Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 umr haqida, sevgan chog‘laring, boshdan kechirgan voqealaring haqida... Inson ko‘nglida armon bo‘lib qolgan narsalarni eslashni xush ko‘radi. Aslini olganda insonning o‘zi ham nimadan armon qilayotganini unchalik tushunib yetmaydi. Lekin har zamon-har zamon shu haqda o‘ylab qo‘ygisi, uning tagiga yetgisi keladi. Yaxshi ot - mehribon hamroh... Mo‘min chol nabirasining sochi taqir olingan ensasiga, ingichka bo‘yni-yu, shalpang quloqlarigacha qarab o‘ngmagan hayotida butkul ishi-yu, mehnatidan, chekkan barcha tashvish va g‘amlaridan endi faqatgina yolg‘iz mana shu hozircha nochor bola qolganini o‘ylardi. Bobosi uni oyoqqa turg‘izishga ulgursa yaxshiku-ya. Lekin u yolg‘iz qolsami - og‘ir bo‘ladi. O‘zi mushtdek-ku, ammo fe’lli-huyli. Uning oddiygina, mo‘mingina bo‘lgani yaxshi edi... Axir O‘razqulga o‘xshaganlar uni o‘lguday yomon ko‘rib, bo‘rining ta’qibiga tushgan bug‘uchaday burda-burda qilib tashlaydi-ku... Shunda Mo‘min boyagina lip etib shitobli soya solib o‘tgan va ko‘ksidan hayrat va shodlik xitoblari otilib chiqishiga sababchi bo‘lgan o‘sha bug‘ularni esladi. - Bilasanmi, o‘g‘lim, nima? Bug‘ular yurtimizga qaytib keldi, - dedi Mo‘min bobo. Bola yelkasi ustidan yalt etib qaradi: - Rostmi? - Rost. O‘zim ko‘rdim. Uch bosh. - Qayoqdan kelganikin ular? - Menimcha, dovon orqasidan. U yerda ham o‘rmon bor. Hozirgi kuz xuddi yozdagiday-da, dovon ochiq. Shuning uchun bizga mehmon bo‘lib kelgan. - Ular biz tomonda qoladimi? - Yoqsa qoladi. Hech kim tegmasa, yashab yuraveradi. Ozuqa serob bizda. Bu yerda xohla mingta bug‘u boq. Ilgarigi vaqtlarda, Shoxdor ona bug‘u davrida, bu yerda ularning son-sanog‘i bo‘lmagan... Bu xabarni eshitib bolaning muzlagan ko‘ngli erib, xafaligi tarqalganini sezgan chol yana o‘tgan zamonlar haqida, Shoxdor ona bug‘u haqida hikoya qilishga tushib ketdi. O‘zining ertagiga o‘zi ham berilib ketib, qani endi birdan shunday baxtli bo‘lib qolsang-da, boshqaga ham baxtingni ulashsang! - deb qoldi. Butun umr shunday yashasang. Mana shunday, xuddi hozirgiday, xuddi hozirgi soatdagiday. Lekin hayot bunday qurilmagan, baxt bilan yonma-yon, izingdan izma-iz yuradigan, hech mahal arimaydigan baxtsizlik qalbingga, hayotingga bemavrid daxl qilib turadi. Hatto hozirgi damda, u nabirasi bilan baxtiyor borayotgan chog‘ida ham, cholning qalbida shodlik bilan tashvish yonma-yon turardi: u yoqda O‘razqul nima qildi ekan? U yana nima shumlikni tayyorlab turgan ekan, qanaqa zulm? Unga, itoatsizlik qilishga jur’at etgan cholga qanaqa jazo o‘ylab qo‘ydi ekan? Axir O‘razqul buni shunday qoldirmaydi-ku. Bo‘lmasa uni O‘razqul deyishmasdi-da. Qizini va uning o‘zini kutayotgan baxtsizlik to‘g‘risida o‘ylamaslik uchun Mo‘min nabirasiga bug‘ular, bu jonivorlarning karomati, marhamati, go‘zalligi va uchqurligi, xuddi shularning sharofati bilan har qanday baloni daf qilishlari haqida hikoya qilardi. Bolaga yaxshi edi. U uyda nima kutayotganligini bilmasdi. Uning ko‘zi va quloqlari yonardi. Nahotki bug‘ular qaytib kelgan bo‘lsa? Demak, hammasi to‘g‘ri ekan-da! Bobosining aytishicha, Shoxdor ona bug‘u odamlarning yovuzligini kechirgan emish va o‘z bolalariga Issiqko‘l tog‘lariga qaytishga ruxsat etganmish. Bobosi aytadiki, bu yer qandayligini bilish uchun hozircha uchta bug‘u kelgan, agar ularga yoqsa, unda hamma bug‘ular yana vataniga qaytadi. - Bobo, - deb bobosining so‘zini bo‘ldi bola, - balki, Shoxdor ona bug‘uning o‘zi ham kelgandir? Balki, bu yer qandayligini uning o‘zi ko‘rib, keyin bolalarini chaqirmoqchidir? - Ehtimol, - dedi Mo‘min ishonchsizgina. U tutilib qoldi, o‘zini noxush seza boshladi: ortiqcha berilib ketgani yo‘qmi, bola uning so‘zlariga ortiqcha ishonib yuborgani yo‘qmi? Lekin Mo‘min chol nabirasini ishonchdan qaytarishga urinmadi. Bu endi juda kech edi. - Kim biladi, - yelkalarini qisdi Mo‘min, - Balki, balki, Shoxdor ona bug‘uning o‘zi ham kelgandir. Kim biladi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling