Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
«tuya» oldidan chopib o‘tarkan, uning o‘rkachlariga urib qo‘yishga ham vaqti bo‘lmadi, «egar» 
yonidan, «bo‘ri» va «tank» yonidan o‘tib, keyin qirg‘oq bo‘ylab yugurib borardi. Yopishqoq butazor 
orasidagi so‘qmoq yo‘ldan chopib o‘tdi. So‘ngra esa o‘tloqdagi uzun yo‘lakdan Seydahmadning 
oddigacha chopqillab keldi. 
Bugun bu yerda Seydahmadning yolg‘iz o‘zi edi. Bobo allaqachon o‘zining tegishini, bir yo‘la 
O‘razqulning ham tegishini o‘rib qo‘ygandi. Pichanni ham allaqachon tashib bo‘lishdi - buvisi bilan 
Bekey xola tashib turdi, bobosi bosaverdi, u esa bobosiga yordamlashdi. Molxonaning oldiga ikkita 
g‘aram uyishdi. Bobosi ularni shunday ixcham bosdiki, bir tomchi yomg‘ir ham o‘tmasdi. G‘aramlar 
xuddi taroq bilan tarab qo‘yilgandek silliq edi. Har yili pgu. O‘razqul pichanga qo‘lini urmaydi, 
hammasi qaynotasining bo‘ynida - harholda u amaldor. - Istasam, - deydi u, - senlarni bir zumda 
ishdan haydab yuboraman. - U bobo bilan Seydahmadga pgunday do‘q qilardi. Bu ham mastlikning 
kasofati. Boboni haydab bo‘pti. Unda kim ishlaydi? Bobosiz ishlab ko‘rsinchi! O‘rmonda ish oshib-
toshib yotibdi, ayniqsa, kuzda. Bobom aytadiki, o‘rmon qo‘y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin 
tashvish undan oz emas. Shunga ko‘ra o‘t tushsa yoki tog‘dan sel quyilsa bormi - daraxt biryoqqa 
sakray olmaydi, joyidan qo‘zg‘almaydi, turgan joyida nobud bo‘laveradi, Kimki daraxtlarni asrab 
qololsa, o‘sha haqiqiy o‘rmonchi bo‘la oladi. O‘razqul Seydahmadni haydab bo‘pti, unday yuvosh 
odam bormi, Hech nimaga aralashmaydi, talashib-tortishmaydi. Biroq Seydahmad har qancha yuvosh, 
baquvvat yigit bo‘lmasin, yalqov, uyquni yaxshi ko‘radi. O‘rmonchilikka ham shu vajdan kelib qolgan. 
Bobo, bunday yigitlar sovxozda mashina quvib, traktorda yer ag‘darib yurishibdi, deb kuyinadi... 
Seydahmad esa tomorqasidagi kartoshkani sho‘raga bostirib yubordi. Guljamolning bir o‘zi qo‘lda 
bolasi bilan tomorqada ishlashiga to‘g‘ri keldi. 
Seydahmad pichan o‘rimini ham kechiktirib yubordi. Bobo hatto o‘tgan kuni uni koyib berdi. 
«O‘tgan qishda, - dedi u, - senga emas, mollarga ichim achidi. Shuning uchun pichan berdim. Agar 
yana men keksa cholning pichaniga ko‘z tikadigan bo‘lsang, hoziroq ayta qol, sen uchun ham o‘rishga 
tayyorman». 
Gap ta’sir qildi. Seydahmad bugun zrtalabdan o‘rimga tushib ketdi. 
Orqadan kelayotgan qadam tovushini eshitib, Seydahmad qayrildi, ko‘ylagining yengi bilan yuzini 
artdi. 
- Nimaga kelyapsan? Meni chaqirishyaptimi? 
- Yo‘q. Portfel oldim. Mana. Bobom olib berdi. Men maktabga boraman. 
- Shunga shunchalik chopib keldingmi? - Seydahmad xaxolab kuldi. - Mo‘min boboning esi 
kirarli-chiqarli bo‘lib qolgan, - u barmog‘ini chakkasiga bosib aylantirdi, - sen ham shunaqa chog‘i! 
Qani, qanaqa portfel? - U qulfchasini shiqillatib, portfelni u qo‘lidan bu qo‘liga oldi-da, kallasini 
liqillatgancha kulimsirab qaytarib berdi. - To‘xta, - xitob qildi u, - sen qaysi maktabga ham borarding? 
Qaerda senga maktab tayyor turibdi? 
- Qaerda bo‘lardi? Fermadagi-da. 
- Jilisoyga qatnamoqchimisan? - hayratlandi Seydahmad. - Axir u yoqqa tog‘ osha besh 
kilometrcha yurish kerak, bundan kam zmas. 
- Bobom, otda olib borib kelaman, dedi. 
- Har kuni u yoqqa borib, bu yoqqa kelarkanmi? Esini yebdi chol. Uning o‘zini ham o‘qitish 
kerak. Sen bilan bir partaga o‘tiradi, dars tugadimi - qaytaveradi. - Seydahmad Mo‘min boboni nabirasi 
bilan bir partada o‘tirishini ko‘z oddiga keltirib qotib-qotib kuldi. 
Bola o‘yga tolib jim qoldi. 
- Ha, men buni shunchaki kulgi uchun aytyapman-da! - tushuntirdi Seydahmad. 
U bolaning burniga og‘ritmaygina chertib, boshidagi bobosining furajkasini tortib, qoshi ustiga 
bostirib qo‘ydi. Mo‘min o‘rmon mahkamasining odatdagi furajkasini kiyishga or qilardi. («Nima, men 
biron-bir boshliqmanmi? Men o‘zimning qirg‘iz qalpog‘imni boshqa hech qanaqasiga 
almashmayman».) Yozda ham Mo‘minning boshida qora sidirg‘a satin bilan hoshiyalangan yo‘l-yo‘l 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling