Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
- Shukur. Nega muncha kech? 
- Shunisiga ham shukur. Sovxozgacha yetib keldim, yo‘lovchi mashinalarni kutaman-kutaman, 
qani kela qolsa. Hech bo‘lmasa Jilisoygacha yetib olsam deyman. Bir mahal mana bular yog‘och olib 
ketgani bizning tomonimizga kelishayotibdi, - deya hikoya qilardi Sey-dahmad. - Tog‘ oralig‘i 
qorong‘i. Yo‘lni o‘zing bilasan... 
- O‘razqul qani? Uydami? - qiziqib so‘radi kelganlardan biri. 
- Uyda, - ikkilanib dedi Guljamol. - Sal tobi qochibdi. Tashvishlanmanglar. Bizda tunab qolasiz
joy bo‘lsa bor. Yuringlar. 
Ular rozi bo‘lishdi. Lekin bir necha qadam bosgach, to‘xtab qolishdi. 
- Assalom, oqsoqol. Assalomu alaykum, boybicha. Kelganlar Mo‘min bobo va kampir bilan 
salomlashishdi. Chol bilan kampir ham uyatga qolmaslik uchun ularni hovlida kutib olishdi. Balki 
O‘razqul ham uyalar? Ishqilib, o‘zini va boshqalarni uyatga qo‘ymasin-da. 
Bola bir oz tinchlandi. Umuman, u o‘zini yengil his eta boshladi. Boshi ham unchalik 
og‘rimayotgan edi. Hatto o‘rnidan turib, mashinani ko‘zdan kechirmoqchi bo‘ldi: u qanaqa, to‘rt 
g‘ildiraklimi yoki olti g‘ildiraklimi? Yangimi, eskimi? Pritsepi qanaqa? O‘tgan yozda ularning uyiga 
hatto harbiy yuk mashinasi ham kelgandi - g‘ildiraklari baland, xuddi tumshug‘i kesib olingandek edi. 
Yosh soldat shofyor bolani kabinaga o‘tirg‘izgan edi. Qanday yaxshi! Oltin rang pogonli harbiy kishi 
esa O‘razqul bilan birga o‘rmonga tushib ketishdi. Qanaqasi bu? Hech bunaqasi bo‘lmagandi-ku. 
- Sizlar josusni izlayapsizmi? - so‘radi bola soldatdan. U jilmayib qo‘ydi. 
- Ha, josusni izlayapmiz. 
- Biznikiga hali bironta ham josus kelgani yo‘q, - dedi bola g‘amgin. 
Soldat kulib yubordi. 
- Nimaga kerak u senga? 
- Men uni izidan quvlab, tutib olardim. 
- Obbo izquvar-e, hali yoshlik qilasan. 
• Oltin rangli pogonli harbiy kishi O‘razqul bilan o‘rmonni aylanib yurishganda, bola shofyor bilan 
gaplashib oldi. 
- Men hamma mashinalarni, hamma shofyorlarni yaxshi ko‘raman, - dedi bola. 
- Nima uchun? - qiziqib so‘radi shofyor, 
- Mashinalar - yaxshi, kuchli va tez yuradi. Ulardan yoqimli benzin hidi keladi. Shofyorlar bo‘lsa 
yosh, ularning hammasi ham Shoxdor ona bug‘uning bolalari. 
- Nima? Nima? - tushunmadi soldat. - Qanday Shoxdor ona? 
- Sen hali bilmaysanmi? 
- Yo‘q. Bunaqa g‘aroyibotni hech qachon eshitmaganman. 
- Sen o‘zing kimsan? 
- Men qarag‘andalik qozoqman. Shaxtyorlar maktabida o‘qiganman. 
- Buni so‘rayotganim yo‘q, sen kimning farzandisan? 
- Ota-onamni. 
- Ular kimniki? 
- Ular ham ota-onasining farzandlari. 
- Ular-chi? 
- Ey, og‘ayni, shu zaylda to‘xtovsiz savol berib, surishtiraverish mumkinmi, axir. 
- Men bo‘lsam Shoxdor ona bug‘u farzandlarining farzandiman. 
- Buni kim aytdi senga? 
- Bobom. 
- Harqalay, to‘g‘ri emas, - soldat ikkilanib, bosh chayqadi. 
Bu katta boshli, shalpangquloq bolaning Shoxdor ona bug‘u avlodi ekanligi uni qiziqtirib qo‘ydi. 
Soldat o‘z avlodi qaerdan tarqalganini bilmasligi ma’lum bo‘lib qolganligidangina emas, hatto yetti 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling