Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 darmonsizlanib qoldik. Orqaga chekinish ham mumkin emas. Biz mashinani emas, butun tog‘ni yuqoriga ko‘tarayotgandek sezardik o‘zimizni. Ortilgan yuk ham qanaqa deng - pichan g‘arami! Faqat kuchimning boricha: «Qani! Qani!» deb baqirganimni bilaman, lekin ovozimni o‘zim ham eshitmayman. Shamol, qor - hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi. Mashina xuddi joni bordek ingrab nola qiladi. Mashina ham, o‘zimiz ham so‘nggi kuchni sarfladik. Go‘yo yurak yorilib parcha-parcha bo‘lib uchib ketadiganga o‘xshaydi. Bosh aylanadi. - Bay, bay, bay, - achindi Mo‘min bobo. - Rosa qiynalibsiz-da. Shoxdor ona bug‘u o‘z farzandlarini panohida asrabdi. Palokatdan qutqaribdi. Bo‘lmasa, kim bilsin... Eshityapsanmi? - Tashqarida hamon bo‘ron quturadi, bo‘ralab qor yog‘yapti. Bolani uyqu bosa boshladi. U uxlamaslikka harakat qilsa ham, baribir ko‘zlari yumilib ketaverdi. Uyqu aralash ora-sira chol bilan Qulibekning suhbatini tinglar ekan, bola sodir bo‘lgan voqea bilan tasavvuridagi manzarani aralashtirib yubordi. Go‘yo o‘zini ham tog‘dagi bo‘ronga kelgan bu yosh yigitlarning orasida his qildi. Uning ko‘z oldida oppoq qor bilan qoplangan tog‘ tomon yuqorilab ketgan yo‘l gavdalanardi. Qor bo‘roni yuzni achishtiradi, ko‘zga qadaladi. Ular tom bo‘yi pichan ortilgan ulkan avtomashinani yuqoriga qarab itarishardi. Ular dovon tomon arang ko‘tarilishadi. Mashina endi butunlay jilmay qoldi, tisarila boshla-di, shunday qo‘rqinchli, shunday qorong‘i. Shamol etni junjitadi. Bola qo‘rqqanidan g‘ujanak bo‘lib oldi, u mashinaning orqaga surilib, yanchib ketishidan cho‘chirdi. Biroq shu payt qayoqdandir Shoxdor ona bug‘u paydo bo‘ldi. U shoxini mashinaga tirab, uni yuqoriga olib chiqishga yordam qildi. «Qani, qani, qani!»- deb qichqira boshladi bola. Mashina sekin-asta siljiy boshladi. Ular dovonga chiqib olishdi so‘ng pastga qarab mashinaning o‘zi yurib keta boshladi. Ular shu zaylda ikkinchi mashinani, keyin uchinchisini, xullas, ko‘pgina mashinalarni yuqoriga itarib chiqishdi. Har gal ham ularga Shoxdor ona bug‘u yordam qildi. Uni hech kim ko‘rmasdi. Hech kim u bilan yonma-yon turganini bilmasdi. Bola esa ko‘rib, bilib turardi. U har gal ilojsiz qolgan paytda, kuch yetmasdan qo‘rqinchli bo‘lib qolgan chog‘da Shoxdor ona bug‘u chopib kelib shoxi bilan mashinani yuqoriga surib chiqarishga yordam berganini ko‘rdi. «Qani, qani, qani!» - madad berardi bola. Har gal ham u Qulibekning yonida turdi. Keyin Qulibek unga: «Rulga o‘tir» - dedi. Bola kabinaga chiqdi. Mashina silkinib guvillardi. Rul bo‘lsa uning qo‘lida yengilgina, o‘z-o‘zidan xuddi u yoshligida mashina qilib o‘ynagan bochka halqachasi singari aylanardi. Bola xijolatdan aziyat chekardi, rul unga o‘yinchokdek bo‘lib tuyulgandi. Bir mahal mashina yonboshga qarab og‘a boshladi. U gumbirlab yiqildi va parchalanib ketdi. Bola qattiq yig‘lab yubordi, Juda mulzam bo‘ldi. Qulibekning ko‘ziga qarashga uyalardi. - Nima bo‘ldi, a, senga nima bo‘ldi? - Qulibek uni uyg‘otdi. Bola ko‘zini ochdi. Ko‘rganlarining hammasi tushida ekanligini anglab quvonib ketdi. Qulibek bo‘lsa uni qo‘lida ko‘tarib, bag‘riga bosdi. - Tush ko‘rdingmi? Qo‘rkdingmi! Seni qara-yu, yana qahramon emish! - u bolaning shamolda qotib yorilib ketgan lablaridan o‘pdi. - Kel, men seni o‘rningga yotqizib qo‘yay, uxlash kerak. U bolani kigiz solingan polga, uxlab yotishgan shofyorlar o‘rtasiga yotqizdi va o‘zi ham uning yoniga yotdi. Qulibek bolani o‘ziga yaqinroq tortib, po‘stinining bari bilan o‘rab qo‘ydi. Ertalab bolani bobo uyg‘otdi. - Tura qol, - sekingina gapirdi chol. - Issiqroq kiyingin. Menga yordamlashasan. Tura qol. Deraza ortida hali tong pardasi ko‘tarilganicha yo‘q. Uydagilar hali ag‘anashib, uxlab yotishardi. - Ma, kigiz etikni kiyib ol, - dedi Mo‘min bobo. Bobodan yangi xashak hidi kelib turardi. Demak, u otlarga xashak solib kelgan. Bola kigiz etikni kiydi va ular tashqari chiqishdi. Qor binoyigina yoqqan edi. Shamol ham tinchigandi. Faqat ahyon-ahyonda achchiq yel esib turardi. - Sovuq! - seskanib tushardi bola. - Hechqisi yo‘q. Havo ochilayotganga o‘xshaydi, - ming‘irladi chol. - Buni qara-ya! Birinchisidayoq shunchalik qahriga olmasa. Ha, mayli, falokat yuz berma-di... Ular qo‘yxonaga kirishdi. U yerda Mo‘min boboning beshta qo‘yi bor edi. Chol qorong‘ida ustunni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling