Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 Xuddi shu mahal lop etib bobo kelib qoldi. Chol asalari qutilari tomonga ketgandi. U yerdan uylar orqasida nimalar bo‘layotgani ko‘rinmasdi. Ish o‘ngidan keldi, bobo ayni mahalda ko‘chma do‘kon ketmay turib yetib keldi. Tasodif. Aks holda nabiraga portfel nasib qilmagan bo‘lardi. Shu kuni bolaga baxt kulib bokdi. Ko‘pni ko‘rgan kishilar keksa Mo‘minni - Mo‘min chaqqon deb atashardi. Bu atrofda uni hamma tanirdi, u ham hammani bilardi. U ochiq ko‘ngilligi, hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaxshilik qilishga tayyorligi, har kimning xizmatiga hoziru nozirligi, hammaga sadoqati va xushmuomalaligi tufayli shunday laqab olgandi. Ammo tillani tekin tarqatishganda hech kim uchun qadri qolmaganidek, uning jonbozligining qadriga ham hech kim yetmasdi. Uning yoshidagi kishilarga qanday hurmat va izzatda bo‘lishmasin, Mo‘minga hech kim bunday munosabatda bo‘lmasdi. U bilan betakalluf muomala qilishardi. Bug‘u avlodining mashhur oqsoqollaridan birortasining ulug‘ ma’rakalarida Mo‘min bug‘u avlodidan bo‘lib, bu bilan g‘oyatda faxrlanar va o‘z qabiladoshlaridan birontasining ma’rakasidan qolmasdi, unga mol so‘ydirishar, martabali mehmonlarni qarshi olib, otdan tushirish, choy uzatishu o‘tin yorib, suv keltirishgacha hamma ishni unga topshiraverishardi. Turli tarafdan son-sanoqsiz mehmonlarni kutib olish lozim bo‘lgan bunday katta ma’rakalarda ozmuncha tashvish bo‘ladimi? Mo‘minga nima xizmat buyurilmasin, u ana-mana deguncha barini saranjom- sarishta qilar, eng muhimi - boshqalardek bo‘yin tovlayvermasdi. Bu tumonat mehmonlarni kutib va ovqatlantirib jo‘natishi lozim bo‘lgan ovul yoshlari Mo‘minning bu ishlarni qanday qilib joyiga qo‘yayotganini ko‘rib qoyil qolishardi: - Mo‘min chaqqon bo‘lmasa, biz nima qilardik-a? Ba’zida esa o‘z nabirasi bilan uzokdan kelgan chol choyxonachi yigitga qarashib ketardi. Mo‘minning o‘rnida boshqa odam bo‘lganda bu ishni haqorat deb bilardi, lekin Mo‘min parvo ham qilmaydi. Keksa Mo‘min chaqqonning mehmonlarga yelib-yugurib xizmat qilishi hech kimni ajablantirmas - shuning uchun ham o‘z nomi bilan Mo‘min chaqqon-da. Mo‘min chaqqon bo‘lishiga o‘zi sababchi. Agar chet odamlardan birontasi ajablanib, - hey qariya, nega xotinlarga dastyorlik qilib yuribsan, bu ovulda yosh yigitlar qurib ketganmi, - deb qolguday bo‘lsa, Mo‘min shunday javob qilardi: - Marhum mening og‘am edi (u bug‘u avlodining hammasini o‘z og‘asi sanardi. Lekin boshqa mehmonlar uchun ham ular yot emas, «og‘a» edi). Ularning ma’rakasida men xizmat qilmasam kim xizmat qiladi? Biz, bug‘u avlodi, bosh onamiz - Shoxdor ona bug‘udan tarqalganimizdan buyon ana shundaymiz. Karomatli Shoxdor ona bug‘u esa bizga tirikda ham, o‘likda ham do‘stlikni vasiyat qilib qoldirgan. Mo‘min chaqqon mana shunaqa odam edi! Keksa ham, yosh ham uni «san»lab gapirar, qaltis hazil ham qilaverishardi - chol beozor zdi, u bilan hisoblashmasa ham bo‘laverardi - chol bezabon edi. O‘z hurmatini talab qilishning uddasidan chiqmagan kishini odamlar oyoqosti qilaveradi, deb bekorga aytishmagan-da. U shuning uddasidan chiqmasdi. Uning qo‘li gul edi. Duradgorlik, egarchilik qilardi, yoshligidanoq pichan g‘aramlashning ustasi edi, kolxoz uchun shunday g‘aramlar yasardiki, qishda ularni buzishga ko‘z qiymasdi: yomg‘ir uning ustidan xuddi g‘ozning patida sirg‘angandek silliq tushar, qor esa tomning ikki nishabiga tushgandek tushib ketardi. Urushda mehnat frontida Magnitogorskdagi zavodlarning g‘ishtini terdi, staxanovchi bo‘lib shuhrat qozondi. Qaytib kelgach, qorovulxonada yog‘och uy qurdi, o‘rmonchilik bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yordamchi ishchi bo‘lib hisoblansa ham, aslida, o‘rmonga ko‘z-quloq edi, uning kuyovi O‘razqulning esa umri ko‘pincha mehmondorchilik bilan o‘tardi. Boshliqlar bostirib keldimi, bas, O‘razqul ularni darhol o‘rmonga boshlar, ov uyushtirar, xullas, hamma narsaga mutasaddilik qilardi... Mollarga ham Mo‘min qarar, asalarilar ham uning bo‘ynida edi. Mo‘minning butun umri erta tongdan qora kechgacha ishda, tashvishda o‘tdi, lekin hurmat talab qilishni o‘rganolmadi. Mo‘minning tashqi ko‘rinishi ham mo‘ysafid keksalarga o‘xshamasdi. Sipogarchiligi ham, jiddiyligi, badjahlligi ham yo‘q. Oqko‘ngil edi u. Uning qadr topmaydigan bu insoniy xususiyatini bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling