Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
11 yerda suv bilan osmon bir-biriga tutashib turardi. Undan narida hech nima yo‘q. Ko‘l harakatsiz, shu’lador, kimsasiz. Faqat qirg‘oqqa urilayotgan to‘lqinlarning oppoq ko‘pigini arang ilg‘ab olish mumkin. Bola o‘sha tomonga uzoq qarab turdi. «Oq kema hali ko‘rinmayapti, - dedi u portfelga. - Kel, yana bir marta maktabimizga qaraylik». Bu yerdan tog‘ning ortidagi qo‘shni pasttekislik ravshan ko‘rinardi. Hatto durbinda uy oldidagi deraza ostida o‘tirib olib, qo‘lda kalava yigirayotgan kam-pirgacha kuzatsa bo‘lardi. Jilisoy bag‘ri daraxtsiz, faqat onda-sonda qirqilmay qolgan, yakkam-dukkam qarag‘aylar o‘sib yotardi. Qachonlardir bu yerlar o‘rmonzor bo‘lgan. Endi usti shifer bilan yopilgan qator molxonalar turar, katta qoramtir go‘ng va somon uyumlari ko‘zga tashlanardi. Bu yerda sut fermasining zotdor buzoqlarini saklashar va boqishardi. Molxonalardan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bir parchagina qishloq - chorvadorlar posyolkasi joylashgan. Qishloqcha tepalikdan pastga tomon cho‘zilib tushgan edi. Qishloqning eng chekkasida, ko‘rinishdan turar joyni eslatmaydigan kichkinagina uy turardi. To‘rt yillik maktab mana shu edi. Yuqori sinflarning o‘quvchilari sovxozga, maktab-internatga qatnashardi. Bu yerda esa kichkintoylar o‘qishardi. Bola tomog‘i og‘riganda bobosi bilan shu posyolkadagi feldsher huzuriga kelgandi. Endi u kulrang cherepitsa bilan yopilgan, yolg‘iz trubasi qiyshayib turgan, qo‘lda yasalgan taxta-lavhada: «Mektep» deb yozib qo‘yilgan kichkinagina maktabga durbindan uzoq tikilib turdi. U o‘qiy olmasa-da, xuddi shu so‘z yozilganini faraz qildi. Durbindan hamma mayda-chuyda narsalar aniq-tiniq ko‘rinib turardi. Devor suvog‘iga tirnab yozilgan allaqanday so‘zlar va deraza romlariga yelimlab yopishtirilgan oynalar, ayvonning g‘adir-budur taxtalari ko‘zga chalinardi. U qo‘lda portfeli bilan bu yerga kelishni va hozir kattakon qulf osig‘liq turgan anovi eshik ostonasidan qanday hatlab o‘tishini tasavvur qilib ko‘rdi. O‘sha eshik orqasida nima bor, nima bo‘ladi? Bola maktabni tomosha qilib bo‘lgach, durbinni yana ko‘lga to‘g‘riladi. Lekin u yerda hamma narsa ilgarigidek edi. Oq kema hali ko‘ringancha yo‘q. Bola teskari o‘girildi-da, durbinni bir chetga qo‘yib, pastga, tog‘ tubiga qaray boshladi. Pastda, shundoq tog‘ning tagida cho‘zinchoq pastqamlik bo‘ylab jo‘shqin serostona daryo kumushdek tovlanib oqardi. Qirg‘oqdan daryo bo‘ylab yo‘l ketgan va u daryo bilan birga qoya burilishida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Ro‘paradagi qirg‘oq jarlik va o‘rmonzor edi. Naq tog‘lar tepasidagi qorlargacha cho‘zilib ketuvchi noyob San-Tosh o‘rmonzori mana shu yerdan boshlanardi. Eng tepada qarag‘aylar o‘sardi. Ular toshlar va qorlar orasida tog‘ tizmalarining qirrasidaga qoramtir taroqlardek dikkayib turardi. Bola uylarga, bostirmalarga, qorovulxona hovlisidagi qurilishlarga masxaraomuz qarab chiqdi. Ular yuqoridan kichkina va omonat ko‘rinardi, Qorovulxonadan nariroqda, qirg‘oq bo‘yida u o‘zining tanish toshlarini topdi. «Tuya», «bo‘ri», egar», «tank» - hammasi joyida, ularning hammasini birinchi marta durbinda mana shu yerdan - Qorovultog‘dan turib kuzatgan, o‘shanda ularga ot qo‘ygandi-da. Bola miyig‘ida kulib o‘rnidan turdi va uylar tomonga tosh yumalatdi. Tosh shu yerning o‘zida, tog‘ning ustidayoq qola qoldi. Bola yana joyiga o‘tirdi-da, durbindan qorovulxonaga qaray boshladi. Avval linzalarning kattasidan kichigi tomonga tutib qaray boshladi - uylar uzoq-uzoqlarga siljib, o‘yinchoq qutichalarga aylanib qoldi. Xarsanglar kichkina toshchalar holiga keldi. Daryoning qirg‘oqqa yaqin yerdagi sayoz joyida bobosi qilgan ko‘lob esa kulgili, chumchuqning inicha kelardi. Bola bosh chayqab kulimsiradi-da, durbinni tez aylantirib, okulyarni to‘g‘rilay boshladi. Uning ulkan shaklga kengaygan suyukli xarsang toshlari durbinning oynalariga manglayini tirab turganday tuyuldi. «Tuya», «bo‘ri», «egar», «tank» kemtik-yoriklari, yon-veridagi sarg‘aygan otquloqlari bilan juda haybatli va eng muhimi, ular haqiqatan ham bola atagan narsalarga juda o‘xshardi. «Eh, sen qanday zo‘r «bo‘ri»san! «Tank»ni qara, dahshatli!..» Xarsang toshlar ortidagi sayozlikdan bobo ko‘lob qilgandi. Durbindan qirg‘oqdagi mana shu joy yaqqol ko‘rinib turardi. Shitob bilan oqqan suv bu yerdan, keng toshloq sayozlikdan qiyalab o‘tar va toshlar ustidan ko‘pirib o‘tardi-da, yana shiddatli oqimga kelib qo‘shilib ketardi. Sayozlikdagi suv |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling