Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
40 bo‘lasanmi? Kutaver. O‘zingni baloga giriftor qilganingga arzisa edi. Tag‘in Olaboshni minib chopibdi. Seni qara-yu! Ko‘rpangga qarab oyoq uzatganingda edi, kim bilan o‘ynashayotganingni bilarding... U sening bo‘yningni sapchaday uzib tashlaydi. Sen qachondan beri odamlarga gap qaytaradigan bo‘b qolding? Qachondan beri botir bo‘lib qolding? Qizingni biznikiga yetaklab kelishni xayolingga ham keltirma. Ostonaga yo‘latmayman... Bola ma’yus bosh egib hovlida sekin-sekin yurardi. Uydan kampirning qichqirig‘i kelardi, keyin eshik taraqladi va Mo‘min uydan otilib chikdi. Chol Seydahmadning uyiga yo‘l oldi, yo‘lda esa unga Guljamol duch keldi. - Yaxshisi hozir emas, keyin, - dedi u cholga. Mo‘min bo‘shashib to‘xtab qoldi. - Yig‘layapti. Urdi uni, - pichirladi Guljamol. - Aytadiki, ular endi birga yashamasmish. U sizni qarg‘ayapti. Hammasiga otam aybdor, dedi. Mo‘min churq etmadi. Nima desin? Endi uni hatto o‘z qizi ham ko‘rishni istamaydi. - O‘razqul o‘zinikida ichib yotibdi. Hayvon hayvonligini qiladi-da, - pichirlab gapirdi Guljamol. Ular o‘y surib qolishdi. Guljamol achinib xo‘rsindi. - Hech bo‘lmasa, bizning Seydahmad tezroq kela qolsa edi. Butun qaytishi kerak. Birgalashib shu yog‘ochni olib chiqsalaring bir balodan qutulardilaring. - Gap yog‘ochdami? - boshini chayqadi Mo‘min. U o‘ylab qoldi va yoniga kelib turgan nabirasini ko‘rib, unga: - Bor, sen o‘yna, - dedi. Bola nariga ketdi. U molxonaga kirib, yashirgan durbinini oldi. Uni artdi. «Ishlarimiz yomon, - u durbinga g‘amgin so‘zlay boshladi. - Bunga biz portfel ikkalamiz aybdorga o‘xshaymiz. Biron-bir joyda boshqa maktab bo‘lganda edi. Biz portfelim bilan o‘sha yoqqa o‘qishga ketardik. Hech kimga bildirmasdik. Faqat, bobomga qiyin bo‘ladi, qidiradi. Sen-chi, durbin, kim bilan oq kemaga qaraysan? O‘ylaysanki, men baliq bo‘lolmaymanmi? Mana ko‘rasan. Oq kemaga suzib boraman...» Bola pichan g‘aramining orqasiga berkinib, durbinda atrofga qaray boshladi. Uzoq qarash ko‘ngliga sig‘madi. Boshqa vaqtda bo‘lsa, qarab ko‘zing to‘ymaydi: kuz o‘rmonlariga qoplangan tog‘lar ko‘rinadi, yuqori oppoq qor, past yal-yal yonadi, qip-qizil cho‘g‘. Bola durbinni joyiga qo‘yib, saroydan chiqarkan, bobosining egar-jabduqli otni hovlidan olib o‘tib ketayotganini ko‘rib qoldi. Bola bobosining oldiga chopaman deb turgandi, uni O‘razqulning qichqirig‘i to‘xtatdi. O‘razqul ichki ko‘ylakda, yelkasiga po‘stin tashlagan, basharasi sigirning shishgan yeliniday qip-qizil edi. - Ey! - dag‘dag‘a bilan qichqirdi u Mo‘minga. - Otni qayoqqa olib ketyapsan? Qani, joyiga kiritib qo‘y. Sensiz olib chiqamiz. Qo‘lingni tegiza ko‘rma. Endi sen bu yerda hech kim emassan. Men seni ishdan bo‘shataman. Xohlagan tomoningga jo‘na. Bobo alamli kulimsirab otni qaytarib otxonaga olib kirdi. Mo‘min qo‘qqisdan behad keksayib va cho‘kib qolgandek bo‘ldi. U chorig‘ini shapillatib, atrofga boqmay borardi. Bola bobosi tortgan jabrdan bo‘g‘ilib, yig‘laganini hech kimga ko‘rsatmaslik uchun daryo qirg‘og‘i bo‘ylab chopib ketdi. Oddidagi so‘qmoqni tuman bosganidan goh ko‘z ilg‘amas, goh yana oyog‘i ostida ko‘rinib qolardi. Bola ko‘z yoshlarini oqizib chopib borardi. Mana uning suyukli xarsanglari: «tank», «bo‘ri», «egar», «yotoq tuya». Bola ularga hech nima demadi: ular hech nima tushunmaydi, joyida qotib turgani-turgan. Bola faqat «yotoq tuya»ning o‘rkachini quchoqladi va sarg‘ish toshga engashib, ilojsiz dard-u hasrat o‘tida o‘rtanib ho‘ngrab yig‘ladi. U yig‘lay-yig‘lay yuragini bo‘shatdi va tinchlandi. Oxiri boshini ko‘tarib, ko‘zini artdi-da, oldinga qarab dong qotib qoddi. Naq uning ro‘parasida, narigi qirg‘oqda, suvda uchta bug‘u turardi. Haqiqiy bug‘ular. Tirik. Ular suv ichgani kelgan, endi tashnalikni qondirganga o‘xshardi. Bittasi - eng katta shoxlisi yana suvga boshini egib suv simirar ekan, suvga go‘yo shoxlarini oynada ko‘rmoqchi bo‘lib tikilayotgandek tuyulardi. U qo‘ng‘ir tusli, ko‘krakdor va kuchli edi. Boshini silkitganda yungli, oqish labidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling