Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
- Yaxshimisan, nima qilib yuribsan bu yerda, a? - Ochiq yuz bilan bolaga ko‘z qisib qo‘ydi u. 
- O‘zim, shunday, - bamaylixotir javob berdi bola. 
- Sen Mo‘min boboning nabirasi emasmisan? 
- Ha- 
- O‘zim ham shunday deb o‘ylagan edim. Men ham Bug‘uboy avlodidanman. Bu borayotgan 
bolalarning hammasi Bug‘uboy avlodidan. Pichanga boryapmiz. Endigi Bug‘uboy avlodlari bir-birini 
bilishmaydi ham, tarqalishib ketgan... Bobongga salom ayt. Qulibekni, Cho‘tboyning o‘g‘li Qulibekni 
ko‘rdim deb aytgin. Qulibek armiyadan qaytib kelib, sovxozda shofyor bo‘lib ishlayapti ekan, degin. 
Xayr, omon bo‘l, - xayrlashish oldidan u bolaga qandaydir harbiy znachok sovg‘a qildi. Juda g‘alati. 
Ordenga o‘xshab ketadi. 
Mashina qoplon kabi bo‘kirib sheriklari ortidan shamolday uchib ketdi. Nogahon bolada Bug‘uboy 
avlodidan bo‘lgan akasi - bu oq ko‘ngil, mard yigit bilan birga ketish ishtiyoqi tug‘ilib qoldi. Ammo 
yo‘l huvillab qolgan bo‘lib, u uyga qaytishga majbur bo‘ldi. Qaytarkan, bobosiga uchrashuv haqidagi 
taassurotlarini gapirib berdi. Znachokni bo‘lsa ko‘kragiga taqib oldi. 
O‘sha kuni kechqurun osmon gumbazi ostidagi tizma tog‘lardan qattiq shamol - San-Tosh shamoli 
tura boshladi. U bo‘ronga aylandi. O‘rmon yaproqlari quyundek osmonga uchib chiqib tobora ko‘kka 
o‘rlar, guvillagancha tog‘ cho‘qqisida o‘ynardi. Zum o‘tmay havo shunday buzildiki, ko‘z ochib 
bo‘lmay qoldi. Birdan qor uchqunlay boshladi. Ana-mana deguncha yer yuzi oq choyshabga burkandi, 
o‘rmonlar chayqaldi, daryo jo‘sh urdi. Qor tushdi, u buralib-buralib yog‘ardi. 
Bir amallab mollarni haydashga, hovlidagi u-bu narsalarni yig‘ishtirishga, iloji boricha uyga mo‘l 
o‘tin olib kelishga zo‘rg‘a ulgurishdi. Keyin esa uydan chiqmay qamalib olishdi. Bunday erta tushgan 
izg‘irin sovuqda kim ham eshikka chiqadi deysiz. 
- Buning kimga keragi bor? - hayratlanib tashvishlanardi Mo‘min bobo o‘choqqa o‘tin qalarkan. U 
shamolning hushtak chalishiga hamon quloq tutar, deraza oldiga borib tashqarini kuzatardi. Darcha 
ortida gir aylanib yog‘ayotgan qor hash-pash deguncha uyulib qolgan edi. 
- O‘tir o‘rningga! - ming‘illadi buvi. - Birinchi marta shunday bo‘lyaptimi? «Buning kimga keragi 
bor?» emish, - takdid qilib masxaraladi kampir. - Qish qishligini qilishi kerak-da. 
- Bir kunda-ya... 
- Bo‘lmasa-chi? Sendan so‘rab o‘tirarmidi? Vaqt-soati kelibdi, yog‘adida. 
O‘choq mo‘risi uvillay boshladi. Bola oldin bobosiga xo‘jalik ishlarida yordam berib, sovuqqa 
qotdi, biroq o‘tin tezda qizishib yonib ketgandan so‘ng uy ichi isib qoldi. Hammayoqni dud aralash 
qarag‘ay smolasining hidi qopladi. Isinib olgach, bolaning ham ko‘ngli joyiga tushdi. 
Keyin ovqatlanishdi. So‘ng uxlash uchun o‘ringa kirishdi. Hovlida esa qor bo‘ralar, shamol 
uvillardi. 
«O‘rmonda balki juda qo‘rqinchlidir», - o‘yladi bola oyna ortidagi guvillashga quloq solib, u 
banogoh qandaydir anglab olish qiyin bo‘lgan ovozlarni, shovqin-suronlarni eshitib, o‘zini qo‘yarga 
joy topolmay qoldi. Kimdir birovni chaqirdi, kimdir unga javob qaytardi. Dastlab bolaga shunday 
tuyulayotganday bo‘ddi. Shunday paytda qorovulxonaga kim ham kelardi? Biroq Mo‘min bobo va 
kampir hushyor tortishdi. 
- Odamlar, - dedi kampir. 
- Ha, - ishonqiramay dedi chol. Keyin bezovtalana boshladi: - Bemahalda kim bo‘ldi? - u tezgina 
kiyina boshladi. 
Kampir ham shoshib qoldi. Turib, lampa chiroqni yoqdi. Bola ham nimadandir cho‘chib, turib 
kiyindi. Bu orada odamlar uyga yaqinlashib kelishdi. G‘ovur-g‘uvur, oyoq tovushlari. Noma’lum 
odamlar qorni g‘archillatib bosib, ayvonga kelganlarida oyoqlarini qoqib, taqillata boshladilar. 
- Oqsoqol, eshikni oching! Sovqotdik! 
- Kimsizlar? 
- O‘zingizniki. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling