Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 shamolsiz yasholmaydi. Shamolni kutgani-kutgan, shamol qayoqqa essa, o‘sha yoqqa egilib, xuddi buyruqqa bo‘ysungandek, yoppasiga salom beradi. Agar yomg‘ir quyib bersa yoki momaqaldiroq boshlanib qolsa bormi, giyohlar qaerga bosh suqishini bilmay qoladi. To‘lg‘anadi, tiz cho‘kadi, yer bag‘irlab qoladi. Oyoqlari bo‘lganda-yu, ehtimol, ko‘z yetgan joygacha qochib qolisharmidi... Yo‘q, ular o‘zlarini mug‘ambirlikka solyapti. Momaqaldiroq tinsin-a, havoyi supurgi o‘tlar yana shamolning hukmida-shamol qayoqqa essa, ular ham o‘sha yoqqa egila boshlaydi. Bola yolg‘iz, jo‘ralarsiz mana shu sodda - bayov narsalar qurshovida yashardi, avtolavkagina hamma narsani unutishga, ko‘ringanda chopishga majbur qila olardi. Shuning uchun ko‘chma do‘konni ko‘rgan zahoti hamma narsani unutib, o‘zini o‘sha tomonga otardi. Nimasini aytasan, ko‘chma do‘kon - bu senga allaqanday tosh yoki o‘tlar emas. Unda kishining jonidan bo‘lak hamma narsa bor! Bola uyiga yetib kelganida ko‘chma do‘kon ham orqa tomondan hovliga yaqinlashib qolgan edi. O‘rmon xo‘jaligi qorovulxonasiga qarashli bu uylar daryoga qaratib solingan. Hovlilar qiyalab qirg‘oqqa tutashar, daryoning narigi qirg‘og‘ida esa o‘rmon suv yuvgan jar chetidan boshlanib, tog‘ga qarab ko‘tarilib ketar edi. Shuning uchun ham o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qorovulxonaga yo‘l uylarning orqa tomonidan aylanib kelardi. Bola o‘z vaqtida yetib kelmaganida ko‘chma do‘kon kelganini hech kim bilmay qolardi. Bu payt erkaklardan hech kim yo‘q, hammalari ertalaboq tarqab ketishgan, ayollar uy ishlari bilan mashg‘ul edi. Bola ochiq turgan eshiklarning oldidan quloqni qomatga keltirib qichqirib o‘tdi: - Keldi! Mashina-magazin keldi! Ayollar tipirchilab qolishdi. Yashirib qo‘ygan pullarini topish uchun yugurib qolishdi, uylaridan otilib chiqqanlaricha bir-birlaridan o‘zib ketishdi. Mashina oldiga chopishdi, hatto buvisi uni maqtab qo‘ydi: - Ko‘zi o‘tkir-da, bizning bolaning! Bola ko‘chma do‘konni o‘zi boshlab kelganday boshi osmonga yetgan edi. Bu xushxabarni ularga u yetkazgani, birga hovlidan chopib chiqqani, eshigi ochiq turgan avtofurgon oldida ular bilan tiqilishib turganidan xursand edi. Lekin ayollar bu yerda uni tez unutib qo‘yishdi. Unga qarashga vaqt bormidi? Ming xil mol - ko‘z qamashadi. Ayollar bor-yo‘g‘i uch kishi: buvisi, bu yerning eng kattakon kishisi - o‘rmon qorovuli O‘razqulning xotini Bekey (Bekey - onasining opasi, unga xola) va yordamchi ishchi Seydahmadning xotini yoshgina Guljamol qizchasini ko‘tarib olgandi. Bor-yo‘g‘i uch ayol. Lekin ular hovliqib, mollarni shunday titib tashlashdiki, oxiri sotuvchi ularning navbat kutishini va hammalari baravariga javramasliklarini talab qilishga majbur bo‘ldi. Ammo uning so‘zi ayollarga unchalik ta’sir qilmadi: avval boshida ular bor narsani bir chekkadan tortqilay boshlashdi, keyin tanlashga tushishdi, oxiri tanlaganlarini ham qaytarishdi. Bir chetga olib qo‘yishadi, o‘lchashadi, bahslashishadi, shubhalanib, bir so‘ragan narsalarini o‘n qaytalab so‘rashadi. Biri yoqmaydi, ikkinchisi qimmat, uchinchisining rangi unchamas... Bola bir chetda turardi. U zerikdi. Zero, u kutgan g‘aroyib narsa yo‘qqa chiqqan, tog‘ yo‘lida ko‘chma do‘konni birinchi bor ko‘rgandagi quvonchi g‘oyib bo‘lgandi. Ko‘chma do‘kon kutilmaganda har xil lash- lushlar tiqilgan oddiy mashinaga aylanib qoldi. Sotuvchining qovog‘i solina boshladi: bu xotin-xalaj biron narsa sotib olish uchun to‘planishganga o‘xshamaydi. Tog‘ oshib, buncha uzoq manzilga nima uchun ham keldi-a? Shunday bo‘ldi ham. Ayollar shaxtlaridan qaytib shalvirab qolishdi. Bir oz charchaganday ham bo‘lishdi. Negadir bir-birlarining oldidami yoki sotuvchi oldidami, o‘zlarini oqlashga tutpishdi. Buvi birinchi bo‘lib, puli yo‘qligidan shikoyat qildi. Puli yo‘qning - xaridi yo‘q, Bekey xola eri yo‘qligi sababli kattaroq xarid qilishga botina olmadi. Bekey xola olamdagi hamma ayollar ichra eng baxtsizi - sababi, farzandi yo‘q. Shuning uchun eri O‘razqul mast bo‘lganida uni do‘pposlaydi, bundan bobo ham jabr tortadi: axir Bekey uning qizi-da, Bekey xola mayda-chuyda va ikki shisha aroq oldi, Bekorga oddi, o‘ziga jabr. Buvi o‘zini tutib turolmadi. Sotuvchi eshitmasin deb pichirlab so‘radi. - Nega o‘z boshingga o‘zing baloni sotib olyapsan? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling