Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
qarashdayoq payqab olsa bo‘lardi. Bunday qismat hamisha unga: «Oqko‘ngil bo‘lma, yovuz bo‘l! 
Mana, senga oqibat! Yovuz bo‘l!» deb ta’kidlab kelsa ham, u o‘z xushfe’lligini tashlamaydi. Uning 
yuzlari kulimsirab turar, ajinlari qat-qat edi. Ko‘zlari esa har doim: «Nima istaysan? Biror og‘iringni 
yengil qilaymi? Men tayyorman, faqat aytsang bas, nimaga muhtojsan?» - degandek mo‘ltirab turardi. 
Burni ham yumshoq, o‘rdaknikiday yalpoq, bamisoli kemirchagi yo‘qday. Bo‘yi ham ko‘p baland 
emas, o‘smirlarday chaqqongina chol. Soqol nima degan gap - shu ham nasib qilmagandi. Qip-qizil 
ko‘sa. Yaydoq iyagida ikki-uchtagina sariq tuk bor, xolos. Bor-yo‘q soqol shu. 
Bot-bot yo‘lda basavlat cholga duch kelasan-u soqoli ko‘ksiga tushgan, keng-mo‘l po‘stinining 
yoqasiga ser-bar barra qoplangan, boshida qimmatbaho telpak, ostida egarlari kumushdan arg‘umoq - 
bir qarasang donishmand, bir qarasang payg‘ambar, bunday kishiga ta’zim qilgani hech tortinmaysan, 
bunday kishi hamma joyda izzatda! Mo‘min esa faqat Mo‘min chaqqon bo‘lib tug‘ilgan. Ehtimol, 
uning yolg‘iz ustunligi shunda ediki, u qanday o‘tirdim, bilib gapirdimmi, qanday javob qildim
qanday kulimsiradim deb tashvishlanmas, birovlarning oldida obro‘si to‘kilishidan cho‘chimasdi. 
Mo‘min mana shu ma’noda, o‘zi sezmagan holda, kamdan-kam uchraydigan baxtli odam edi. Ko‘p 
odamlarni kasallik emas, o‘z nazdida o‘zligidan kattaroq qo‘yishdek xudbinlik, alamzadalik balosi 
kemirib ado qiladi. (Dono, boobro‘, xushro‘y, buning ustiga qattiqqo‘l, adolatli va jasur degan nom 
chiqarishni kim istamaydi?..) 
Mo‘min esa bunday emasdi. U afandife’l edi va unga afandiga muomala qilgandek muomala 
qilishardi. 
Faqat bir narsa Mo‘minni qattiq xafa qilishi mumkin edi: birontasining ma’rakasini o‘tkazish 
uchun qarindoshlar to‘planadigan kengashga uni chaqirishni unutib qo‘yishsa... U qattiq ranjir va buni 
unutolmay azob chekardi, gap - uni chetlab o‘tganlarida emas, u kengashda baribir hech nimani hal 
qilmas, faqat qatnashardi, xolos. Buning boisi qadimiy urf-odatning poymol bo‘lgani edi. 
Mo‘minning o‘z tashvishlari bor, u bularning azobini tortardi, oqshomlarni ko‘z yoshi bilan 
o‘tkazardi. Begonalar bundan deyarli xabarsiz. Yaqin kishilari esa bilishardi. 
Mo‘min nabirasini ko‘chma do‘kon oldida ko‘rgandayoq uning nimadandir xafa ekanligini darhol 
fahmladi.. Sotuvchi musofir bo‘lgani uchun chol dastlab u bilan so‘rashdi. Egardan tezgina sakrab 
tushib, darhol ikki qo‘lini sotuvchiga uzatdi: 
- Assalomu alaykum, katta savdogar! - dedi u yarim hazil, yarim chin. - Karvoning omon-eson 
yetib keldimi, savdo-sotig‘ing yaxshi bo‘lyaptimi? - Mo‘min ochiq ko‘ngillik bilan sotuvchining 
qo‘llarini silkitdi. - Qancha suvlar oqib o‘tdi ko‘rishmaganimizdan beri. Xush ko‘rdik! 
Sotuvchi uning so‘zlari va ko‘rimsiz kiyim-boshi ustidan takabburona kulib qo‘ydi - o‘sha-o‘sha 
beso‘naqay kirza etik, kampir tikkan bo‘z yshton, titilib ketgan kamzul, yomg‘ir va oftobda sarg‘ayib 
ketgan kigiz qalpoq. Sotuvchi Mo‘minga javob qildi: 
- Karvon but. Faqat shunisi chatoqki, savdogar bu yoqqa kelganda, dumingizni tutqazmaysiz, 
o‘rmonga, qirga qochasiz. Xotinlaringizga bir tiyinni o‘n joyidan tugib saqlab qo‘yishni tayinlaysiz. Bu 
yerda molni uyub tashlasang ham biron kishi bir tiyin chiqargisi kelmaydi. 
- Aybga qo‘shma, qadrdon, - xijolatomuz kechirim so‘radi Mo‘min. - Sening kelishingni 
bilganimizda ketmasdik. Pulni aytadigan bo‘lsang, yo‘qni yo‘ndirib bo‘lmaydi. Mana kuzda 
kartoshkalarni sotamiz... 
- Gapir-a, - uning so‘zini bo‘ldi sotuvchi. - Siz qurumsoq boylarni yaxshi bilaman. Tog‘da 
yashaysiz, yer, pichan istaganingcha. Chor atrofing o‘rmon - uch kunda aylanib chiqolmaysan. Moling 
bormi? Asalaring bormi? Hammasi bor. Bir tiyin ustida esa azon aytasan. Mana, xarid qil, shoyi 
ko‘rpa, tikuv mashinasidan bitta qoldi... 
- Xudo haqqi, bunaqa pul yo‘q menda, - o‘zini oqladi Mo‘min. 
- Shu gaplarimga ishonadi deb o‘ylaysanmi? Qurumsoq chol, pul yig‘asan. Xo‘sh, qaerga olib 
ketasan? 
- Xudo haqqi, yo‘q. Shoxdor ona bug‘u haqqiga qasam ichaman! 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling