Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 ham keltirishmasdi... U ho‘l, shaloplagan etikda, ho‘l ishtonda vazmin va og‘ir qadamlar bilan ular oldiga yaqinlashib, ayollarga g‘amgin nazarda xo‘mrayib qaradi. Xotini Bekey bezovtalanib qoldi: - Nima qildi, O‘razqul? Nima bo‘ldi? Hamma yog‘ingiz ho‘l bo‘lib ketibdi-ku. Yog‘och oqib ketdimi? - Yo‘q, - qo‘l siltadi O‘razqul. - Ma. - U yuganni Guljamolga uzatdi. - Otni otxonaga olib bor. - Shunday deb o‘zi eshik tomonga yurdi. - Yur uyga, - dedi u xotiniga. Kampir ham ular bilan birga bormoqchi edi, O‘razqul uni ostonaga yo‘latmadi. - Sen nari tur, kampir. Senga hech qanday ish yo‘q bu yerda. Uyingga bor-u, xap o‘tir. - Nima bo‘ldi senga? - xafa bo‘ldi kampir. - Bu nimasi? Cholimga nima bo‘ldi? Nima gap? - Uning o‘zidan so‘ra, - javob qildi O‘razqul. Uyda Bekey erining ho‘l ust-boshlarini yechib, unga po‘stin berdi, samovarni olib kirib, choy qo‘yishga tutindi. - Choyni qo‘y, - qat’iy rad qildi O‘razqul. - Aroq ber. Xotini ochilmagan yarimtalikni olib, stakanga quydi. - To‘ldirib quy, - buyruq qildi O‘razqul. Bir stakan aroqni suvdek ichib yuborgach, po‘stinga o‘raldi-da, kigizga cho‘zilib, xotiniga dedi: - Qo‘ydim, sen mening xotinim emassan, men sening ering emasman. Jo‘na, bu uyda sening izing qolmasin. Qorangni ham ko‘rsatma. Vaqt g‘animatida jo‘nab qol! Bekey uh tortdi, karavotga o‘tirdi va har galgidek ko‘z yoshlarini ichiga yutib, sekin gapirdi: - Yanami? - Nima, yanami? - bo‘kirib yubordi O‘razqul. - Yo‘qol! Bekey uydan otilib chikdi va har doimgidek qo‘llarini bukib, hovlini boshiga ko‘tarib ho‘ngrab yig‘lay boshladi: - Men, baxti qaro, bu dunyoga nega kelgan ekanman-a... Bu choq Mo‘min chol Olaboshda nabirasi oldiga yo‘rtib borardi. Olabosh - chopqir ot. Lekin baribir Mo‘min ikki soatdan ziyodroq kechikdi. U nabirasini yo‘lda uchratdi. Bolani muallimaning o‘zi uyiga olib kelayotgandi. O‘sha muallima beshinchi yil kiyayotgan, shamol yalab ketgan, yenglari qo‘pol, hech o‘zgarmas paltosida. Horigan ayolning qovog‘i soliq ko‘rinardi. Anchadan beri yig‘layverib ko‘zlari shishgan bola qo‘lida portfeli bilan bechora va xo‘rlangan qiyofada uning yonida kelardi. Muallima Mo‘min cholni qattiq so‘roqqa oldi. Chol esa ayolning oldida otdan tushib, boshini quyi solib turardi. - Agar vaqtida kelib olib ketmaydigan bo‘lsangiz,- dedi muallima, - bolangizni maktabga olib kelmang. Menga ishonmang, o‘zimda ham to‘rttasi bor. Mo‘min yana uzr so‘radi, bunday hol boshqa takrorlanmaydi deb, yana so‘z berdi. Muallima Jilisoyga qaytib ketdi, bobo bilan nabira esa uyga yo‘l olishdi. Bola otda bobosining oldiga o‘tirib jimgina borardi. Chol ham unga nima deyishini bilmasdi. - Juda och qoldingmi? - so‘radi u. - Yo‘q, muallimamiz non berdi, - javob berdi nabira. - Nega bo‘lmasa miq etmay kelyapsan? Bola shunda ham gapirmadi. Mo‘min gunohkorona jilmaydi: - Oh, arazgo‘y bolaginam. - U bolaning furajkasini olib, boshidan o‘pdi va yana furajkasini boshiga kiygizib qo‘ydi. Bola qiyo ham boqmadi. Ikkalasi ham shunday ma’yus va jim ketishdi. Mo‘min jilovni mahkam tutib, salt otda bola urinib qolmasin deb, Olaboshning boshini bo‘shatmay borardi. Endi shoshishning ham keragi yo‘kday edi. Ot tezda undan nima talab qilinayotganini payqadi-da, yarim yo‘rg‘alab yurib ketdi. U yerga nag‘alini taqillatib urib, pishqirib borardi. Shunaqa otda qani endi yolg‘iz o‘zing xirgoyi qilib ketsang. Odamning yolg‘izlikda kuylaydigan qo‘shig‘i ozmi? Ro‘yobga chiqmay qolgan orzular haqida, o‘tgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling