Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
oq qalpoq - almisoqdan qolgan eski kigiz qalpoq, qishda ham shunday daqqiyunusdan qolgan teri 
taqiya bo‘lardi. O‘rmon ishchilarining odatdagi yashil furajkasini u nabirasiga berardi. 
Seydahmadning yangilikni masxaraomuz qarshi olishi bolaga yoqmadi. U xo‘mrayib furajkasining 
soyabonini manglayi ustiga ko‘tardi va Seydahmad yana burniga chertmoqchi bo‘lganda boshini burib 
g‘ijindi:.. 
- Tegishma! 
- Obbo sen-ey, jahling tez ekan-ku! - miyig‘ida kuldi Seydahmad. - Ha, sen xafa bo‘lmay qo‘ya 
qol. Portfeling ajoyib. - Keyin uning yelkasiga qoqib qo‘ydi. - Endi tuyog‘ingni shiqillat. Hali men 
ancha-muncha o‘rishim kerak... 
Seydahmad kaftiga tufladi-da, yana o‘rishga tushib ketdi. 
Bola esa yana chopganicha o‘sha so‘qmoqdan, yana o‘sha toshlar yonidan uyga qaytdi. Toshlar 
bilan ovunishga hali-beri vaqti yo‘q edi. Portfel - jiddiy narsa. 
Bola o‘z-o‘zi bilan so‘zlashishni yaxshi ko‘rardi. Lekin bu safar o‘ziga emas, portfeliga so‘z qotdi: 
«Sen uning gapita ishonma, bobom unaqa emas. Uning sira shumligi yo‘q, shuning uchun ham undan 
kulishtani-kulishgan. Chunki quvlik-shumlikni bilmaydi. U biz ikkalamizni maktabga olib borib 
yuradi. Sen hali maktab qaerdaligini bilmaysan-a? U unchalik uzoq emas. Men senga uning qaerda 
ekanligini ko‘rsataman. Biz unga Qorovultog‘dan durbinda qaraymiz. Men yana, senga oq kemani 
ko‘rsataman. Faqat biz avval molxonaga kirib chiqamiz. U yerda durbinimni yashirib qo‘yganman. 
Men unda buzoqchamni kuzatib turishim kerak, lekin men, har kuni oq kemani ko‘rishga chopaman. 
Buzog‘imiz katta bo‘lib qoldi, tortib ketsa to‘xtatolmaysan, sigirni emib qo‘yadigan odat chiqardi. 
Sigir uning onasi, sutini undan ayarmidi. Tushunding-mi? Onalar hech qachon, hech nimani 
ayashmaydi. Mana, Guljamol shunday deydi, uning qizchasi bor... Tezda sigirni sog‘ib bo‘lishadi, 
keyin biz buzoqni yaylovga haydaymiz. O‘shanda biz Qorovultoqqa chiqamiz-da, tog‘dan turib oq 
kemani ko‘ramiz. Men axir durbin bilan ham xuddi ana shunday gaplashaman. Endi biz uchtamiz - 
men, sen va durbin...» 
U shu zaylda uyga qaytdi. Portfel bilan gaplashish unga juda yoqib qoldi. U bu suhbatni davom 
ettirib, hali portfeliga noma’lum bo‘lgan o‘zi haqidagi voqealardan so‘zlab bergisi kelib turganda, unga 
xalaqit berishdi. Yon tomonda otning dupur-dupuri eshitilib qoldi. Qishloq tarafdan bo‘z otliq kelardi. 
Bu - O‘razqul. U ham uyga qaytayotibdi. Uning o‘zidan boshqa hech kimga minishga ruxsat 
etmaydigan Olabosh bo‘z otiga to‘y-hashamlarda uriladigan mis uzangili egar urgan, ko‘krak 
qayishlari tortilib, qo‘ng‘iroqli popukchalar osilgandi. 
O‘razqulning qalpog‘i ensasiga surilib tutdib, soch qoplagan bir enli qizil past manglayi ochilib 
qolgan. Issiq elitgan uni. Rayon rahbarlari kiyadigan nusxadagi uncha kelishtirib tikilmagan chiy 
baxmal kitelining tutmalari boshdan oxirigacha yechilib ketgandi. Oq ko‘ylagi kamari tagidan chiqib 
yotardi. Qorni to‘q, kayfi baland. Bundan sal oldin mehmonda o‘tirib, qimizga to‘ygan, burnidan 
chiqquncha go‘sht yegan edi. 
Yon-atrofidagi cho‘ponlar va yilqichilar yozda yaylovga kelishlari bilanoq O‘razqulni tez-tez 
mehmonga chaqirishardi. Uning eski oshna-og‘aynilari bor edi. Lekin bu takliflar tama bilan qilinardi. 
O‘razqul kerakli odam. Ayniqsa, tog‘da yashab uy qurmoqchi bo‘lganlar uchun u judayam kerak: 
molni tashlab biron yerga ketolmaysan, qurilish materiallarini qaerdan qidirasan, birinchi navbatda 
o‘rmonga kelishga majbursan. O‘razqulning ko‘nglini topsang, qarabsanki, daraxt kesish taqiqlangan 
o‘rmondan ikkita-uchta yog‘ochni tanlab olib ketasan-da. 
Aks holda tog‘da bir umr molning orqasidan sarson-sargardon bo‘lib yuraverasan, uy qurishing 
ham bir umr cho‘ziladi... 
Lohas bo‘lgan karaxt O‘razqul xrom etigining uchini uzangiga ehtiyotsiz tirab, egarda mudrab 
borardi. 
Bola qo‘lidagi portfelini silkitib ro‘parasidan chopqillab chiqib qolganda, bu tasodifdan uning 
otdan uchib ketishiga sal qoldi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling