Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 tizzadan kelar, lekin oqimi shunchalik kuchli ediki, bolalarni daryoga oqizib ketishi hech gap emasdi. Oqim surib ketmasligi uchun bola qirg‘oq bo‘yidagi tolning shoxini ushlab olardi. Tol butalari ayni qirg‘oqning chekkasida o‘sib chiqqan bo‘lib, bir shoxi yerda, bir shoxi suvda, naq suvga botib turardi. Buning nimasi cho‘milish? Bog‘lab qo‘yilgan otdan farqi yo‘q, Buning ustiga yana qancha dilsiyohlik, so‘kish eshitishlar! Buvisi bobosiga uqtirardi: «Daryoga oqib ketsa o‘zidan ko‘rsin - qo‘limni cho‘zmayman. Endi shunisi yetmay turgan edi. O‘z ota-onasi tashlab ketdi, Menga boshqa tashvishlar ham yetib ortadi, majolim yo‘q». Unga nima deb bo‘ladi? Kampir bu hisobda to‘g‘ri gapirayotir. Lekin bolaga ham rahming keladi- da: daryo yonginasida, naq zshigining ostida. Kampir qancha qo‘rqitmasin, bola baribir suvga tushaverdi. Mana shundan keyin Mo‘min chol bola bexatar cho‘milsin, deb, sayozlikda toshlardan ko‘lob qilishga qaror qildi. Mo‘min chol oqim yumalatib ketmasligi uchun qanchadan-qancha katta toshlarni tanlab ko‘tarib keldi. Ularni qorniga qo‘yib tashidi, toshlar orasidan suvning bemalol o‘tib turishini hisobga olgan holda ularni suvning ichida tik turib, shunday taxlab terdiki, suv haqiqatan ham bemalol oqadigan bo‘ldi. Siyrak soqolli qotma chol ho‘l ishtonlari badaniga yopishgan, kulgili holda kun bo‘yi shu to‘siq bilan ovora bo‘ldi. Kechqurun esa zo‘riqib yo‘taldi, belini ololmay qoldi. Shunda buvisi javrab berdi: - Kichkina ahmoq-ku - o‘z oti bilan kichkina, katta ahmoqqa kim qo‘yibdi bu ishlarni? Namuncha jon kuydirmasang? Yedirasan, ichirasan, yana nima kerak? Buncha erkalatmasang. Eh, bu yaxshilikka olib bormaydi... Nima bo‘lmasin, sayozlikda ajoyib ko‘lob paydo bo‘ldi. Endi bola hech qo‘rqmasdan cho‘milardi. Shoxchadan ushlaganicha qirg‘oqdan pastga tushar va oqimga o‘zini otardi, otganda ham hamisha suvga ko‘zini ochgan bo‘yi tushardi. Shuning uchun ko‘zini ochiq tutardiki, baliqlar ochiq ko‘z bilan suzib yuradi-da. Uning g‘alati orzusi bor: u baliqqa aylanib qolishni va uzoq-uzoqlarga suzib ketishni xayol qilardi. Bola hozir durbindan ko‘lobga qarab turib, ko‘ylak-ishtonini yechib, qip-yalang‘och junjikib suvga tushishini tasavvur qildi. Tog‘ daryolarining suvi hamisha sovuq, entiktiradi, lekin keyin ko‘nikib qolasan. Tolning shoxchasini ushlab, oqimga yuzi bilan otilishini ko‘z oldiga keltirdi. Boshi uzra suv shovullagancha qo‘shilib ketadi, qorni ostidan, yelkalari, oyoqlari ustidan suv qaynab oqib o‘tadi. Suv ostida tashqaridagi hamma tovushlar tinib, quloqlarda faqat suvning shildirashi qoladi. U ko‘zlarini katta-katta ochib, suv ostida nimaiki ko‘rinsa, bariga jon-jahdi bilan tikiladi. Ko‘zlari sanchib ketadi, og‘riydi, lekin u mag‘rur jilmayadi, hatto suvda turib tilini ko‘rsatadi. Buni u buvisiga ko‘rsatmoqchi. Bilib qo‘ysin, u hech qaerda ham cho‘kmaydi va hech qaerda hech nimadan qo‘rqmaydi. Keyin u qo‘lidagi shoxchalarni qo‘yib yuboradi, toki u oyoqlari bilan to‘siqdagi toshlarga tiralib qolmagunga qadar suv uni surib ketaveradi. Shu yerda nafasi ham qaytadi. U suvdan sapchib turadi, qirg‘oqqa chiqadi va yana tol shoxchasi tomon chopqillab ketadi. Bu takrorlanaveradi. U bobosi yasagan ko‘lobda kuniga yuz marta cho‘milishga ham tayyor. Xullas, baliqqa aylanmaguncha cho‘milaveradi. Qanday bo‘lmasin, uning baliqqa aylanishi shart... Bola daryo qirg‘og‘ini tomosha qila turib, durbinni o‘zlarining hovlisiga to‘g‘riladi. Tovuqlar, kurka tovuqlar jo‘jalari bilan to‘nkaga suyab qo‘yilgan bolta, tutab yotgan samovar, hovlidagi turli- tuman narsalar aql bovar qilmaydigan darajada kattalashib, shunday yaqinga kelib qoldiki, bola beixtiyor ularga qo‘lini cho‘zdi. Shu payt, falokat bosib arqonga yoyilgan kirni bamaylixotir yamlayotgan qo‘ng‘ir buzoqcha durbinda filday ko‘rinib qoldi-yu, jon-poni chiqib ketdi. Buzoqcha huzur qilganidan ko‘zlarini qisib olgan, lablaridan so‘lak oqib turardi - u kampirning ko‘ylagini og‘iz to‘ldirib chaynashda maza qilayotgandi. - Eh, sen jinni! - Bola durbinni ushlagancha o‘rnidan turdi va qo‘lini silkiy boshladi. - Qani yo‘qol, eshityapsanmi, yo‘qol naryoqqa! Baltek, Baltek! (Kuchuk ob’ektivda uyning tagida pinagini buzmay yotardi.) Tishla, tishla uni! - jon achchig‘ida itga buyruq qilardi u, Lekin Baltek parvo ham qilmay, go‘yo hech nima bo‘lmagandek soyada cho‘zilib yotardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling