Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 Mo‘min eshikni ochdi. Qorda, izg‘irin shamodda sovqotgan kishilar uyga bostirib kirib kelishdi. Bular kunduzi Archadara tomonga pichan ortishga ketgan o‘sha yosh shofyorlar edi. Bola ularni darhol tanidi. Unga harbiy znachok taqdim qilgan Qulibek ham bor edi. Ular birovni qo‘ltig‘idan ushlab olib kirishdi. U ingrardi, oyog‘ini sudrab bosardi. Uyda birdan qiy-chuv ko‘tarildi. - Astag‘firullo! Nima bo‘ldi sizlarga? - Mo‘min bobo bilan kampir baravar tashvishlanib so‘rashdi. - Keyin gapirib beramiz! U yokda yana bizdan yetti kishi kelyapti. Yo‘ldan adashishmasa bo‘lgani. Qani, bu yerga o‘tirchi. Oyog‘i qayrilib ketdi, - oqsoq yigitni pechka yoniga o‘tqizarkan, tez gapirdi Qulibek. - Qolgan odamlaringiz qaerda? - Shoshib qoldi Mo‘min bobo. - Men hozir borib, ularni boshlab kelaman. Sen esa yugur, - dedi u bolaga. - Seydahmadga ayt, tezlik bilan elektr fonarini olib kelsin. Bola uydan otilib chiqdi va hovliqqanidan nafasi bo‘g‘ziga tiqilib qoldi. Umrining oxirigacha u bu dahshatli daqiqani esdan chiqarmadi. Qandaydir hurpaygan, basharasi sovuq, chinqirib dahshat soluvchi bahaybat maxluq uning tomog‘idan bo‘g‘ib olib siltay boshladi. Lekin bola o‘zini yo‘qotmadi. U dahshatli changaldan sitilib chikdi va qo‘li bilan boshini to‘sib himoya qilgancha Seydahmadning uyiga yugurdi. Hammasi bo‘lib yigirma-o‘ttiz qadamlik yo‘l unga xuddi uzokdek bo‘lib tuyuldi. Go‘yo jangchilarga ko‘maklashmoq uchun olis yerga shamoldek yelib borayotgandek edi. Uning qalbi mardlik va jasurlik ko‘rsatish ishtiyoqi bilan to‘lib-toshgan edi. U nazarida o‘zini qudratli va yengilmas kuchga ega ekandek his etdi, hatto Seydahmadning uyiga yetib borguncha ham shunday qahramonona ishlar qilishga ulgurdiki, qoyil qolmay iloj yo‘q. U tubsiz jarliklar orqali tog‘dan toqqa sakrab o‘tdi, qilich bilan dushman to‘dasini yakson qildi, daryoda cho‘kayotganni, o‘tda kuyayotganni xalos etdi, qizil bayrog‘i hilpirab turgan reaktiv qiruvchi samolyotda dara va qoyalar sari undan qochib borayotgan dahshatli qora maxluqni quvdi. Uning reaktiv qiruvchi samolyoti maxluq ortidan o‘qdek uchib o‘tardi. Bola ggulemyotdan o‘q uzib, «fashistlarni qir!» deb qichqirardi. Hamma joyda Shoxdor ona bug‘u uni qo‘llab-quvvatladi. Bug‘u o‘z farzandi bilan faxrlanardi. Bola Seydahmadning uy eshigiga kelib yetganda, ona bug‘u unga: «Endi mening bolalarimni, yosh shofyorlarni qutqarib qol!» - dedi. «Men ularni qutqaraman, Shoxdor ona bug‘u, azbaroyi xudo, qasam ichaman!», - dedi bola ovoz chiqarib va eshikni qoqa boshladi. - Tezroq, Seydahmad amaki, biznikilarni qutqarib qolaylik, yuring! - U bu so‘zlarni shunday ta’sirli qilib aytdiki, Seydahmad va Guljamol qo‘rquvdan joyida turgancha turib qolishdi. - Kimni qutqarish kerak? Nima bo‘ldi? - Bobom elektr fonari bilan tezda chopib kelsin, sovxozdan kelgan shofyorlar yo‘lda adashib qolishibdi deb aytgin, dedilar. - Ahmoq, - so‘kib berdi uni Seydahmad. - Shunday desang bo‘lmaydimi? - U otlanish uchun yugurib ketdi. Lekin bu holat bolani hech qancha ranjitmadi. Seydahmad uning bu yerga kelguncha qanchalik jasorat ko‘rsatganini, qasam ichganini qaerdan bilsin. Bola shofyorlarning yettalovi ham Mo‘min bobo bilan Seydahmad tomonidan qorovulxonaning yonidan tezda topilib uyga olib kelinganda ham unchalik ajablanmadi. Shunday uchrashuv sodir bo‘lmasligi ham mumkin edi-ku! Xatarning oldi olinsa u yengil ko‘chishi mumkin... Umuman olganda, bu adashgan kishilar ham topildi. Seydahmad ularni uyiga olib ketdi. Hatto O‘razqulnikida tunash uchun ham besh kishi yuborildi. - Uni ham uyg‘otishga to‘g‘ri keldi. Boshqalari esa Mo‘min boboning uyiga tiqilib qolishdi. Qor bo‘roni tog‘da hali ham to‘xtamagandi. Bola ayvonga yugurib chikdi va daqiqa o‘tmay o‘ng va so‘li qaysi, baland va pasti qaysi, tupguna olmay qoldi. Havoning qovog‘i soliq, go‘yo doira shaklida aylanayotgandek edi. Qor esa tizza bo‘yi bo‘lib qolgandi. Mo‘min bobo sovxoz shofyorlarining hammasi topilib, isinib olgach va sovuqdan, xavf-xatardan qutulib ko‘ngillari tinchigach, voqea tushunarli bo‘lsa ham yo‘lda, qor bo‘ronida qanday hodisa yuz berganini sekin-asta surishtira boshladi. Yigitlar hikoya qilib berishdi, chol-kampir esa xo‘rsinib- xo‘rsinib qo‘yishardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling