Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
o‘zi bilan birga olib ketdi. Bular yana o‘choq boshidan o‘tib ketayottanlarida yelin singari qizarib 
to‘lishib ketgan holda molxonadan chiqib kelayotgan O‘razqulga ko‘zlari tushdi. U Mo‘min bobo 
yoniga o‘zi kesgan bug‘u shoxlarini kekkaygancha uyib qo‘ydi. Chol sapchib tushdi. 
O‘razqul unga qaramasdan suv to‘la paqirni boshi uzra ko‘tardi va orqaga egilgancha egniga 
to‘kib-sochib icha boshladi. 
- Endi o‘lsang ham bo‘laveradi, - dedi u boshini paqirdan ko‘tarib, yana paqirga tiqarkan. Bola 
cholning g‘o‘ldirab gapirayotganini eshitdi: 
- Rahmat, o‘g‘lim, rahmat. Endi o‘lsam ham armonim yo‘q. Men uchun shunchalik izzat-hurmat... 
- Men uyga ketaman, - dedi o‘zini uncha yaxshi sezmayotgan bola. 
Bekey xola ko‘nmadi. 
- Bir o‘zing nima qilasan u yerda. - Bolani holi-joniga qo‘ymasdan uyiga olib ketdi va 
burchakdagi karavotga yotqizdi. 
O‘razqulning uyida dasturxon muntazir edi. Har xil taomlar muhayyo edi. Bularning hammasi 
bilan kampir va Guljamol band edi. Uy bilan hovlidagi o‘choq orasida Bekey xola qatnagani-qatnagan. 
O‘razqul bilan barzangi Ko‘katoy go‘shtni kutib, gulli ko‘rpachada yostiqqa yonboshlagancha choydan 
mayda-mayda ichishib o‘tirishardi. Ular to‘satdan o‘zlariga bino qo‘yib, o‘zlarini to‘ra his etishardi. 
Seydahmad ularga piyolaning tagida choy quyib o‘tirardi. 
Bola bo‘lsa bir burchakda ipsiz bog‘langanday, betoblik zarbiga bardosh berib jimgina yotardi. Uni 
yana qaltiroq bosdi. U turib ketishni istardi. Biroq karavotdan tushishi bilanoq qayt qilib yuborishdan 
qo‘rqardi, shuning uchun ham u titrab-qaqshagancha tishini-tishiga qo‘yib, qimir etmay yotardi. 
Ortiqcha qimirlashdan qo‘rqardi. 
Shu orada xotinlar Seydahmadni hovlidan chaqirishdi. Katta sirlangan tovoqda tog‘ singari uyulib, 
bug‘lanib turgan go‘shtni ko‘targancha Seydahmad paydo bo‘ldi. U uzoq kutilgan bu taomni zo‘rg‘a 
ko‘tarib kelib, O‘razqul bilan Ko‘katoyning oldiga qo‘ydi. Xo-tinlar uning orqasidan yana turli xil 
ovqatlarni keltirishdi. 
Hamma joy-joyiga o‘tirdi, pichoq va tarelkalar tayyorlandi. Shu orada Seydahmad stakanlarga aroq 
quydi. 
- Aroqning raisi men bo‘laman, - deya shaqillay boshladi u burchakdagi shishalarga ishora qilib. 
Hammadan keyin Mo‘min bobo keldi. Chol bugun har qachongidan ko‘ra g‘alati va ayanchli 
qiyofada ko‘rinardi. U biror chetroq joyga borib omonatgina o‘tirmoqchi edi, lekin qora, barvasta 
Ko‘katoy himmat qilib uni o‘z yoniga taklif qildi. 
- Bu yoqqa keling, oqsoqol. 
- Rahmat. Biz mana bu yerga, o‘zimizniki-ku axir, - e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi Mo‘min bobo. 
- Harqalay siz oqsoqolimizsiz, - qattiq turib oldi Ko‘katoy va o‘zi bilan Seydahmadning o‘rtasiga 
o‘tqazdi. - Qani, ichamiz, oqsoqol, sizning shunday muvaffaqiyatlaringiz uchun. Birinchi so‘z sizga. 
Mo‘min bobo yo‘talib qo‘ydi. 
- Mana shu uylarda tinchlik bo‘lsin, - dedi u qiynalib. - Qaerda tinchlik bo‘lsa, baxt ham o‘sha 
yer-da, bolalarim. 
- To‘g‘ri, to‘g‘ri! - deb hamma o‘z qadahini ko‘tardi. 
- A, siz-chi! Yo‘q, bunaqasi ketmaydi! Kuyovingiz va qizingizga baxt tilasangizu, yana o‘zingiz 
ichmasangiz, - deb Ko‘katoy xijolat tortib o‘tirgan Mo‘min bobodan o‘pkaladi. 
- Shularning baxti uchun bo‘ladigan bo‘lsa, - chol shoshib qoldi va hammani hayratda 
qoldirgancha salkam to‘la stakanni oxirigacha ko‘tarib yubordi va garang bo‘lib qolganday boshini 
chayqay boshladi. 
- Obbo, shovvoz-ey! 
- Bizning bobo unaqalardan emas. 
- Qoyil, qoyilmiz cholingizga! 
Hamma shodlanib kulardi, cholni maqtardi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling