boshi og‘rigandir», - O‘razqulning qilayotgan harakatidan shunday xulosaga keldi 
bola. O‘razqulning yig‘layotganini va hech o‘pkasini bosib ololmayotganini u bilmasdi. U shuning 
uchun yig‘ladi-ki, unga peshvoz chiqqan bola uning o‘g‘li emas, shuning uchun yig‘ladiki, u portfelli 
bu bolaga hech bo‘lmaganda bir og‘iz shirin so‘z aytish uchun o‘zida kuch topolmadi. 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling